21 may, çorşanba kuni AQŞ Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini rejali sinovdan ötkazdi, deb xabar berdi Kaliforniyadagi Vandenberg havo kuçlari bazasi qömondonligi 21 may kuni. Raketa Mark-21 High Fidelity De-Entry bir dona jangovar kallak bilan jihozlangan. Jangovar kallak Tinç okeanining markaziy qismidagi Marşall orollarida Kvajaleyn şahridagi Ronald Reygan ballistik raketaga qarşi mudofaa poligonigaça taxminan 4200 milya masofani bosib ötdi.
«Uşbu sinov parvozi Amerika Qöşma Ştatlarining yadroviy töxtatuvçisi xavfsiz va 21-asr tahdidlarining oldini olişda samarali bölib qolişi hamda ittifoqçilarimizga işonç hosil qilişini körsatiş uçun möljallangan muntazam va davriy tadbirlarning bir qismidir», deyiladi bayonotda.
Minuteman III qattiq yonilğidagi qit’alararo ballistik raketasi 1970 yildan beri AQŞ armiyasida foydalanişda. Uning massasi taxminan 36 tonna, maksimal parvoz masofasi 9500 kilometrdan, tezligi esa soatiga 24 ming kilometrdan oşadi. Bu AQŞ strategik yadroviy kuçlari tarkibidagi yagona şaxtada saqlanadigan qit’alararo ballistik raketa hisoblanadi. AQŞ Harbiy-havo kuçlari veb-saytiga köra, hozirda Qöşma Ştatlarda bu raketalarning 400 tasi mavjud bölib, ularning har biri uçtagaça yadroviy kallakni olib yurişga qodir.









