Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan
Toshkent shahri prokuraturasiga Anvar O‘rmonov rahbarlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. U bu lavozimda Prezident administratsiyasi huzuridagi Komplayens xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan Erkin Yo‘ldoshev o‘rnini egalladi.
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori vazifasini bajaruvchiga aylangan, bu haqda O‘zbekiston bosh prokuraturasi xabaridan bilish mumkin.
«Toshkent shahrida joriy yilning 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” nomi ostida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi.
Tadbirning asosiy maqsadi – jamoat tartibini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni yaratish, shuningdek, fuqarolarning tinch va osuda hayotini kafolatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
Shu munosabat bilan, o‘tkazilgan saf tayyorgarligida shahar prokurori vazifasini bajaruvchi A.O‘rmonov, shahar IIBB boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev va tegishli HMQO rahbarlari ishtirok etib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi», – deyiladi xabarda.

O‘runov bunga qadar poytaxt prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, ilgari shaharning Shayxontohur va Sergeli tumanlari prokuraturasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yanvardan beri poytaxt prokurori lavozimida ishlab kelgan Erkin Yo‘ldoshev 2025 yil iyulida Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina rossiyalik harbiy asirni Litvaga topshirdi
Jahon | 15:14
-
Afrikadagi dahshatli qotilliklar, Ukrainaga Tomahawk va kosmosda raqobatga kirishgan Xitoy – kun dayjesti
Jahon | 15:12
-
O‘zbekiston va Xitoy OTM qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yadi
Ta’lim | 14:50
-
Polsha bir hafta ichida uchinchi Rossiya samolyotini tutib oldi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid
10:47 / 30.10.2025
Ravshan G‘ulomov ishdan olindi
11:29 / 29.10.2025
Ayubxon Kamolov Namangan shahri hokimi etib tayinlandi
08:23 / 29.10.2025
Markaziy bank raisiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
22:17 / 22.10.2025