“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
Kun.uz'ga kelib tushgan murojaatda, salkam 200 nafar tarbiyalanuvchiga ega Bulung‘urdagi 11-bog‘chada bolalarga kamida ikki kun go‘shsiz taom berilgani aytiladi. Maktab vazirligi va bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan 11-sonli davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilayotgani aytilmoqda. Kun.uz ixtiyoriga ana shunday iddao bitilgan video kelib tushdi.
“2025 yil 5 may kuni. Mana, qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q. Juma, 2 may kuni ham go‘shsiz ovqat qilingan”, – deydi video muallifi bog‘cha oshxonasidagi qozonni ko‘rsatib.
U bolalar ovqatlanib o‘tirgan xonaga kirib, ularning kosalarini ham tasvirga olgan va shunday degan: “Bolajonlarning ovqatida go‘sht degan narsa yo‘q”.
Murojaatchi bolalar xonasida bir ayol (ehtimol, tarbiyachi) bilan gaplashgan, u ham 2 va 5 may kunlari go‘shsiz ovqat qilinganini tasdiqlagan. Ayol bog‘cha tarbiyalanuvchilari soni 194 nafar ekanini aytgan.
Murojaatchi, shuningdek, bog‘chaga tarkib jihatdan sigir sutidan olinmagan sariyog‘ olib kelinganini ham da’vo qilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kun.uz so‘roviga javoban holat o‘rganilayotganini, qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi. Voqeani bolalar ombudsmani ham tekshirmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bog‘chada 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar go‘shtning turiga qarab kunlik o‘rtacha 60/45 grammdan 80/60 grammgacha, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lganlar esa 80/60 grammdan 90/65 grammgacha mol, qo‘y, parranda va quyon go‘shtini iste’mol qilishi lozim.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada uchta katta shahar rahbarlari hibsga olindi
Jahon | 16:16
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
Mavzuga oid

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

14:40 / 01.07.2025
G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan ketdi

11:32 / 01.07.2025
Video: G‘ijduvon davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltakladi

19:40 / 28.06.2025