Köpaygan suvda çökişlar, ruhiy «nosoğlom» mintaqa, şifokorlarga hujum va Roğun GESidan 20 yillik şartnoma
|19:06 / 20.07.20257 70712 min
Anomal issiq havo Markaziy Osiyoga jiddiy xavf solmoqda, yaqin kelajakda Ostona va Toşkentda issiqdan ölganlar soni yiliga 10 mingdan 23 minggaça köpayişi mumkin. Özbekiston aholisining ruhiy salomatligi joyida emas, reytingda davlat oxirgi örinlarda qolib ketdi. Qozoğistonda navbatda turişni istamagan bemor şifokorga hujum qildi. Qirğizistonda suvda çökib ölayotganlar soni ança köpaydi. Tojikistonning Roğun GESi 20 yil davomida Özbekistonga elektr yetkazib beradigan böldi. Kobulda transafğon koridori böyiça bitim imzolandi.
Markaziy Osiyoda anomal issiq – ölimni köpaytirmoqda
Anomal issiq Markaziy Osiyoga jiddiy xavf solmoqda. Jahon banki tadqiqotlariga köra, mintaqada havo harorati ortib borişi insonlar hayoti va iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazadi. Yaqin kelajakda iqlim özgarişi yomon oqibatlar yaratişidan jiddiy xavotirlar allaqaçon mavjud. Markaziy Osiyoning 70 ta şaharlari qamrab olingan tadqiqotda kelişiça, issiqlik muammosi avvalo kuçaymoqda. 2023 yilda mintaqada havo harorati kötarilişi 87 mingdan ortiq iş örni yöqolişiga olib kelgan. Şundan 22 mingdan ortiği Özbekistonda, 18 mingga yaqini Ozarboyjonda qayd etilgan.
2050 yilgaça Yevropa va Markaziy Osiyodagi yirik şaharlarda issiq kunlar soni uç barobargaça oşişi mumkin. Harorat tölqinlari qariyalar, bolalar va kam ta’minlangan aholi uçun katta xavf tuğdiradi. Bunday holatlarda tez tibbiy yordam bölimlari va şifoxonalarga yuklama keskin ortadi, surunkali kasalliklar köpayadi.
Haddan taşqari issiq harorat işlab çiqariş uskunalari, elektr tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazadi. Yetkazib beriş zanjirlariga salbiy ta’sir qiladi. Odamlar va işçilar faoliyatini sekinlaştiradi, ya’ni jismoniy va aqliy samaradorlik pasayadi.
Şu bilan birga, iş soatlari kamayiş ehtimoli yuqori böladi. Ayniqsa, bu quriliş, transport, turizm sohalarida köproq kuzatilişi mumkin. Transport tizimlari işdan çiqişi, qurğoqçilik, yonğinlar xavfi, havo sifati yomonlaşuvi va energiya ta’minotida uzilişlar kuzatiladi. 2090 yilga borib Markaziy Osiyoning bir qança yirik şaharlari, jumladan, Ostona va Toşkentda havoning issiqligi tufayli umumiy ölim yiliga 10 mingdan 23 mingtagaça yetişi mumkin.
Yevropa va Markaziy Osiyoda yaşovçi aholining 70 foizi şaharlarda istiqomat qiladi. Sönggi 20 yilda ön minglab odamlar issiqlik bilan boğliq sabablar tufayli halok bölgan. Agar heç qanday çora körilmasa, issiqlik oqibatida iqtisodiy yöqotişlar 2050 yilga borib yalpi içki mahsulotning (YaIM) 2,5 foizigaça yetişi mumkin.
Mavzuga oid
Mintaqaning töqqizta şahri, şu jumladan Turkmanistonning Aşxobodida issiqlik sabab yillik iqtisodiy yöqotişlar YaIMning 2 foizidan oşiş ehtimoli katta.
Qirğizistonda ekstremal harorat har yili 200 kilometrga yaqin yöllarning şikastlanişiga olib keladi. Bu esa ta’mirlaş uçun katta xarajatlarni keltirib çiqaradi va transport infratuzilmasiga boğliq bölgan iqtisodiy faoliyatni izdan çiqaradi.
Aşxobodda jazirama bilan boğliq ortiqça ölimlar barça yoş guruhlari uçun yiliga har 100 ming kişiga 25-28 holatni taşkil etadi. Ostona, Bişkek va Toşkentda esa bu körsatkiç 19–21 tagaça yetadi.
Hisobotda yozilişiça, issiqlik ta’sirini kamaytiriş uçun şaharlarda quyidagi çoralarni köriş kerak:
· erta ogohlantiriş tizimlarini yaratiş;
· tez tibbiy yordam xizmatlarini rivojlantiriş;
· aholi ehtiyoj sezayotgan joylarda sovitiş markazlari taşkil etiş;
· infratuzilmani rejalaştirişda ekstremal ob-havo şaroitlarini hisobga oliş.
Tahlilda muvaffaqiyatli yeçimlar uçun aniq siyosiy iroda, muvofiqlaştiriş va barqaror moliyalaştiriş zarurligi keltirilgan.
Qozoğistonda navbatda turişni istamagan bemor şifokorga hujum qildi
Qozoğistonning Qöstanay viloyatida bemor jarrohga hujum qilib, oğir tan jarohati yetkazdi. Voqeadan söng Qozoğiston soğliqni saqlaş vaziri xalqqa murojaat qildi. Mahalliy naşr, Tengri newsʼning yozişiça, jarroh murakkab operatsiyani ötkazgaç, navbat böyiça bemorlarini körikdan ötkazayotgan paytda bemorlardan biri unga hujum qilib, kaltaklagan. Ma’lum bölişiça, bemor navbatda turişni istamagan va unga berilgan 3-navbatdan norozi bölib, şu işni qilgan. Hozirda şifokor oğir ahvolda reanimatsiyada qolmoqda.
Soğliqni saqlaş vaziri Akmaral Alnazarova voqeani dahşatli deb atadi va sentabr oyida tibbiyot xodimlariga hujum qilganlik uçun jazoni kuçaytiriş böyiça parlamentga tuzatişlar kiritilişini aytdi.
“Har kuni insonlar hayotini saqlab qolayotgan odamga qöl kötariş uçun qöpollik va tajovuzkorlikning qanday darajasiga erişiş kerak? Bu maişiy mojaro emas, balki jamoat xavfsizligiga tahdid. Tez tibbiy yordam, bolalar va perinatal markazlarda tun-ukun postlarini kuçaytiramiz, kameralar, xavfsizlik va vahima tugmalari bilan ta’minlaymiz", - deydi vazir.
Bunday holatlar aholining ruhiy salomatligi özi qay darajada degan savolni ham örtaga taşlaydi. Afsuski, Markaziy Osiyo aholisi ruhiy soğlomlar emas, bu borada tadqiqot ötkazildi va unda Özbekiston ham oxirgi örinlarda turibdi. Hozir şu tadqiqotga ham töxtalib ötamiz.
Özbekiston aholisining ruhiy salomatligi joyida emas, bu böyiça dunyo reytingida davlatimiz oxirgi örinlarda qolib ketdi. Mental state of the world xalqaro tadqiqoti röyxatida Özbekiston 83 davlat içida 74-örinda turibdi. Bu bilan Respublika qöşnilari Qozoğiston, Qirğiziston va Turkmanistondan oldinda. Umuman, Markaziy Osiyo davlatlari orasida ruhiy salomatlik holati oğirligiça qolmoqda. Reytingda:
Qozoğiston – 76-örin;
Qirğiziston – 79-örin;
Tojikiston – 80-örin.
Dunyo böyiça örtaça ruhiy holat indeksi 63 ballni taşkil qilmoqda. Bu insonlar oyda taxminan 21 kun davomida özini barqaror va faol his qilişini anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo davlatlari bu körsatkiçdan ança ortda qolyapti. Özbekiston 54,5 ballni, Qirğiziston va Tojikiston 51,2 ballni qölga kiritgan. Qozoğiston esa 52,3 ball bilan Braziliya, Janubiy Afrika respublikasi va hattoki Afğoniston bilan deyarli bir darajada.
Uruş bölayotganiga qaramay, Ukraina, Rossiya fuqarolari ijobiy natija körsatgan, Isroil fuqarolari ruhiy soğlomlik böyiça 4-örinda.
Mutaxassislar fikriça, odamlarning ruhiy holati yomonlaşişiga bir vaqtning özida bir neçta omillar sabab bölyapti: xavotir, tuşkunlik, çarçoq, yolğizlik va hal qilinmagan içki muammolar. Bugungi kunda dunyo böyiça har sakkiz kişidan biri, ya’ni 8 milliard aholining 1 milliardga yaqini ruhiy kasallikka çalingan. Bunda, ösmirlar eng zaif qatlam hisoblanadi, çunki ruhiy muammolarning yarmi 14 yoşgaça boşlanadi.
Roğun GESi 20 yil Özbekistonga elektr yetkazib beradi
Tojikistonning Roğun GESi Özbekistonga endi 20 yil elektr yetkazib berib turadi. Tojikiston Özbekiston hukumati bilan elektr energetikasi sohasida bitim loyihasini ma’qulladi. Hujjat Roğun gidroelektr stansiyasida işlab çiqarilgan elektr energiyasini qöşni Özbekistonga yetkazib berişni nazarda tutadi. Bu haqda Tojikiston Adliya vazirligi ma’lum qilgan. Loyihaga köra, yetkazib beriş hajmi va şartlari alohida şartnoma bilan körsatiladi. Hozir belgilangan narx – 1 kilovatt soat uçun 3,4 sent. Narx har yili 1 foizga indeksatsiya qilinadi.
Elektr energiyasi ikki davlatning elektr tizimi operatorlari kelişgan jadval asosida, asosan Özbekistonda elektr tanqisligi kuzatiladigan soatlarda yetkazib beriladi. Roğun GES qurilişi tugamagunça, energiya faqat vegetatsion davrda yetkazib beriladi, ya’ni 1 apreldan 30-sentabrgaça. GES töliq işga tuşganidan keyin esa elektr energiyasi yil davomida har oyda jönatiladi. Bitim yuzaga kelişi mumkin bölgan kelişmovçiliklarni maslahatlaşuvlar va muzokaralar yöli bilan hal etadi. Şuningdek, tomonlarning özaro roziligi bilan özgartirişlar kiritiş imkoniyatini nazarda tutadi. Hujjat 20 yilga möljallangan bölib, agar tomonlar uni bekor qiliş istagini muddati tugaşidan 6 oy oldin bildirmasa, u avtomatik tarzda yana 10 yilga uzaytiriladi.
Qirğizistonda çökib ölayotganlar soni yildan yilga oşib bormoqda
Davlat Favqulodda vaziyatlar vazirligi aynan suvdagi baxtsiz hodisalar sonini kamaytiriş uçun çora-tadbirlarni kuçaytirişni buyurdi. Vazir Boobek Ajikayevga köra, Qirğizistonda çökib ölayotganlar soni oşib borayotgani sabab, tirgaklarni tekşiriş kuçaytiriladi. U Suv havzalari yaqinida ogohlantiruvçi belgilar va panjaralar örnatiş, viloyat rahbarlarining suv xavfsizligi çoralarini kuçaytiriş va profilaktika işlarini olib boriş böyiça topşiriqlar berdi. Vazir topşiriğiga köra, baxtsiz hodisalarning oldini oliş va qurbonlar sonini kamaytiriş maqsadida qutqaruvçilar tomonidan dam oluvçilar örtasida tuşuntiriş işlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumotlarga köra, 2025 yil boşidan beri Qirğiziston suv havzalarida va Issiqkölda 44 ta çökiş holati qayd etilgan bölib, şundan 32 tasi yoz faslida sodir bölgan. Yozda 13 nafar boladan 7 nafari suvga çökib halok bölgan.
Berdimuhamedov velosipedda sayr qildi
Turkmaniston sobiq prezidenti va hozirgi prezidentning otasi, Xalq maslahati raisi – Gurbanguli Berdimuhammedov Ozarboyjon safari va Avazadagi xalqaro tadbir avvalidan bu yerga kelib, velosipedda sayr qildi. Buni barça turkman naşrlari yoritdi. Turkmenportalning yozişiça, xalq milliy lideri Balkan viloyatiga amal safari doirasida «Avaza» milliy sayyohlik zonasida Kaspiy qirğoği böylab velosiped haydagan, yölida Avazaning eng gözal göşalaridan birida joylaşgan sport majmuasiga töxtab, ertalabki maşqlarni ham bajargan. Şundan söng u sohilda sayrga otlangan. Avaza boğlari odamlarni yangi mehnat yutuqlari sari ilhomlantiradi, deya xabar beradi TDH.
Temiryöl loyihasi böyiça texnik-iqtisodiy asosni işlab çiqiş yuzasidan uç tomonlama bitim imzolangan. Özbekiston taşqi işlar vazirining yozişiça, hujjatni 17 iyul kuni Kobul şahrida Özbekiston, Afğoniston va Pokiston taşqi işlar vazirlari imzolagan. Hukumat a’zolari transafğon masalasidagi ilk uç tomonlama uçraşuvini ham ötkazgan.
Bu uçraşuv özaro işonç, yaxşi qöşniçilik va mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş yölidagi tarixiy qadam böldi”, deydi Özbekistonning taşqi siyosatiga boş idoraning rahbari Baxtiyor Saidov.
Vazirning bildirişiça, Özbekiston—Afğoniston—Pokiston transafğon temiryöli butun Yevrosiyo uçun strategik ahamiyatga ega bölib, mazkur loyiha savdoni kuçaytiradi, Afğonistonning iqtisodiy tiklanişini qöllab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yöl oçadi.
Uç davlat vakillari Termiz xalqaro savdo markazi imkoniyatlaridan faol foydalanişga ham kelişib olgan.
“Özbekiston temiryöllari”ning bildirişiça, hujjatning imzolanişi, avvalo, loyihaning tezroq amalga oşirilişiga, Yevrosiyoning yagona transport markazini yaratişga hamda davlatlar örtasidagi köp tomonlama hamkorlikning yanada çuqurlaşişiga xizmat qiladi.
2023 yilning 18 iyul kuni Islomobod şahrida uç iştirokçi davlat vakillari Özbekiston—Afğoniston—Pokiston temiryöl liniyasining yakuniy yönalişi — Termiz—Naybobod—Maydanşahr—Logar—Xarlaçi bölişini kelişib olgandi.