Buxoroda şifokor piçoq bilan öziga zarar yetkazmoqçi bölgan erkakni zararsizlantirib, qahramonlik körsatdi. Biroq erkakni mastlik darajasini aniqlaş uçun narkolog huzuriga olib kelgan mayor va katta leytenant uşbu holatni beparvolik bilan kuzatib turdi. Ulardan biri – telefon “titib” ötirgan, vaziyat jiddiyligini körib turgan holda hatto örnidan turgani ham yöq. Hozirda xodimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Tomoşabin mayor
Sönggi kunlarda IIB xodimlari bilan boğliq bir neçta voqea OAV e’tiboriga tuşdi: Andijonda keksa yoşdagi odam profilaktika inspektorini piçoqlab öldirgan bölsa, Buxoroda mast erkak öziga jarohat yetkazmoqçi böldi. Biroq har ikki holatda piçoqli erkaklarni xodimlar zararsizlantira olmagan.
Buxoro şahrida sodir etilgan holatda mast erkak stol ustida turgan piçoqni olib, öziga jarohat yetkazişga uringan. Buni körib turgan IIB xodimlari şunçalik beparvo bölganki, hatto ulardan biri ötirgan örnidan turmagan ham. Şu payt xonaga kirib kelgan narkolog vraç Elbek Dilov çaqqonlik va sovuqqonlik bilan mast erkak qölidagi piçoqni tortib olgan va uni zararsizlantirgan. IIB xodimlaridan biri erkak qölidagi piçoq yerga tuşib ketgaçgina uning yoniga yugurib borgan. Ikkinçisi esa şunda ham örnidan turmay voqeani tomoşabin sifatida kuzatişni davom etgan.
Xizmat tekşiruvi tayinlandi
IIV matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat 2 iyul kuni sodir bölgan. Buxoro şahrining Loşa mahallasida yaşovçi 1979 yilda tuğilgan B.N. mast holatda uyida janjal qilgan. Holat yuzasidan voqea joyiga çiqqan profilaktika inspektorlari mayor D.Avezov va katta leytenant E.Muhamedov mastlik holatini aniqlaş hamda huquqbuzarlik holatini rasmiylaştiriş maqsadida erkakni Buxoro viloyati narkologiya dispanseriga olib kelgan.
Narkolog körigidan ötkaziş jarayonida mast erkak içki işlar organlari xodimlarining öta mas’uliyatsizligi tufayli stol ustida turgan oşxona piçoğini qölga kiritib öziga jarohat yetkaziş bilan tahdid qilgan. Narkolog vraç Elbek Dilovning öz vaqtida, jasorat bilan amalga oşirgan harakati natijasida fuqaro zararsizlantirilib, oğir oqibatga olib kelişi mumkin bölgan fojianing oldi olingan.
Xozirda, profilaktika inspektorlari mayor D.Avezov hamda katta leytenant E.Muhamedovga nisbatan Içki işlar vazirligi tomonidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Şuningdek, narkolog vraç Elbek Dilov jamoat tartibini saqlaşda körsatgan jasorati uçun Buxoro viloyati IIB boşliğining buyruği bilan rağbatlantirilgan.











