9 may kuni Moskvadagi paradda Markaziy Osiyoning beş davlatidan ham harbiylar qizil maydonda köriniş berdi. Qozoğiston, Tojikiston va Qirğizistonning özida ham harbiy paradlar ötkazildi. Japarov şifoxonaga borib, soğliqni saqlaş vaziriga qattiq tanbeh berdi. Matbuot reytingida mintaqa davlatlarining hammasi 140-örindan pastda. “Tolibon” xorijdan qaytgan biznes egalarini 5 yil soliqdan ozod qilmoqçi.

Markaziy Osiyo, parad, 9 may

Haftaning asosiy mavzusi – 9 may. Bu sana Özbekiston mustaqillikka erişguniga qadar bizning mamlakatda Ğalaba kuni sifatida nişonlangan, 1999 yilda esa birinçi prezident Islom Karimov 9 mayni Xotira va qadrlaş kuni deb e’lon qilgan. Şundan beri respublikamizda bu sana xotira kuni sifatida nişonlanadi. Markaziy Osiyo respublikalari 9 mayni qanday qarşi olgani muhim. Sovet ittifoqi tarkibida yaşagan bu 5 davlatdan 3 tasi – Qozoğiston, Tojikiston va Qirğizistonda 9 mayni nişonlaş tadbirlari köproq rusparast ohangda ötadi deyolamiz. Buni 3 davlatning öz mamlakatlarida parad ötkazgani fakti ham isbotlaydi. Lekin Qozoğiston mintaqaning katta kuçi ekan, rusparast davlat bölişdan qoçadi, biroq aksil Rossiya bölib namoyon bölişni ham istamaydi. Qozoğistondagi parad balki qozoq milliy armiyasi namoyişi uçun ham kerak bölgandir. 7 may kuni bölib ötgan uşbu paradda 200 dan ortiq harbiy qurol-yaroğ va texnika, jumladan, 66 ta harbiy aviatsiya samolyoti hamda vertolyotlar namoyiş etilgan. Birinçi marta mexanizatsiyalaşgan kolonna tarkibida jangovar maşinalar, şuningdek, minalarni zararsizlantiriş uçun robotlar örnatilgan maxsus avtomobillar körsatildi. Bu oxirgi 5 yilda Qozoğistonda ötkazilgan birinçi paraddir, unda xorijiy davlat rahbarlaridan Vetnam kompartiyasi raisi To Lam rafiqasi bilan qatnaşgan. Qozoğistonda koronavirus yillarida parad ötkazilmagan, undan keyingi yillarda esa davlat pulini iqtisod qiliş uçun parad ötkazilmagandi. Prezident Töqayev paradda çiqiş qildi, xalqqa uruş haqidagi haqiqatlarni bildiriş kerakligini gapirdi.

Global siyosatga tajovuz va nafrat batsillalari kirib kelgan bugungi kunda davlatimizning barça fuqarolariga uruş haqidagi bor haqiqatni yetkaziş juda muhimdir. Haqiqatsiz tinçlik qadrini bilib bölmaydi. Uruş va buyuk ğalabaning ahamiyati haqidagi tarixiy haqiqatni buzib körsatişga yöl qöyib bölmaydi, dedi siyosatçi.

Töqayev global beqarorlik davrida Qozoğiston uçun asosiy vazifa milliy manfaatlarni himoya qiliş ekanini ta’kidladi.

Ikkinçi jahon uruşida Tojikistondan 300 mingdan ortiq kişi uruşga jalb qilingan. Duşanbedagi Ğalaba boğida bu yil harbiy parad ötkazilib, unda 4,5 ming nafar harbiylar safarbar qilindi. Ma’lum bölişiça, aslida 9 may kuniga rejalangan bu parad Rahmonning Moskvaga ketişi sababi ortidan oldinroq ötkazilgan.

Qirğizistondagi parad esa Bişkekda Alatoo maydonida ötkazildi. Sadir Japarov ham Moksvaga borişi tufayli qirğiz harbiy paradi ham 9 maydan oldinga belgilandi. Unda 3 ming nafar qirğiz harbiylari qatnaşgan. Nutq sözlagan prezident Japarov Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabada qirğizlarning örnini uluğladi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan deyarli barça erkaklar frontga ketgan. Qirğizistonning har törtinçi fuqarosi faşistlar Germaniyasiga qarşi jang qilgan va, afsuski, ularning yarmi uruşdan qaytmagan, qaytganlarning köpçiligi yarador va nogiron bölib qolgan, dedi Japarov.

Tojikiston prezidenti esa uruş davrida bu davlat 100 mingdan ortiq qoçqinlarni qabul qilganini aytdi.

Xalqimiz ularni begona deb bilmagan, boşpana, oziq-ovqat, kiyim-keçak berib, aksarini voyaga yetkazgan, dedi siyosatçi... Biz ajdodlarimiz jasorati bilan faxrlanamiz. Ularning har biri frontda ham, front ortida ham ğalaba qozondi. Ularning matonati bizning abadiy yöl körsatuvçimizdir, degan Imomali Rahmon.

Qozoğiston esa Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan jangçilar nomi 500 ta köçaga berilişini e’lon qildi.

Özbekistonda heç qanday harbiy parad, yuriş taşkil qilingani yöq. Prezident Ğalaba boğiga taşrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gul qöydi. Uruş qatnaşçilari bilan muloqot qildi.

Turkmaniston ham harbiy parad ötkazgani yöq, lekin ğalabaning 80 yilligini keng nişonladi. Sobiq prezident, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhammedov “Xalq haqidasi” yodgorligi poyiga gul qöygan, sözga çiqqan. Ğalabaning 80 yilligi Turkmanistonning neytralligiga 30 yil tölayotgani bilan birga nişonlandi. Şu örinda Turkmen Dovlet Habarlary hozirgi prezident Sardorning bobosi Berdimuhammed Annayevning hayot yölini butun turkman xalqiga ibrat qilib körsatgan.

Markaziy Osiyoning har 5 prezidenti 9 may kuni Moskvadagi harbiy paradda qatnaşiş uçun Rossiyaga bordi. U yerda bu mamlakatlarning harbiy qismlari çiqişi ham böldi. Tojikiston armiyasi guruhi bu paradda çiqiş qilişi haqida e’lon qilingandi, biroq özbek harbiy qismlari qatnaşuvi borasida eşitmagan edik.

Parad tadbirlaridan avval prezidentlar birgalikda suratga tuşayotganda Qirğiziston prezidentining harakatlari qirğiz mediasi e’tiborini tortgan. U oyoği ostida yopiştirilgan Qirğiziston bayroği bor qoğozni yerdan olib, çöntagiga solgan. Uning yonida turgan Qozoğiston prezidenti buni payqagan.

Japarov vazirga qattiq tanbeh berdi

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning kasalxonaga borib, u yerda soğliqni saqlaş vazirini qattiq urişgan videosi keng tarqaldi. Prezident matbuot xizmati Sadir Japarov vazir Erkin Çeçeyboyevga qattiq tanbeh bergani aks etgan videoni e’lon qildi. Prezident vazirdan bolalar kardiojarrohligi böyiça gumanitar dastur boşlangandan beri bu şifoxonaga neça marta kelganini söradi, vazir esa hali birinçi marta deb javob qaytardi.

“Markazda şunday muammo bölganida nega birinçi marta kelyapsan? Signalni çalişing kerak edi. Işxonada ötirma, dedim! Işxonada ikki oy ötirganingdan söng kursisiga yopişib qoldingmi? Bolalar ölib ketyapti, işxonangda ötiribsan”, deya qattiq tanbeh bergan Sadir Japarov.

Matbuot reytingida MO davlatlari 140-örindan pastda

“Çegara bilmas muxbirlar” xalqaro taşkilotining 2025 yilgi OAV erkinligi indeksida Markaziy Osiyo respublikalarining hammasi 140-örindan pastda qoldi. Reyting 180 mamlakat içida ötgan. Özbekiston 148-örnini saqlab qoldi, ammo mamlakatning beşta yönalişdagi reyting körsatkiçlaridan barçasi pasaygan. Xalqaro kuzatuvçilarga köra, Özbekistonda söz erkinligi böyiça vaziyat “juda jiddiy”ligiça qolmoqda.

Özbekistondagi OAV erkinligining darajasi ötgan yili 100 balldan 37 ballga, bu yil esa 35 ballga baholangan. Reytingga asos böladigan indikatorlarning beşalasida ham pasayiş qayd etilgan.

Qöşni mamlakatlardan Qozoğiston 141-, Qirğiziston 144-, Tojikiston 153-, Turkmaniston 174-, Afğoniston 175-örinda qayd etilgan.

Rossiya sönggi öntalikka – 171-öringaça tuşib ketgan, Xitoyning örni 180 davlat orasida 178-öringaça qulagan. Reytingni Şimoliy Koreya va Eritreya yakunlab beradi.

Hisobot mualliflariga köra, dunyo böylab jurnalistlarning erkin faoliyat yuritişiga tösiqlarning köpayib borişi tendensiyasi töxtamayapti.

“Dunyo böylab söz erkinligi eng past darajaga yetdi”, – deyiladi “Çegara bilmas muxbirlar” şarhida.

Taşkilot tomonidan kuzatib boriladigan 180 ta mamlakat va hududdan 90 tasida OAV xodimlarining ahvoli “qiyin” yoki “juda jiddiy”.

Mualliflarga köra, söz erkinligi böyiça global vaziyatning yomonlaşayotganiga xavfsizlik muhitining beqarorligi va avtoritarizmning kuçayişi bilan birga iqtisodiy bosim ham asosiy sababdir.

Reyting tuzuvçilarning ta’kidlaşiça, bugungi kunda butun dunyo böylab tahririyatlar tobora mustaqillik va iqtisodiy omon qoliş istagi örtasida tanlov qilişga majbur bölmoqda.

Qayd etilişiça, kuzatilayotgan 180 davlatning 160 tasida OAV umuman barqaror işlay olmaydi yoki buni faqat qiyinçilik bilan amalga oşirişi mumkin. Mamlakatlarning deyarli uçdan birida tahririyatlar iqtisodiy sabablarga köra yopilgan, ularga rasmiylar tomonidan köpinça bosim ötkazilgan. 46 ta davlatda OAV faqat oz sonli egalari tomonidan nazorat qilinadi.

“Tolibon” xorijdan qaytgan biznes egalarini soliqdan ozod qiladi

Dunyodagi aksariyat davlatlar afğonlarni öz yurtiga deport qilişda davom etyapti. Xususan, Pokiston va Eron töxtovsiz minglab afğonlarni uşlab, davlatdan çiqarib yubormoqda. “Tolibon” muvaqqat hukumatidagilar katta biznesmenlar va tadbirkorlar qörqmay vataniga qaytaverişi mumkinligini gapirdi. Muvaqqat hukumatdagi rasmiylardan biri Abdul Salam Hanafiy bu haqda Ğazni viloyatida qaytganlar uçun yer taqsimlaş marosimida aytib ötdi.

Uning sözlariga köra: “Pokistonda yirik biznesga ega bölgan muhojirlar, masalan, zavodlar yoki tijorat operatsiyalarini amalga oşiruvçilar Afğonistonga qaytsa – maxsus qömita tomonidan qöllab-quvvatlanadi va turli qulayliklar bilan ta’minlanadi. Ularga sanoat parklaridan bepul yer beriladi, bu boğlar yonida esa bepul uy-joylar ajratiladi. Bundan taşqari, ular beş yil davomida barça soliqlardan ozod qilinadi”.

Aytilişiça, 25 viloyat böylab qaytib kelganlar uçun 35 şaharça quriş rejasi tugallangan.

Ğazni viloyatining Andar tumanidagi bozorga “Tolibon” rasmiylari tamal toşi qöyib bergan. Şaharsozlik boşqarmasi muhandislar boşliği Hamidurrahmon Şahidxelga köra, Andar tumanidagi Miri bozorining batafsil rejasiga 192 ta turar joy uçastkasi, 12 ta savdo bloki va 7 tagaça savdo karvonsaroylari kirgan.

Qaytganlarni doimiy ravişda joylaştirişni ta’minlaş uçun Ğaznining 2-sonli posyolkasidan 4000 gektarga yaqin yer ajratildi, şundan 2000 gektarga yaqini birinçi bosqiçda qaytib kelganlarga taqsimlanişi aytilgan. Lekin öşa biznes doiralari vakillari Afğonistonga endi qaytadimi degan savol örinlidir, albatta.