AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat aviatsiyasi Erondagi uçta yadroviy obekt — Fordo, Natanz va Isfahonga hujum uyuştirdi. U öziga tegişli Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozişiça, Fordodagi asosiy obektga «yuklangan barça bombalar taşlangan».

«Biz Erondagi uçta yadroviy obektga juda muvaffaqiyatli hujumimizni yakunladik», – deyiladi Amerika prezidenti postida.

Uning sözlariga köra, hozirda hujumda qatnaşgan samolyotlarning barçasi Eron çegaralaridan taşqarida va AQŞ bazalariga qaytmoqda.

«Barça samolyotlar uyga qaytmoqda. Ajoyib amerikalik jangçilarimizni tabriklaymiz. Dunyodagi heç bir armiya bunday qila olmasdi. Endi tinçlik vaqti keldi!» – degan u.

Keyingi postida Tramp bu AQŞ, Isroil va butun dunyo uçun tarixiy palla ekanini bildirgan. «Endi Eron uruşni töxtatişga rozi bölişi lozim», – deya qöşimça qilgan u.

BBC News va CNN naşrlari e’tibor qaratişiça, Tramp şunday sözlar yozilgan postni ham öz sahifasida bölişgan: «Fordo endi mavjud emas» (Fordow is gone).

Axios ma’lumotiga köra, AQŞ Eron böylab zarba berişga tayyorgarlik körilayotgani haqida Isroilni oldindan ogohlantirgan. Yuqori martabali isroillik mulozimlardan biri zarba berişda B-2 bombardimonçi samolyotlaridan foydalanilganini ma’lum qilgan. Bu ma’lumotni Reuters’ga amerikalik mulozim ham tasdiqlagan. CNN manbalarga tayanib xabar berişiça, Tramp va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu AQŞ Eronga zarba berganidan keyin telefon orqali muloqot qilgan.

Fox News xabariga köra, AQŞ harbiylari Fordodagi yadroviy obektga bunkerga qarşi 6 ta bomba taşlagan, şuningdek, Isfahon va Natanzdagi obektlar böylab Tomahawk rusumli 30 raketa raketa uçirgan.

Köp ötmay Eron tomoni Fordo, Natanz va Isfahondagi obektlarga hujum qilinganini tasdiqladi. Eron davlat televideniyesi siyosiy direktori örinbosari Hasan Abediniy jonli efirda Eron «biroz oldin» uşbu uçta yadroviy obektni evakuatsiya qilganini aytdi. Bu Tehronning AQŞning öz yadroviy obektlarini bombardimon qilişiga birinçi rasmiy munosabati böldi. Abediniy Eron «jiddiy zarar körmagani, çunki materiallar allaqaçon olib çiqib ketilgani»ni ta’kidlagan.

Tasnim axborot agentligi Qum viloyatidagi rasmiyga tayanib Fordo yadroviy majmuasining bir qismi hujumga uçragani haqida xabar berdi. «Bir neça soat avval Qumning havo mudofaasi işga tuşirilib, duşman nişonlari aniqlangaç, Fordo yadroviy obektining bir qismi duşman aviazarbalariga uçradi», – deya bayonot bergan Qum viloyati favqulodda vaziyatlar ştabi vakili. Isfaxon viloyati gubernatori örinbosari Akbar Solihiy esa Natanz va Isfahonda «bir neçta portlaş ovozlari eşitilgani, yadroviy obektlar yaqinida hujumlar bölgani»ni tasdiqlagan.