Jahon | 15:23 / 01.07.2025
786
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyada Pistorius Boltiqbo‘yining xavfsizligi muhimligini ta’kidladi

Germaniya va Daniya mudofaa vazirlari Pistorius va Poulsen Boltiq dengizi xavfsizligiga tahdid va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi. Germaniya vaziri Boltiqbo‘yi monitoringida Germaniyaning yetakchi roli haqida ma’lum qildi.

Foto: Ludovic Marin/REUTERS

Germaniya Boltiq dengizi xavfsizligini nazorat qilish, tegishli operatsiyalarni sezilarli darajada kuchaytirish bo‘yicha yetakchi rolni o‘z zimmasiga oldi, dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Daniyaga tashrifi chog‘ida. Daniyalik hamkasbi Troels Lund Poulsen bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida u Rossiya Federatsiyasidan dengiz xavfsizligiga tahdidlar kuchayib borayotganiga ishora qildi.

«Dengiz tahdidlari ortib bormoqda, bu aniq», — deya ta’kidladi Pistorius Boltiq dengizidagi gibrid hujumlar, xususan, kema langarlari tomonidan suvosti kabellarining shikastlanishi va GPS signallarining buzilishini misol sifatida keltirib. Bundan tashqari, Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Arktika mintaqasining Rossiya tomonidan militarizatsiyasi haqida gapirdi.

Germaniya vaziri Daniyani Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarda «ishonchli hamkor» deb atadi. Mamlakatning qo‘llab-quvvatlashi «Yevropa mudofaasiga qo‘shilgan ajralmas hissadir», deya qo‘shimcha qildi u.

O‘z navbatida, Poulsen Germaniyaning mudofaa siyosatini o‘zgartirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi, xususan, harbiy-sanoat loyihalariga sarmoya kiritish jadallashuvi, shuningdek, mudofaa salohiyati kengayishini qayd etdi.

Mavzuga oid