Qirğizistonda endi davlat göşt narxlari ustidan nazoratni qölga oladi. Qozoğistonda ikkinçi va uçinçi AESlarni Xitoy qurişi e’lon qilindi Turkmanistonning Arqadağ şahrida yangi köprik oçilgan, uning ustidan birinçi bölib kelin-kuyov ötkazildi. Tojikiston importga qaramlikni töxtatmoqçi, davlatda göşt, sut va tuxum işlab çiqariş köpaygan. AQŞ Qozoğistonga 25 foizlik savdo bojlari joriy qildi. Afğoniston poytaxtida svet muammosi, Kobulda bir kunda 18 soatgaça elektr uzilmoqda.

Qozoğistonda Xitoy ikkita AES quradi

Qozoğiston birinçi AESni qurişni Rossiyaga topşirganidan xabaringiz bor. Energetik inşootni quriş istagida bölgan taklifçi beş davlat içida Xitoy ham bor edi. Ma’lum qilinişiça, Xitoy Qozoğistondagi ikkinçi va uçinçi AESni quradi. Buni Qozoğiston hukumati ham tasdiqladi. 

Boş vazir örinbosari Roman Sklyarga köra hozirda Xitoy quradigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilmoqda. Şuning uçun qurilişning aniq narxi hali noma’lum bölib turibdi.

Hukumatlararo kelişuv va hamkorlik şakli böyiça barça masalalar muzokara bosqiçida, keyinçalik ular parlamentda tasdiqlanadi, dedi Qozoğiston hukumati rahbarining birinçi örinbosari.

Hozirda mutaxassislar stansiyalar joylaşadigan hududlarni örganyapti. Bunda suv ta’minoti va elektr energiyasi manbalarining mavjudligi muhim mezon böladi.

Loyihani amalga oşiruvçi Xitoy kompaniyasining nomi hali rasman oşkor etilmagan. Biroq katta ehtimol bilan bu işlarni ilgari «Rosatom» bilan birgalikda konsorsiumlarga rahbarlik qilgan China National Nuclear Corporation bajarişi mumkin.

Qozoğistonda birinçi AES quriş töğrisidagi qaror 2024 yilgi referendumda qabul qilingan edi. 2025 yilning iyun oyida Atom energiyasi agentligi uçta stansiyaning birinçisini «Rosatom» qurişi haqida xabar bergan.

Obektni Olmaota viloyatida joylaştiriş möljallangan. Uni 2035-2036 yillarda işga tuşiriş rejalaştirilgan. 2035 yilga borib Qozoğiston hukumati 2,4 gigavatt yadroviy quvvatni ta’minlaşni maqsad qilgan.

Dunyodagi eng yirik uran işlab çiqaruvçilaridan bölgan Qozoğiston hozirda öz atom elektr stansiyalariga ega emas va yadroviy sikl mahsulotlarini iste’mol qilmaydi. Biroq uning konlaridagi uran zaxiralari dunyo zaxiralarining taxminan 15 foizini taşkil etib, faqat Avstraliyadan keyin ikkinçi örinda turibdi.