Qirğizistonda ekstremistik guruhlar faollaşgani ma’lum qilindi. Tojikiston harbiylari Moskvadagi paradda qatnaşadi. Qozoğiston xorijliklar uçun 300 ming dollar evaziga oltin viza joriy qildi. Gurbanguli Berdimuhammedov Germaniya prezidentiga telefon qilib, uni Aşxobodga taklif qildi. Pokiston armiyasi 54 nafar afğon jangarilarini çegarada otib öldirdi. Afğonistondan 30 ming kişi bu yili Hajga boradi.
Qozoğiston “oltin viza” joriy qildi
Qozoğiston xorijliklar uçun oltin viza joriy qilmoqçi, bu haqida davlat taşqi işlar vazirligi e’lon qildi. Ma’lum bölişiça, uşbu oltin viza xorijliklarga 10 yilgaça yaşaş imkonini beradi.
Qozoğistonda investor vizasini olişning yangi qoidalari tasdiqlandi. Unga köra, Qozoğiston kompaniyalarining ustav kapitaliga yoki mahalliy emissiyaviy qimmatli qoğozlarga kamida 300 ming AQŞ dollari miqdorida sarmoya kiritgan çet el fuqarolari investor vizasi uçun ariza topşira oladi. Bu oltin viza evaziga respublikada 10 yilgaça bemalol yaşaş mumkin böladi. AQŞ, BAA va Yevropa ittifoqida bor tizimni qöllaşga harakat qilayotgan qöşni davlatning maqsadi bu bilan investitsion jozibadorlikni mustahkamlaşdir.
Qozoğiston ham bu yondaşuvga qöşilmoqda va özining investitsion rezidentlik modelini taklif qilyapti. “Oltin vizalar”ni beriş xorijiy investorlar uçun qulay va barqaror muhit yaratadi, huquqiy kafolatlarni ta’minlaydi va Qozoğistondagi investitsiya muhitiga bölgan işonçni mustahkamlaydi.
Bu yangilik mamlakatning oçiqlik, kapitalni himoya qiliş va barqaror xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan strategik yönalişini aks ettiradi, deya ta’kidlaydi Taşqi işlar vazirligi.
“Oltin viza” dasturi 30 aprel kuni rasman e’lon qilindi, 10 maydan e’tiboran kuçga kirişi belgilandi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda ham “oltin viza”ga teng keluvçi taklif bor, ya’ni xorijliklar 200 ming dollar investitsiya kiritiş orqali Özbekistonda 5 yilgaça yaşaş ruxsatnomasiga ega bölişlari mumkin. Bu norma şu yilning 1 iyunidan işga tuşişi belgilangan edi.
Yaqinda AQŞ prezidenti Donald Tramp esa Green card örniga “oltin karta”larni taklif etdi. Prezident badavlat xorijliklarga 5 million dollar evaziga nafaqat bu mamlakatda yaşaş va işlaş, balki fuqarolikni ham sotmoqçi. Trampga köra, millionlab şunday kartalar sotuvga qöyiladi.










