Xitoy va Rossiyaning «saxiyligi», toksiz Bişkek va «Rosatom»ga berilgan AES
|19:05 / 22.06.20259 01410 min
Xitoy Markaziy Osiyoga 1,5 mlrd yuan miqdorida beğaraz grant ajratadi, Rossiya esa Tojikistonning qariyb 300 million dollarlik qarzidan keçdi. Qozoğiston AES qurişni baribir Rossiyaga topşirmoqda, Xitoy-Fransiya-Koreya variantlari rad etildi. Qirğiziston poytaxti töliq elektrdan uzilib qoldi, parlament yiğilişi zulmatda ötkazilgan. Tojikiston prezidenti hamkasblariga muzlar erib ketayotganidan xavotirini bildirdi. Turkmaniston Erondan fuqarolari va diplomatlarini olib çiqmoqçi bölganlarga yordam berib, çegarasini oçib qöydi.
Xitoy grant ajratadi
Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari uçun 1,5 mlrd yuan, ya’ni taxminan $209 mln dollar beğaraz grant ajratadi. Bu aholi farovonligini oşiriş böyiça loyihalarni qöllab-quvvatlaşga sarflanadi. Bundan taşqari, Xitoy yaqin ikki yil içida MOga kasbiy tayyorgarlik kurslari uçun 3 mingta kvota ajratmoqçi.
Bu haqida Xitoy raisi Si Tszinpin şu hafta Ostonada ötgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammitida e’lon qildi.
“Biz şu yili Markaziy Osiyo mamlakatlariga aholi farovonligini oşiriş va öz taraqqiyotiga kömaklaşiş böyiça beşta mamlakatning muhim loyihalarini qöllab-quvvatlaşga 1,5 milliard yuan miqdorida beğaraz grant taqdim etişga tayyormiz”, — degan Xitoy raisi.
Qozoq naşrlarining yozişiça, Si Tszinpin Xitoy universitetlarida Markaziy Osiyo mamlakatlari tillarini örganiş kurslarini oçişni ham taklif qilgan.
Xitoyning bu beş mamlakat bilan savdosi qariyb 100 mlrd dollarga yetdi. The Astana Times’ning yozişiça, 2023 yilda Tsian şahridagi sammitdan beri mintaqaning Xitoy bilan savdosi 35%ga köpaygan. Qöşma korxona va loyihalar soni esa 10 mingdan oşgan.
Qozoğiston prezidentiga köra, ayni paytga kelib Xitoy va Markaziy Osiyo aloqalari abadiy strategik şeriklik darajasiga kötarilgan.
Si Tszinpinning qöşimça qilişiça, Xitoy beş davlatda jinoyatçilikka qarşi kuraş va kiberxavfsizlik masalalari böyiça ham yordamini taqdim etadi. Xitoy xalqaro adolatni örnatiş tarafdori, gegemonizmga qarşimiz, deydi Tszinpin.
Qirğiziston prezidenti öz çiqişida Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli loyihasini eslatib ötgan.
Tojikiston rahbari Imomali Rahmon yana muzliklarni saqlaş haqida gapirib, ekologiya masalalarini kötargan.
Mavzuga oid
Prezident Mirziyoyev esa Markaziy Osiyo – Xitoy uzluksiz savdo platformasi yölga qöyilganini qöllab-quvvatlagan. Sammit abadiy yaxşi qöşniçilik şartnomasi imzolanişi bilan yakunlangan.
Rossiya Tojikiston qarzidan keçdi
Xitoy mintaqaga pul berarkan, Rossiya qarzlardan keçmoqda. Masalan, Putin Tojikistonning 300 million dollarlik qarzidan keçdi. Rossiya va Tojikiston “Sangtöda GES-1” qöşma korxonasi oldidagi elektr energiyasini yetkazib beriş böyiça töplangan qarzni bosqiçma-bosqiç hisobdan çiqariş töğrisidagi bitimni imzoladi. Buni Tojikiston parlamenti ommaga e’lon qildi.
Ma’lum qilinişiça, Rossiya oldidagi qarzning umumiy miqdori 300 million dollarga teng. Şu yil aprel oyi oxirida Rossiya energetika vaziri va Tojikiston energetika vaziri hujjat imzolagan. Uşbu hujjatda esa qarzdorlik 2034 yilgaça bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi belgilangan.
Aslida Rossiya Tojikiston aholisining elektr energiyasini dotatsiya qilmoqda. 670 MVt quvvatga ega “Sangtöda GES-1” mamlakatda işlab çiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 12 foizini ta’minlaydi. Stansiya işlab çiqarayotgan energiyaning yagona xaridori “Barqi tojik” davlat energetika holdingi hisoblanadi.
Loyihaning umumiy hajmi 847 million dollar. Investitsiyalarni qaytariş muddati 20 yildan 35 yilgaça — 2048 yilgaça uzaytirilgan.
Ta’kidlanişiça, hujjat bilan elektr energiyasini sotib oliş tariflari masalasi ham tartibga solindi.
Eslatib ötamiz, Rossiyaning «saxiyligi» faqat Tojikiston uçun emas. Moskva şu yilning bahorida asosiy ittifoqçisi – Belarus kreditlari muddatini ham çözib berdi. Endi Belarus Rossiyadan olgan qarzlarini 12 yilgaça keçiktirib tölaşi mumkin. Hukumatlararo kelişuvga muvofiq, Belarus qarzi böyiça tölovlar 2031 yildan 2036 yilgaça bölgan davrga köçiriladi. Qarzning umumiy summasi 800 million dollarga baholanmoqda.
2023 yilda Rossiya Kubaga ham ikkita elektr stansiyasi qurilişi uçun ajratilgan 1,2 milliard yevrolik kredit tölovlarini kamida beş yilga keçiktirdi. Bundan taşqari, Moskva allaqaçon Kubaning 32 milliard dollarlik qarzidan ham voz keçgan.
Ötgan yili Rossiya Gvineya Bisauning 26,7 million dollarlik qarzidan keçdi, yana 940 ming dollari qayta tuziladi. Şunday çoralar avvalroq Somaliga nisbatan ham körilgan, unga 691 million dollarni qaytarmaslikka ruxsat berilgandi. Umuman olganda, Rossiya Afrika davlatlarining 20 milliard dollarlik qarz majburiyatlarini bekor qilgan.
Zulmatda qolgan Bişkek
Bişkekda blekaut sodir bölib, poytaxt elektrsiz qoldi. 18 iyun kuni Bişkek elektr ta’minotida keng kölamli uziliş sodir böldi. Davlat energetika vazirligiga köra, 18 iyun kuni Bişkekka xizmat körsatuvçi yirik nimstansiyada avariya yuz bergan. Oqibatda şahar elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Mahalliy matbuotga köra, köpgina hududlarda suv ta’minoti yöqoldi, çunki nasos stansiyalari ham elektr energiyasi bilan işlaydi. Ba’zi uyali aloqa operatorlari aloqadan va internetdan foydalaniş imkoniyatini çekladi.
Jogorku Keneş, ya’ni parlament sessiyasi zulmatda ötkazildi. Deputatlar Adliya masalalari böyiça kengaş a’zolarini qoronğida saylaşga majbur böldi.
Bişkek şahri IIB butun şaxsiy tarkibni, şu jumladan ikkinçi smenani ham oyoqqa turğazgan. Xodimlar şahardagi çorrahalarda harakatlanişni tartibga soliş uçun yönaltirildi. Bank ilovalari işlamay qoldi, kassa apparatlari işlamayotgani uçun dökonlar faoliyati ham töxtagan. Keçga yaqin elektr energiyasi ta’minoti tiklandi.
Qozoğistonda AESni baribir Rossiya quradi
Qozoğiston birinçi atom elektrostansiyasini qurişni baribir Rossiyaga topşirişga qaror qildi. Ötgan yili bu borada qöşni davlatda referendum ötkazilib, AES qurişni xalq ma’qullagan edi. Biroq bu energetik inşootni kim quradi, degan savol hali-hanuz muhokamada edi. Variantlar içida Rossiyadan taşqari, Xitoy, Koreya Respublikasi va Fransiya bor edi. Faollar Fransiya va Koreya variantlarini siyosiy şartlarsiz bölgani uçun köproq qöllagan, biroq yakuniy qarorga köra AESni RosAtom quradigan böldi.
Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi Qozoğistonda birinçi atom elektr stansiyasini quriş böyiça xalqaro konsorsium yetakçisi deb topilgan. Buni Qozoğiston Atom energiyasi agentligi tasdiqladi.
Şuning bilan mamlakat özining birinçi atom elektr stansiyasini quriş uçun hamkor tanlaşni yakunladi. Xitoy, Fransiya va Koreyaning taklif etilgan kompaniyalari ham materiallarning töliq töplamini — taxminiy narx va amalga oşiriş muddatlaridan tortib mahalliylaştiriş, kadrlar tayyorlaş va yadro-yoqilği siklida iştirok etiş ssenariylarigaça taqdim etgan edi.
Idoralararo komissiya barça arizalarni integratsiyalaşgan baholaşni körib çiqib, «Rosatom» takliflarini Qozoğiston uçun eng maqbul va foydali deb topgan. Xitoy kompaniyasi taklifi ikkinçi örinni, Fransiya uçinçi, Koreya kompaniyasi esa törtinçi örinni egalladi.
Atom energiyasi agentligi raisi Almasadam Satkaliyevning aytişiça, Qozoğiston Xitoy bilan alohida – ikkinçi AESni quriş böyiça hamkorlik qilmoqçi. Bu borada Xitoy tomoni bilan alohida muzokaralar ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston boşqa takliflarsiz ham «Rosatom» bilan AES qurişni tanlagan.
Turkmaniston Erondan evakuatsiyaga yordamlaşdi
Eron-Isroil uruşi oqibatida fuqarolarini Erondan olib çiquvçi davlatlarga Turkmaniston yordam körsatmoqda, aniqroği qöşni davlatlarga. Masalan, Özbekiston öz fuqarolari va diplomatlarini Turkmaniston orqali evakuatsiya qildi. Turkmaniston Taşqi işlar vazirligiga köra, Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boşqa davlatlardan 120 nafarga yaqin fuqarolar Turkmaniston davlat çegarasini nazorat-ötkaziş punktlari orqali kesib ötgan. Ya’ni, Turkmaniston orqali öz yurtiga çiqib ketgan.
Yetib kelganlar transport, oziq-ovqat, mehmonxonalar, eng zarur mahsulotlar bilan ta’minlangan.
Gumanitar missiyani amalga oşiriş doirasida Turkmanistonning tegişli davlat organlari xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va xalqaro taşkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilib kelyapti.
Vazirlik Turkmaniston insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxşi qöşniçilik tamoyillariga sodiqligini amalda tasdiqlaşini bildirdi. Özbekiston taşqi işlar vazirligi esa 30 dan ortiq fuqarolarini Turkmaniston va Ozarboyjon orqali Erondan olib çiqqanini e’lon qilib, ikki davlatga minnatdorlik bildirdi.
«Tolibon» Xitoy bilan neft şartnomasini bekor qildi
Mahalliy afğon naşrlariga köra, Kon va neft vazirligi Xitoy kompaniyasi bilan 25 yillik neft şartnomasini bekor qilgan. Gap Amudaryo neft konini qazib oliş böyiça erişilgan şartnoma haqida ketmoqda. U Xitoyning Afçin kompaniyasi bilan 25 yilga tuzilgan edi. «Tolibon» mazkur kompaniyani şartnoma şartlarini bir neça bor buzganlikda ayblagan.
Şartnoma buzilişi holatlarini tekşiriş uçun qöşma komissiyalar tuzildi, natijada bu komissiyalar Afçin kompaniyasining bir neça bor qoidabuzarliklarga yöl qöyganini va öz majburiyatlarini bajarmaganini aniqladi, deyiladi Afğoniston Kon va neft vazirligi bayonotida.
«Tolibon» Afçin bilan tuzilgan şartnomaning huquqiy jihatlarini körib çiqiş va hisob-kitoblarni aniqlaştiriş uçun xalqaro konsalting kompaniyalariga murojaat qilmoqçi.
Şartnomani imzolaş çoğida «Tolibon» Xitoy kompaniyasi bir yil içida 150 million dollar va keyingi uç yilda 450 million dollar sarmoya kiritişini aytgandi. «Tolibon»ga köra, Saripul va Faryob viloyatlarida joylaşgan Amudaryo neft havzasida 4500 kvadrat kilometr maydonda 87 million tonna tasdiqlangan neft bor.