Ğazo sektori janubidagi Xon Yunus şahrida joylaşgan tunneldan HAMAS yetakçisi Muhammad Sinvarning jasadi topildi. U Isroil avizarbasi oqibatida bir neça kun oldin öldirilgan, deb xabar beradi Al Arabiya öz manbalariga tayanib.

Xon Yunusdagi Yevropa şifoxonasi hududidan Sinvardan taşqari uning 10 nafar yordamçisining ham jasadi topilgan.

Isroil harbiylari Xon Yunusdagi Yevropa şifoxonasiga 13 may kuni aviarzarbalarni amalga oşirgan edi. TSAHAL xabariga köra, şifoxona ostida HAMASning qömondonlik punkti bölgan.

Isroil Mudofaa armiyasi hozirça Muhammad Sinvarning ölimini tasdiqlamadi. Mudofaa vaziri Israel Kats taşqi işlar va mudofaa qömitasiga hozirça Sinvarning ölimi haqida heç qanday rasmiy tasdiq yöqligi, ammo «barça belgilar böyiça u yöq qilingani»ni bildirgan.

Muhammad Sinvar — 2024 yil oktyabr oyida Ğazo sektorida öldirilgan HAMASning oldingi yetakçisi Yahyo Sinvarning ukasi. Yahyo Sinvar ötgan yilning avgustida Ismoil Haniya öldirilganidan keyin HAMAS siyosiy byurosi rahbariga aylangan edi. Muhammad Sinvar ham akasi kabi HAMAS tarkibiga yoşligidan qöşilgan. Isroil maxsus xizmatlari bir neça bor uni öldirişga uringan, ammo şu kungaça buni uddalay olmayotgan edi.