Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh va Qorao‘zak tumanlari hokimliklari qaroriga ko‘ra, 2025 yil 16-18 iyul kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari (bolalar bog‘chalari) o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Avvalroq, Xo‘jayli tumani hokimligi ham shu haqda qaror qabul qilgan edi.
Ushbu qarorlarga ob-havo sharoitining juda issiq kelishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. «O‘zgidromet» 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi.
17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18−20 iyulda hududning katta qismida havo harorati +40…+43 darajagacha, janubda va hududlarda ba’zi joy +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.











