Qozoğistonda öta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirğizlar va ruslarga berilmaydigan pasport
|17:14 / 13.07.202510 69114 min
Qozoğistonda öta xavfli kasallik – kuydirgi tarqaldi, ikki qişloq karantinga olingan. Qirğiziston rossiyaliklarga fuqarolik berişni töxtatdi. Xalqaro jinoiy sud “ Tolibon” yetakçisini hibsga olişga order berdi. Tojikistonga Qirğiziston prezidenti davlat taşrifi bilan kelib, 13 ta hujjatga qöl qöyib ketdi. Turkmaniston hukumati 1 avgustdan e’tiboran ta’tilga çiqib, «Avaza»da dam oladi. Qozoğistonda uçuvçilarning köziga lazer tuşirganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Qozoğistonda kuydirgi tarqaldi
Qozoğistonda öta xavfli bölgan kasallik – kuydirgi tarqaldi, ikki qişloq karantinga olingan. Oğir yuqumli kasallik odamlarga kasallangan hayvon, uning göşti yoki axlati bilan aloqada böliş orqali yuqadi. Mahalliy naşr – “Tengrinews”ga köra, Qozoğistonning Oqmöla viloyati Otbosar tumanidagi ikki qişloq kuydirgi kasalligi sabab karantinga olingan.
Iyun oyi oxirida Qozoğiston Soğliqni saqlaş vaziri Otbosar tumanida 4 kişi kuydirgi kasalligiga çalingani haqida xabar bergan edi. Bemorlarning ahvoli örtaça oğir deb baholangan. Vazir ularga zarur tibbiy yordam körsatilayotganini aytdi. Epidemiyaga qarşi çoralar körildi. Şu bilan birga, Alnazarova viloyatda karantin joriy etilmasligini aytgandi.
8 iyul kuni ma’lum bölişiça, Otbosarda karantin joriy etilgan. Çeklov çoralari dastlab kuydirgi kasalligi aniqlangan qişloqlarda joriy etilgan. U yerda 19 kişida infeksiya aniqlangan, bir kişining ahvoli oğir.
«U yerga çorva va odamlar kirmasligi kerak. Biz hududni örab oldik, tösiq qöydik. Respublika otryadi dezinfeksiya, qayta işlaş va utilizatsiya qilişni boşladi. Laboratoriya natijalarini olişimiz bilan 1 iyuldan darhol karantin joriy qildik. U yerda 19 bemor bor. Ular kuzatuv ostida, hammasi tuzalib ketmoqda, soğliqni saqlaş tizimi ularni kuzatib bormoqda», dedi qişloq xöjaligi vaziri Aydarbek Saparov hukumat brifingida.
Uning sözlariga köra, qişloqlarda karantin 15 kun davom etadi. Şundan söng, sinov uçun yangi namunalar olinadi. Agar kuydirgi borligi tasdiqlanmasa, karantin çoralari bekor qilinadi.
Keyinroq vazirlik Aydarbek Saparov xato gapirganiga aniqlik kiritdi. Matbuot xizmati ma’lumotlariga köra, 19 kişidan tahlillar olingan: yettita holatda kuydirgi kasalligi aniqlangan, qolgan 12 nafarida salbiy natija qayd etilgan.
Kuydirgi – oğir yuqumli kasallik. Bu bakteriyalar odatda tuproqda yaşaydi va hayvonlarga ta’sir qiladi - ham uy, ham yovvoyilariga. Odamlarda kasallik hayvon yoki uning axlati bilan aloqada böliş, yaxşi pişirilmagan göştni iste’mol qiliş orqali uçta şaklda paydo bölişi mumkin: teri, oşqozon-içak va öpkada. Kasallik odamdan odamga yuqmaydi. Kasallikdan himoyalaniş uçun göştni faqat işonçli joylarda, veterinariya nazorati ostidagi dökonlar va bozorlardan sotib oliş tavsiya qilinadi.
Mavzuga oid
Qirğiziston rossiyaliklarga fuqarolik berişni töxtatdi
Qirğiziston rossiyaliklarga fuqarolik berişni töxtatdi. Endilikda tuğilganlik yoki ajdodlar orqali fuqarolik olişning eng qulay usullari ham işlamaydi. Bu haqda Qirğiziston pasportlari böyiça maslahatçi Mixail Juxovitskiy ma’lum qildi.
Qirğizistonni unuting. Endi fuqarolik oliş imkonsiz. Heç qanday pul evaziga ham. Heç qanday şartlar bilan ham. 2025 yil 24 yanvardan keyin topşirilgan barça arizalar — sizni şunçaki aldaşdi.
«Mamlakatda avans yiğiş juda avj olgan. Barça ijroçilar, vositaçilar va amaldorlar buni bilişadi — ular oldindan aldov uçun pul yiğmoqda», dedi davlat pasportlari böyiça maslahatçi.
U 24 yanvardan keyin topşirilgan fuqarolik arizalari körib çiqilmagani va endi körib çiqilmasligini ham e’lon qildi.
Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi va Içki işlar vazirligi birorta ham şaxsni ma’qullamadi va ma’qullamaydi ham, deydi Juxovitskiy.
AQŞ va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari sababli rossiyaliklar orasida Qirğiziston pasportini töliq yordam bilan oliş usuli ommalaşgan edi. Bu boşqa mamlakatlarda bank kartalari oçiş, viza oliş va biznes yuritişga yordam bergan.
Hatto «Avito» va «Yandeks» reklamalarida pasport sotib oliş takliflari paydo böla boşladi. Xizmat narxi 1 million rublgaça yetdi, rasmiylaştiriş esa yarim yilgaça çöziladi. Masalan, 2022 yilda 2 mingdan ortiq kişi Qirğiziston pasportini olgan. Rossiyaning ayrim elitasi vakillari ham Qirğiziston fuqarosiga aylandi.
Turkmanistonda hukumat ta’tilga çiqadi
Turkmaniston hukumati 1 avgustdan e’tiboran ta’tilga çiqadi va mamlakatning nomdor kurort zonasi «Avaza»da dam olib, davolanadi. Bu haqida prezident Sardor Berdimuhammedov topşiriq bergan.
Turkmaniston prezidenti hukumatning birinçi yarim yillik yakunlariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişida qatnaşib, 1 avgustdan boşlab qişloq xöjaligi kompleksi va viloyat hokimlaridan taşqari rahbarlarga 1 avgustdan mehnat ta’tiliga çiqiş va uni mamlakat sanatoriylari va «Avaza» milliy turistik zonasida ötkazişga ruxsat berilişini ma’lum qildi.
4-8 avgust kunlari «Avaza»da BMTning dengizga çiqiş imkoniyati yöq rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasi ötkazilişi rejalaştirilgan. Prezident bu forumni ötkaziş uçun taşkiliy işlarda barça yetakçilar qatnaşişi zarurligini aytgan.
Prezident Berdimuhammedov 13 iyul kuni Turkmaniston xalqi Milliy yetakçisi Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida «Avaza» milliy turistik zonasida bölib ötadigan taşkiliy davlat qömitasi yiğilişida barça iştirok etişi kerakligini eslatdi. Unda «Avaza»dagi konferensiyaga tayyorgarlik muhokama qilinadi. Prezidentning qöşimça qilişiça, xalqaro tadbir Turkmanistonning nufuzini oşirib, Aşxobod betaraf siyosatini bundan buyon ham izçil davom ettirişini körsatişi kerak.
XJS «Tolibon» yetakçisini hibsga olişga order berdi
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» yetakçisini hibsga oliş böyiça order berdi. Ma’lum bölişiça, Xalqaro jinoiy sud 8 iyul kuni «Tolibon» yetakçisi Haybatulloh Oxunzoda va Afğoniston Oliy sudi rahbari Abdul Hakim Haqqoniyni ayollarni ta’qib qilişda ayblab, ularni hibsga olişga order bergan. Bu haqida CNN xabar berdi.
Bu ikki yetakçi «Tolibon»ning gender siyosatiga «mos kelmaydigan» ayol va qizlarga «buyruq beriş, undaş yoki da’vat qiliş»da aybdor deb topilgan.
«Tolibon»ning oliy rahbari Haybatulloh Oxunzoda va guruh boş sudyasi Abdul Hakim Haqqoniy 2021 yil 15 avgustdan beri gender asosida ta’qiblar amalga oşirgani uçun jinoiy javobgarlikka tortildi», deyiladi Xalqaro jinoiy sud bayonotida.
«Tolibon» hibsga oliş orderlarini «bema’nilik» deb atab, XJSni tan olmasligini ma’lum qildi. Şuningdek, sud «sof islom diniga duşmanlik va nafrat» körsatayotgani qöşimça qilingan.
XJSga köra, «Tolibon» 2021 yil avgust oyida Afğonistonni öz nazoratiga olganidan beri ayollar va qizlarga nisbatan «zuğum» ötkazib kelgan. Hattoki, jamoat joylarida ayollar ovozini «bostirgan».
Afğonistonda qizlarga oltinçi sinfdan keyin ta’lim oliş taqiqlangan. Ayollar jamoat joylarida yopiq kiyimlarda yurişi lozim. Şuningdek, ular bilan qarindoş bölmagan erkaklarga qaraş man etilgan.
«Tolibon» aholiga umumiy qoida va taqiqlar qöygan bölsa-da, ayollarni asosiy huquq va erkinliklardan mahrum qilgan», deyiladi XJS bayonotida.
Hibsga oliş orderlari BMT Boş assambleyasining Afğonistondagi vaziyat böyiça rezolyutsiyasi qabul qilinganidan keyin berilgan.
Uçuvçiga lazer tutganlar jazolanadi
Qozoğistonda lazer bilan samolyot uçuvçilari közini qamaştirganlarga jazo belgilanadi. Bu haqida mahalliy qozoq naşrlari xabar berdi. Ma’lum bölişiça, yölovçi samolyotlari ekipajlarining közini lazer qurilmalari bilan qamaştiriş holatlari köpaygan. Endi jinoyat kodeksiga özgartiriş kiritilib, aniq jazo belgilanadi.
Odatda, bunday bezorilik samolyotlarning qönişi yoki uçişi paytida sodir etiladi. Bu kabi xatti-harakatlar havo kemalaridan foydalaniş xavfsizligiga tahdid soladi, deydi Respublika Adliya vazirligi vakili.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yilning özida uçuvçilarning közini lazer qurilmalari bilan qamaştiriş böyiça 60 ta holat qayd etilgan. Şulardan 35 tasi böyiça iş sudga ham oşirilib, sudga qadar tergov harakatlari ham olib borilgan.
Uçuvçining köziga lazer tuşirganlik – jinoyat deb baholanib, «bezorilik» moddasi asosida iş qözğatilgan. Biroq 33 ta iş jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli töxtatilgan, 2 ta iş böyiça esa tergov jarayoni töxtatib qöyilgan.
Eng köp holatlar Olmaota şahri xalqaro aeroportida qayd etilgan. 6 yil davomida uçuvçilarning közini qamaştiriş bilan boğliq 98 ta holat röyxatga olingan. Dunyoda bunday harakatlar uçun jiddiy javobgarlik belgilangan.
«Avstraliya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Kanada va AQŞda bunday harakat lazerli hujum sifatida jinoyat deb tan olinadi. 2016 yilda Özbekiston Jinoyat kodeksiga ham «Havo kemasidan foydalaniş paytida lazer nuri bilan tösqinlik qiliş» degan yangi modda kiritildi. Jazosi 1 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan belgilangan.
Germaniyada bunday qilmiş uçun 315-modda «temiryöl, suv yoki havo transporti harakatiga xavfli aralaşuv» böyiça jinoiy javobgarlik belgilangan. 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti lazer nurlarining havo harakati xavfsizligiga tahdid solişini tan oladi, deya izoh berdi Qozoğiston Adliya vazirligi.
Ma’lumot örnida, Özbekistonda Havo kemasidan foydalaniş vaqtida lazer nurini yönaltiriş orqali xalaqit berganlik uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 116−1-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan.
Bunda BHMning 100 baravaridan 200 baravarigaça miqdorda jarima yoki 15 sutkagaça qamoq jazosi qöllanadi.
Qirğiziston prezidenti Tojikistonda
Şu hafta Qirğiziston prezidenti uzoq yillik tanaffusdan keyin davlat taşrifi bilan Tojikistonga keldi, ikki rahbar 13 ta hujjatga imzo çekdi. Sadir Japarovning bu safari Imomali Rahmonning çegara kelişmovçiliklariga töla barham berişni rasmiylaştirgan Bişkek safariga javoban taşkil qilindi. Mahalliy tojik naşri Asia Rlus Tajikistanʼning yozişiça, çegara hududlaridagi vaziyatni barqarorlaştiriş va uzoq muddatli hamkorlik uçun poydevor qöyişga qaratilgan hujjat – Işonç çoralari töğrisidagi bitim asosiy natijalardan biri bölgan. Ikki davlat örtasidagi iqtisodiy körsatkiçlar sezilarli ösişi mumkin. 2025 yilning birinçi beş oyida özaro tovar ayirboşlaş hajmi 6,35 million dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning şu davridagi körsatkiçlardan bir neça barobar köp. Taşrif doirasida Tojikiston-Qirğiziston biznes-forumi ham bölib ötdi, unda işbilarmon doiralar energetika, qişloq xöjaligi, toğ-kon sanoati va transport sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilişgan.
AQŞ qirğizistonliklarga endi 10 yillik viza bermaydi
AQŞ Qirğiziston fuqarolariga beriluvçi 10 yillik noimmigratsion vizani bekor qildi, endi bunday viza 3 oygaça muddatga beriladigan böldi. Ilgari qölida Qirğiziston pasporti bor fuqarolar bir neça marta kirib çiqiş imkoni bilan 10 yillik muddatga viza olişardi. 3 oylik muddatga tuşirilgan viza bilan faqat 1 marta kiriş imkoni beriladi.
AQŞning Qirğizistondagi elçixonasi ma’lumotlariga köra, yangi viza çeklovlari prezident Jo Baydenning «AQŞni milliy xavfsizlik va jamoat xavfsizligiga xorijiy terrorçilar va boşqa tahdidlardan himoya qiliş» nomli farmoni bilan boğliq. Hujjatda ta’kidlanişiça, viza beriş jarayoni Qöşma Ştatlarga kelayotgan çet el fuqarolari ehtimoliy xavf tuğdirmasligi uçun maksimal kafolatlar berişi kerak.
Noimmigratsion vizalar AQŞda sayyohlik yoki biznes, qisqa muddatli işlaş, öqiş yoki tibbiy xizmat uçun vaqtinça qolişni rejalaştirganlar uçun möljallangan.
AQŞ Davlat departamenti yaqinda bir qator davlatlar fuqarolari uçun viza muddati qisqartirilganini rasman tasdiqladi. Biroq bayonotda yangi çeklovlar qöyiladigan mamlakatlarning aniq röyxati keltirilmagan.
Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi uşbu çoralar bir tomonlama, Qirğiziston tomonini oldindan ogohlantirmasdan qabul qilinganidan xavotir bildirdi. TIV rasmiy bayonotida qayd etilişiça, bunday harakatlar diplomatik muloqot va davlatlararo hamkorlik doirasida tuşuntirişlarni talab qiladi.
Yaqin orada taşqi işlar vaziri örinbosari Almaz Imangaziyev va AQŞning Qirğizistondagi elçisi Lesli Vigeri örtasida uçraşuv bölib ötişi kutilmoqda. Muzokaralar çoğida tomonlar çeklovlarni joriy etiş sabablari, ularni yumşatiş böyiça mumkin bölgan çora-tadbirlar va kelajakda şu kabi holatlarning oldini oliş çoralarini muhokama qilişni rejalaştirmoqda.