2025 yil Haj mavsumida özbekistonlik ziyoratçilarga ellikboşi sifatida yuborilgan Toşkent şahar Yakkasaroy tumanidagi Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi.
Masjid telegram kanalida berilgan xabarga köra, imom Saudiya Arabistonida betob bölib, komaga tuşib qolgan va 26 may kuni tongda vafot etgan.
«Madinada, bugun xastalikdan söng Robbim huzuriga omonatlarini topşirdi», deyiladi xabarda.
Özbekiston musulmonlari idorasi Kun.uzʼga Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev Madina şahrida vafot etganini tasdiqladi. Lekin buning sabablari oçiqlanmadi.
Şuningdek, Kökaldoş örta maxsus islom bilim yurti hamda Islom.uz portali ham Rabbimqul domla Muhammadiyevning vafoti munosabati bilan çuqur ta’ziya izhor etgan.
Rabbimqul Muhammadiyev 2019 yildan buyon Rakat masjidi imom-xatibi edi. Bunga qadar Olmazordagi Imom Termiziy masjidida imom-xatib bölgan.
Kun.uz imom domlaning yaqinlariga sabr-toqat tilaydi va hamdardlik bildiradi.












