Isroillik harbiylar TsAHALning Ğazo sektoridagi harakatlari oqibatida Hamas guruhi rahbari Yahyo Sinvar öldirilgan bölişi mumkinligini xabar qilişdi, ammo bu ma’lumot hozirça tasdiqlanmagan.
«Isroil mudofaa armiyasining Ğazo sektoridagi amaliyot çoğida uç terrorçi yöq qilindi. Isroil mudofaa armiyasi terrorçilardan biri Yahyo Sinvar bölişi mumkinligini tekşirmoqda», — deyilgan xabarda.
Şuningdek, ayni bosqiçda qurbonlar şaxsiga aniqlik kiritib bölmasligi aytilgan. Bayonotga köra, «terrorçilar yöq qilingan» binoda garovdagilar bölganiga oid belgilar aniqlanmadi.
TsAHAL amaliyot aynan qayerda va qaçon ötkazilgani böyiça rasmiy ma’lumot bermagan. Batafsil ma’lumot keyinroq taqdim etilişi va’da qilingan.
Şu bilan birga, Sinvar çindan ham halok bölganiga işonç ortib bormoqda.
Isroillik yuqori martabali mulozimlar Ynet portaliga öldirilgan şaxs aynan Sinvar ekani ehtimoli «juda yuqoriligi» va voqea joyida buning «belgilari mavjudligi»ni aytişgan. Kan teleradiokompaniyasi manbalari ham Sinvar halok bölgani ehtimoli yuqoriligi haqida gapirgan. Ular Sinvar Isroildagi qamoqxonada uzoq vaqt saqlangani tufayli uning DNK namunalari borligi, şu tufayli uning şaxsini tasdiqlaş muammo bölmasligini qöşimça qilişgan. Isroildagi törtta manba bilan gaplaşgan The New York Times ma’lumotiga köra, jasad Ğazo sektoridan Isroildagi laboratoriyaga olib ketilgan.
Isroil harbiy radiosi Sinvar TsAHALning Ğazo janubidagi Rafah şahrida ötkazgan quruqlik amaliyoti çoğida öldirilgan bölişi mumkinligini xabar qilgan. Uşbu naşr ma’lumotiga köra, qurbonlar orasida Sinvar ham borligiga oid vizual dalillar mavjud, ammo Isroil uning ölimini faqat DNK tekşiruvidan keyin tasdiqlamoqçi.
Bu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda körinişidan Yahyo Sinvarga öxşaydigan kişi jasadi vayronalar ostida yotgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan.
Ğazo sektoridagi manbalar uning ölimini tasdiqlab, isroillik harbiylar uning jasadini tasodifan topib olişgani, çunki u tinç aholi orasida yoki garovdagilar ortiga yaşirinmasdan, öz jangçilari bilan birga töqnaşuv çiziğida bölganini aytişgan. U turgan bino harbiy harakatlar çoğida minomyotdan öqqa tutilgan.
Yahyo Sinvar 2024 yil iyul oyi oxirida Tehronda raketa zarbasi oqibatida Ismoil Haniya öldirilganidan keyin, 6 avgustdan uning örniga Hamas siyosiy byurosi rahbariga aylangandi
















