Avgust oyining birinçi kunlarida Özbekiston hududi böyiça asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda «Özgidromet».
Juma kunduzi Farğona vodiysida, şuningdek, Toşkent viloyatining toğoldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Havo harorati +32…+35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +38 darajagaça böladi. Bu avgust oyi boşi uçun kuzatilgan iqlim me’yorlaridan 1–2 darajaga pastdir, deyiladi xabarda.
Respublikaning ayrim joylarida şamol tezligi 13−16 metr/soniyagaça kuçayişi, çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda.
Toşkent şahrida juma kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Dam oliş kunlari havo asosan kam bulutli böladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, kunning ikkinçi yarmida şamol tezligi 12–15 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi +20…+23 daraja, kunduzi +32…+35 daraja böladi.
Bundan oldinroq 1 avgust kuni Toşkent, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarining toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkinligi xabar qilingandi.











