3 nafar fuqaro zaharlanib vafot etgan Toşkent şahridagi Karaman Palace mehmonxonasi rahbari va boşqalar jinoiy jazoga tortildi.

Sud hukmida keltirilişiça, jinoyat işida 4 kişi – mehmonxona rahbari Azamat Xöjaqulov, unga isitiş qozonini sotgan Zayniddin Jamoldinov va Abdurasul Yusupov hamda uni örnatgan usta Nodir Qurbonov ayblangan.

Zayniddin Jamoldinov va Abdurasul Yusupov isitiş qozonlari savdosi bilan şuğullanib kelgan. Ular Karaman Palace Hotel mehmonxonasi rahbari Azamat Xöjaqulov va santexnik Nodir Qurbonov bilan birgalikda mehmonxonaga isitiş qozonini örnatgan. Ammo ular tomonidan örnatilgan isitiş qozoni xizmat muddatini ötagan, eski va konstruksiyasiga özgartişlar kiritilgan, ya’ni kondensat çiqariş tizimidagi sifon olib taşlangan bölgan.

Şu tariqa suv isitiş qozonining kondensat çiqariş quvuri töğridan töğri, ya’ni sifonsiz kanalizatsiyaga ulangan, gaz uskunasining dudburonlari notöğri, texnik va me’yoriy qoida talablariga zid ravişda örnatilgan. Dudburonlar tekşiruvdan ötkazilmay turib isitiş qozoni işlatilgan.

2024 yil 20 oktyabr kuni isitiş qozonidan is gazi sizib çiqqan. Buning oqibatida Rossiya fuqarolari – 47 yoşli Inessa Papernaya va 45 yoşli Maksim Radçenko, şuningdek, özbekistonlik 48 yoşli Xuşnud Udekov is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasining tegişli xulosalarida ularning ölimi is gazi va vodorod sulfid gazlaridan ötkir zaharlaniş oqibatida nafas yetişmovçiligidan röy bergani qayd etilgan.

Bundan taşqari, X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazining sudga oid kompleks texnik ekspertizasi xulosasida isitiş qozonlari eskirgani va xizmat qiliş muddati ötib bölgani, konstruksiyasiga özgartirişlar kiritilib, kondensat çiqariş tizimidagi sifon olib taşlangani hamda kondensat çiqariş quvuri töğridan töğri kanalizatsiya tizimiga ulangani qayd etilgan. Şuningdek, xulosada kondensat çiqariş tizimi nosoz bölgan isitiş qozonlaridan foydalaniş, sifonsiz kanalizatsiya quvuriga ulaş is gazi sizib çiqişiga olib kelişi va buning oqibatida zaharlaniş xavfi paydo bölişi, gaz uskuna va jihozlari texnik hamda me’yoriy qoida talablariga asosan örnatilmagani, isitiş ventilyatsiya va konditsiyalaş talabiga rioya qilinmagani oqibatida is gazining çiqişi aniqlangani keltirib ötilgan.

Sud hukmi bilan sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Azamat Xöjaqulovga 8 yil, qolganlarga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 3 yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.