Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident tashabbusi bilan 100 kishiga bepul Haj yo‘llanmasi berildi
O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan, 100 nafar vatandosh “Prezident hojisi” sifatida Haj safariga bepul yuborilmoqda.
Ularga Haj safari yo‘llanmasi joylarda tantanali tarzda topshirilyapti. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.
Musulmonlar idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmetbekovning so‘zlariga ko‘ra, bepul yo‘llanma taqdim etilganlar orasida turli soha vakillari bor.
“Yurtimiz, xalqimiz uchun xizmat qilib umrini o‘tkazgan, loyiq-munosib bo‘lganlardan 100 nafarini muhtaram yurtboshimiz bu yil Haj safariga yuboryapti. O‘zbekiston O‘zbekiston bo‘libdiki, bunaqa voqeani ko‘rmagan...
Hajga ketayotganlar orasida oddiy farroshi ham bor, oddiy xizmatchisi ham bor, olimi ham bor, tabibi, vrachi ham bor, eng og‘ir zamonda diniy sohada ishlab ketganlarning yaqinlari bor. Demak, jamiyatimizdagi har soha vakillaridan bor”, – dedi Homidjon Ishmetbekov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda ham Hajga O‘zbekistondan 15 ming ziyoratchi yo‘l olmoqda. 2 maydan 18 mayga qadar O‘zbekistondagi 9 ta aeroportdan Madinaga parvozlar davom etyapti.
Haj safarining narxi 77 mln so‘m deb belgilangan.
Mavzuga oid
18:34 / 02.05.2026
O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Hajga yo‘l oldi
13:14 / 29.04.2026
O‘zbekistonda «Haj – 2026» mavsumi 2 maydan boshlanadi
23:09 / 15.04.2026
Saudiya Arabistonida Haj mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Nimalarni bilish kerak?
17:57 / 20.02.2026