Donald Tramp Oq uyda Netanyahu, Bahrayn va BAA taşqi işlar vazirlari bilan. 2020 yil 15 sentabr. Foto: Oq uy

AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va ayrim Markaziy Osiyo davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni normallaştirişga qaratilgan «Ibrohim kelişuvlari»ga qöşiş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Reuters naşri vaziyatdan xabardor bölgan özining beş nafar manbasiga tayanib ma’lum qildi. Maqsad – uşbu mamlakatlarning Isroil bilan mavjud aloqalarini çuqurlaştiriş.

Aslida Ozarboyjon hamda Markaziy Osiyo 5 davlati allaqaçon Isroil bilan diplomatik munosabatlarga ega. Manbaga köra, şu bois ularning kelişuvlarga qöşilişi asosan ramziy ahamiyatga ega bölib, savdo va harbiy hamkorlik kabi sohalarda aloqalarni mustahkamlaşga qaratiladi. Ta’kidlanişiça, yangi kelişuvlar ilgari imzolangan «Ibrohim kelişuvlari»ga özgartiriş kiritmaydi.

Ğazoda Isroil olib borayotgan genotsid körinişidagi uruş, ön minglab qurbonlar va oçarçilik bugun arab dunyosidagi ğazabni kuçaytirdi. Natijada arab dunyosidagi boşqa musulmon davlatlarini «Ibrohim kelişuvlari»ga jalb etiş qiyinlaşdi. Xususan, Saudiya bir neça bor «u Falastin davlatçiligi tan olinmagunça Isroilni tan olmasligini» bildirdi.

Ozarboyjon masalasi

Tramp ma’muriyati uçun muhim tösiq – bu Ozarboyjon va uning qöşnisi Armaniston örtasidagi mojarolar, dedi naşrning manbasi. Ularning ta’kidlaşiça, AQŞ uçun Ozarboyjonning kelişuvlarga qöşilişi uçun Armaniston bilan tinçlik şartnomasi imzolanişi şart.

Garçi Tramp ma’muriyati bir neça davlatlarni bu kelişuvlarga kiritiş ehtimolini oçiq aytgan bölsa-da, aynan Ozarboyjon bilan muzokaralar eng jiddiy va tartibli tarzda olib borilmoqda. Reuters naşriga köra, bunday kelişuv hatto bir neça hafta yoki oy içida imzolanişi mumkin.

 Foto: Stiv Uitkoff / Foto: AP

Trampning tinçlik böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning yordamçisi Are Laytston şu yilda Ozarboyjonga taşrif buyurib, prezident Ilhom Aliyev bilan uçraşgan. Ikkita alohida uçraşuvda ular, xususan «Ibrohim kelişuvlari»ni muhokama qilgan.