Inson tanasi kuniga örtaça 2000–2500 kilokaloriya energiya sarflaydi. Mazkur miqdor jismoniy harakat, yurak urişi, nafas oliş, içki organlar faoliyati, hatto fikrlaş uçun ham zarur.

Energiya ehtiyoji töğri va yetarli ovqatlaniş hisobidan qoplanadi, biz iste’mol qiladigan oqsil, yoğ va uglevodlar hazm bölib, kilokaloriyaga (kkal) aylanadi. Şakarli mahsulotlar, tez tayyorlanadigan taomlar zavq ulaşsa-da, uzoq muddatli quvvat manbai böla olmaydi. Agar tanani kerakli miqdordagi oziq moddalar bilan ta’minlamasak, u öz "zaxirasi”dan, ya’ni yoğ va muşaklardan foydalanişga majbur böladi. Buning natijasida holsizlik, diqqat tarqoqligi, boş oğrişi, ruhiy tuşkunlik kabi belgilar yuzaga keladi.

Quvvatsizlikka, şuningdek, quyidagi omillar ham sabab böladi:

  • Uyqu sifatsizligi yoki yetişmasligi. çuqur uyqu paytida tanada tiklaniş jarayonlari faollaşadi: şikastlangan töqimalar yangilanadi, muşaklar dam oladi, immun tizimi mustahkamlanadi. Miya kunduzgi ma’lumotlarni saralab, esda qoladiganlarini uzoq muddatli xotiraga ötkazadi, bu jarayonlar faqat 6-8 soatlik kuçli uyqu bosqiçida amalga oşadi. Şuningdek, uyqu paytida stressga javobgar kortizol va adrenalin gormonlarining darajasi pasayadi, bu ruhiy barqarorlikka yordam beradi.
  • Suv tanqisligi. Inson tanasining 60–70% i suvdan iborat. U qon aylanişi, hujayralar faoliyati, nafas oliş, hazm, terlaş kabi köplab muhim jarayonlarda iştirok etadi. Hujayralar suvsiz faol işlay olmaydi, organizmda suv yetişmasa, hatto 1–2% suv yöqotilsa ham energiya pasayişi, çarçoq, boş oğriği va diqqatning susayişi kabi belgilar paydo böladi.
  • Harakatsizlik. Qança oz harakat qilsangiz, şunça köp özingizni çarçagan his etasiz. Bu holat bir qaraşda paradoksal tuyulişi mumkin. Jismoniy faollik past bölsa, qon aylanişi sustlaşadi. Natijada tananing turli a’zolari, ayniqsa, miya yetarli kislorod va ozuqa moddalari bilan ta’minlanmaydi. Bu esa uyquçanlik va horğinlik hissini keltirib çiqaradi.
  • Stress va ruhiy zöriqiş. Doimiy xavotir, depressiv holat yoki iş bilan haddan taşqari köp band böliş adrenalin miqdorining ortiqça ajralib, keyinçalik quvvatni “yeb” yuborişiga sabab böladi. Ya’ni adrenalin boşida kuç, sergaklik ulaşib, e’tiborni jamlaşga yordam beradi, lekin u uzoq vaqt davomida köp ajralsa, organizm içki zaxirasini tez sarflab yuboradi. Natijada inson özini holdan toygan, diqqatni jamlay olmayotgandek