Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 20 iyul, yakşanba. Ötgan hafta dunyoning yana bir davlatida uruş avj olib, Isroil endi Suriyaga hujum qildi. AQŞ prezidenti Tramp Rossiyaga muhlat berdi. Okean ortida futbol klublari örtasida jahon çempionati yakunlandi, Eron prezidenti Tabrizga taksida bordi. Quyida hafta davomida jahon sahnasida sodir bölgan ba’zi muhim voqealarni birgalikda eslaymiz.
Isroilning Suriyaga hujumi
Isroil Yaqin Şarqdagi yana bir davlat – Suriyaga hujum qildi. Rossiya qöllovidagi diktator Başar Asad ağdarilganidan keyin Isroil tez-tez bu davlatga raketa uçirayotgandi, lekin bu gal TSAHAL avvalgi kabi Asad armiyasidan qolgan taşlandiq binoni emas, Suriyani jang bilan olgan Jölaniy hukumatiga tegişli mudofaa vazirligi binosini nişonga oldi. Bu – jiddiy zarba.
Netanyahuning aytişiça, Isroil Suriyaga «u yerdagi druzlarni himoya qiliş uçun» hujum qilibdi. Isroil Damaşqdan janubiy hududlarni «demilitarizatsiya qilmoqçi». «Druzlar uruşayotganda biz jim qarab turmaymiz», dedi Isroil boş vaziri.
Ma’lumot uçun, Ahmad aş-Şar’a boşçilik kuçlar hukumatga kelganidan keyin Suriyada druzlarga nisbatan zöravonlik kuçaydi. Suriya yangi lideri bu muammo hal qilinişini aytdi. Biz Isroilning Suriyadagi iddaolari böyiça alohida material ham e’lon qilganmiz. Uni öqişingizni tavsiya qilaman.
Hafta bayonoti
Haftaning eng muhim bayonoti Suriya yangi prezidenti Ahmad aş-Şar’a tomonidan berildi. Jangovar taxallusi Jölaniy bölgan qömondon-prezident Isroilning navbatdagi hujumidan keyin Tel-Aviv manziliga keskin çiqiş qildi. Xususan, Suriya uruşdan qörqmasligini aytdi.
«Millatimiz ajralmas qismi bölmiş druzlarga murojaat qilaman: Suriya heç qaçon öz farzandlari örtasida bölinişga yöl qöymaydi. Sizning huquq va erkinligingizni himoya qiliş – bizning vazifamiz. Sizni taşqi kuçlar bilan ittifoq bölişga undaydigan işlarni qilmaymiz.
Isroil sobiq tuzum qulaganidan buyon oraga nifoq solişga urinib kelmoqda. Ular bugun muqaddas yurtimizni yana jang maydoniga aylantirişmoqçi. Kuçli böliş ğalaba degani emas. Siz uruş boşlaşingiz mumkin, lekin uning oqibatini nazorat qilolmaymiz. Biz uruşdan qörqmaymiz, bu bizning yerlarimiz axir. Umrimiz davomida köp sinovlarga duç kelib doim suriyaliklar manfaatini vayrongarçiliklardan ustun qöydik. Hozir biz qiladigan eng töğri qaror – vatanimiz birligini ta’minlaş», dedi Ahmad aş-Şar’a.










