Markaziy Osiyoda iflos havo – odamlarning qotiliga aylandi, har yili 65 ming kişi ekologiya sabab vafot etmoqda. Qirğizistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar endi jarimaga tortiladi. Qozoğistonda taniqli media vakillarining reklamasiga uçib aldanayotganlar soni köpayib ketdi. Eron-Isroil uruşi fonida Turkmaniston 50 dan ortiq davlatlarga fuqarolarini olib çiqib ketiş uçun yordam berganini ma’lum qildi. Öş şahrida ijtimoiy yotoqxona qurildi, köçada qolib ketganlar bemalol kelib yaşab turişi mumkin.

Qirğiz tilini bilmaganlar jarimaga tortiladi

Qirğizistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar endi jazolanadi, mamlakatda qirğiz tilining maqomi oşirilmoqda. Deputatlar davlat tilini qöllaş bilan boğliq qonun loyihalarini ikkinçi va uçinçi öqişda ma’qulladi. Yangi tuzatişlarga köra, parlament deputatlari, Vazirlar Mahkamasi raisi va a’zolari, konstitutsiyaviy, oliy va mahalliy sudlar sudyalari, prokuror tergovçilar, milliy bank, huquqni muhofaza qiliş organlari hamda milliy xavfsizlik xodimlari bundan buyoğiga davlat tilini bilişi şart.

Şuningdek, advokatlar va notariuslar ham qirğiz tilini yetarli darajada bilmasa, litsenziya oliş huquqidan mahrum böladi. Televideniye va radiodagi körsatuv hamda eşittirişlarning kamida 60 foizi davlat tilida bölişi majburiy qilib belgilandi.

Davlat tilini yetarli darajada bilmaslik endi mamlakatda doimiy yaşaş uçun ruxsatnoma berişni rad etişga asos böladi. Çet el fuqarolari ham qirğiz tilini bilmasa, immigrant maqomini ololmaydi.

Davlat tilida tayyorlangan reklama matni til töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga va imlo qoidalariga muvofiq bölişi lozim. Bunday matnlarni mahalliy hokimiyat organlari körib çiqadi va tasdiqlaydi.

Til qonunçiligini buzgan jismoniy şaxslar 5 ming qirğiz somi (taxminan 711 ming söm), yuridik şaxslar esa 17 ming som (salkam 2 million 416 ming söm) miqdorida jarimaga tortiladi. Qoidabuzarliklarni körib çiqiş va jarima soliş vakolati Davlat tili va til siyosati böyiça Milliy komissiyaga yuklatildi.

Iflos ob-havo yiliga 65 ming kişini öldiryapti

Ifloslangan havo Markaziy Osiyoda aholining qotiliga aylangan, har yili mintaqada 65 ming kişi havo sabab vafot etmoqda. Bu haqida Jahon banki öz hisobotida ma’lum qildi. “Markaziy Osiyoda havo sifatini boşqariş” nomli hisobotda kelişiça, har yili PM 2.5 mayda zarralari keltirib çiqargan kasalliklarni deb 65 mingdan ortiq odam vafot etmoqda. Atrof-muhitning ifloslanişi ortidan kelib çiqqan erta ölimlar mintaqada kamida 17,8 mlrd dollar miqdorida iqtisodiy yöqotişlarga olib kelyapti.