11 iyun kuni Toşkentdagi Xalqaro kongress markazida Özbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengaşining uçinçi yalpi majlisi bölib ötdi.
Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan tadbirda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Masdar, Indorama, ACWA Power, Vision Invest, DataVolt, Veon, Boeing, Air Producs, SpaceX, Meta, John Deere, Franklin Templeton, Suez, EDF, Total Energies, Voltalia, Orano, Linde, Claas, Sojitz, Bomi, OTP Bank, Goldwind, Çalik, Çengiz, Aksa, JBIS kabi yetakçi kompaniya va banklar rahbarlari iştirok etdi.
Şuningdek, xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi vakillari ham qatnaşdi.

Prezident Mirziyoyev sözining avvalida kuni keça ötgan törtinçi Toşkent investitsiya forumining samarali natijalarini qayd etdi hamda kengaş a’zolariga Yangi Özbekiston taraqqiyotiga qöşayotgan hissasi va kömagi uçun minnatdorlik bildirdi.
Erişilgan natijalar
Davlat rahbariga köra, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki ötgan yili Özbekistonga rekord miqdorda – 1 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritgan. Özbekiston bu bankning mintaqadagi eng yirik hamkoriga aylandi.
Şuningdek, xalqaro moliya taşkilotlarining xususiy sektor bilan hamkorligi kuçayib, ular bir qator ilğor korxonalarga töğridan töğri investitsiyalar kiritişdi. Jumladan, bir yil davomida ularning xususiy kompaniya va banklar bilan qöşma loyihalari hajmi 1 milliard dollardan ortdi.

“Yaşil” energiya, çiqindilarni qayta işlaş, elektr energiyasini saqlaş, “yaşil” vodorod işlab çiqariş kabi sohalarda Acwa Power, Masdar, Linde, Shanghai Environment, Total Energies singari yetakçi kompaniyalar 8 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritib, “yaşil” iqtisodiyotni rivojlantirişga katta hissa qöşmoqda.
Raqamli texnologiyalar sohasida esa DataVolt kompaniyasi mintaqadagi eng yirik “yaşil data markaz”ni, Veon kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan “mobil super-ilova”ni yaratiş böyiça loyihalarni boşlagani qayd etildi.












