Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 15 mayga möljallangan muzokarlari juma, 16 may kuniga köçirildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Kommersant»ning yozişiça, Ukraina delegatsiyasi 15 may kuni Istanbuldagi Dolmabahçe saroyiga yetib kelgan — uçraşuv aynan şu yerda ötkazilişi kerak.
Istanbulda 15 may kuni muzokaralar ötkaziş taşabbusi Vladimir Putinga tegişli — u YeI davlatlari va AQŞning 30 kunlik öt oçişni töxtatiş borasidagi çaqiriğiga javoban uşbu taklifni bildirgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putin bilan Turkiyada şaxsan uçraşişga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo Rossiya prezidenti muzokaralarga öz yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçiligidagi delegatsiyani yubordi.
Zelenskiy Rossiya delegatsiyasi tarkibi «Moskvaning Istanbuldagi muzokaralarda jiddiy qaramayotganidan» dalolat berişini ma’lum qildi. Şunga qaramay, Ukraina prezidenti Donald Trampga hurmat yuzasidan uçraşuvga mudofaa vaziri Rustem Umerov boşçiligidagi delegatsiyani yuboradi. Şuningdek, Zelenskiy muzokaralarda iştirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini ham tasdiqladi. Undan quyidagi mas’ullar örin oldi:
- Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Sergey Kislitsa;
- Ukraian xavfsizlik xizmati raisi örinbosari Aleksandr Poklad;
- Taşqi razvedka xizmati raisining birinçi örinbosari Oleg Lugovskiy;
- Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliğining örinbosari Aleksey Şevçenko;
- Razvedka boş boşqarmasi boşliği örinbosari Vadim Skibitskiy;
- Havo kuçlari qömondonligi ştab boşliği örinbosari Yevgeniy Şinkarev;
- Harbiy-dengiz kuçlari qömondonligi ştab boşliği örinbosari Aleksandr Dyakov;
- Qurolli kuçlar Boş ştabi Markaziy yuridik boşqarmasining xalqaro va operatsion huquq böyiça boşqarmasi boşliği Aleksey Malovatskiy;
- Qurolli kuçlar Boş ştabi Boş operativ boşqarmasining katta ofitseri Aleksandr Şerixov;
- Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni apparati protokol bölimi ofitseri Georgiy Kuzmiçev;
- Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Aleksandr Bevz.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralarga boradigan RF delegatsiyasi tarkibini tasdiqlaş töğrisidagi farmoyişni imzolagandi









