AQŞ bir neça soat oldin Isroil şu vaqtgaça zarba bera olmagan Eronning yadro obektlari joylaşgani aytilgan Fordo zavodiga B-2 samolyotlari zarba berdi. Bu bilan amalda amerikaliklar isroilliklarning hujumlariga qöşildi. Prezident Donald Trampning uşbu qarori AQŞ qonunçilari orasida keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Ayrim Senatorlar Trampning qarorini AQŞ Konstitutsiyasiga zid, deb atadi.
AQŞ Konstitutsiyasiga köra, uruş e’lon qiliş va harbiy harakatlarga ruxsat beriş vakolati qonunçilarga tegişli. Biroq Tramp Eronni nişonga olişdan avval Kongressdan ruxsat olmadi.
Al-Jazeera naşrining yozişiça, Senat va Vakillar palatasida har ikki partiyadan qonunçilar Trampni Eronning yadroviy obektlariga hujum qilişdan oldin Kongressga murojaat qilişga majbur qiluvçi qonun loyihalarini ilgari surgandi. Ammo Tramp bu taşabbus böyiça ovoz berilişidan oldin zarbani amalga oşirdi.
Kongress tomonidan ruxsat olinganining yöqligi AQŞ siyosatida muhim bahs mavzusiga aylandi.
Trampning Kongress ruxsatisiz Eron uruşiga qöşiliş imkoniyatini çeklaşga qaratilgan qonunçilik taşabbusiga boşçilik qilayotgan respublikaçi Tomas Massi bu zarbalarni AQŞ Konstitutsiyasining buzilişi deb atadi. Unga köra, uruşga oid qarorlarni faqat qonunçilar qabul qiliş huquqiga ega.
Senator Berni Sanders Oklaxoma ştatidagi tadbirda Eron böyiça AQŞ hujumlari haqida odamlarni xabardor qilar ekan, bu harakatni «konstitutsiyaga mutlaqo zid» deb atadi.
Here is the crowd reaction when Bernie announces Trump’s illegal attack on Iran at his rally in Tulsa pic.twitter.com/Dn6YNNbAEE
— Jeremy Slevin (@jeremyslevin) June 22, 2025
«Sizlarning bilişingiz kerakki, faqat AQŞ Kongressi mamlakatni uruşga olib kiriş huquqiga ega. Prezidentda bunday huquq yöq,»











