Afğonlar deportatsiyasi, Tojikistonga yordam, AES va matbuotga ta’sirning qirqilişi – MO hafta içida
|17:14 / 10.08.202510 92811 min
Pokiston afğonlarning deportatsiyasini avj oldirdi, 1,4 mln afğon davlatdan quvilişi kerak. Jahon banki Tojikistonga 50 mln dollar pul berişini e’lon qildi. Qozoğistonda birinçi AESning qurilişi boşlandi. Qirğizistonda matbuotga çet el ta’siri çeklandi. Turkmaniston oylab tayyorgarlik körgan tadbirini ötkazdi, mehmonlar içida BMT boş kotibi ham bor.
Jahon banki Tojikistonga 50 mln dollar beradi
Jahon banki Ijroiya kengaşi 50 million dollar miqdoridagi grant mablağlarini islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun Tojikistonga beriş qarorini ma’qulladi.
Tojikiston hukumatining iqtisodiyotda raqobatni kengaytiriş, xususiy sektorni rivojlantiriş, şuningdek, xizmatlar sifati va qulayligini oşiriş loyihalariga uşbu pullar sarflanişi kerak.
“Mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oçib beriş va Tojikiston fuqarolariga sezilarli naf keltiriş uçun möljallangan uşbu islohotlarga yordam beramiz. Loyiha orqali raqobatbardoş va oçiq bozor muhitini yaratiş ham tadbirkorlar, ham iste’molçilar uçun yangi imkoniyatlar yaratişi kerak, dedi Jahon banki guruhining Tojikistondagi vakili vazifasini bajaruvçi Vey Vinni Vang.
Eslatib ötamiz, hozirgi kunda Jahon banki Tojikistondagi umumiy qiymati 1,9 milliard AQŞ dollari bölgan 26 ta loyihani moliyalaştirmoqda. Xalqaro moliya taşkiloti mamlakat aholisi hayotini yaxşilaş, odamlarning orzu-umidlarini röyobga çiqariş uçun ham pul berayotganini aytadi.
Qirğizistonda matbuotga çet el ta’siri çeklanadi
Qirğiziston matbuotga çet el ta’sirini çekladi. Prezident Sadir Japarov “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi qonunni imzoladi. Hujjatda tahririyatlarni röyxatdan ötkaziş tartibi, iş qoidalari va huquqiy maqomi, şuningdek jurnalistlar uçun javobgarlik va kafolatlar körsatilgan.
Qonunga köra, çet el fuqarolari va kompaniyalari Qirğizistonda faoliyat yuritayotgan matbuot tuzilmalari ustav kapitalidagi 35 foizdan ortiq aksiya, uluş yoki paylarga ega böla olmaydi.
Tahririyatlar axborot manbasini, jumladan anonim şaroitda ma’lumot berganning şaxsini oşkor qilmaslik huquqini saqlab qoladi. Istisnolar faqat sud qarori asosida bölişi mumkin.
Mavzuga oid
Qonun senzurani va mansabdor şaxslar tomonidan har qanday şakldagi bosim ötkazişni töğridan-töğri taqiqlaydi. Şuningdek, tahririyat faoliyatiga aralaşiş man etiladi.
Hujjatda OAVni röyxatga oliş, qayta röyxatga oliş, faoliyatini töxtatib turiş va tugatiş tartibi bayon etilgan. Tahririyat haqidagi ma’lumotlar adliya organlari reyestriga kiritilgaç, darhol iş boşlaş mumkin. Naşrni töxtatiş yoki yopiş faqat sud qarori yoki asosçilar taşabbusi bilan amalga oşirilişi mumkin.
Qonunda internet naşrlariga alohida e’tibor qaratilgan. Qonunning yakuniy tahririda nafaqat an’anaviy OAV, balki onlayn platformalar - jumladan, saytlar va bloglar ham majburiy röyxatdan ötkazilişi lozimligi körsatilgan. Dastlab, tarmoq naşrlarini ixtiyoriy röyxatdan ötkaziş muhokama qilingan bölsa-da, yakuniy matnda majburiylik belgilangan.
Qonunda jurnalistlarning huquqlari, axborot oliş tartibi va tahririyatlarni javobgarlikdan ozod qiliş holatlari ham aniqlab berilgan.
Prezident matbuot xizmatiga köra, qonun Qirğizistonda mustaqil, raqobatbardoş va mas’uliyatli matbuotni rivojlantiriş uçun kerak. Biroq tahlilçilar fikriça Qirğizistonning amaldagi rahbariyati hokimiyatning mustahkamligini oşiriş uçun bu qonunni qabul qilgan. Qirğizistondek turli inqilob va siyosiy inqirozlarni boşdan keçirgan davlat uçun xorijning mediaga va u orqali xalqqa ta’sirini inobatga oliş – hayot-mamot masalasi. Masalan, 2005 yildagi Lola inqilobi natijasida 1990 yildan beri hokimiyatda bölib kelgan prezident Asqar Akayev lavozimini tark etgan. Öşa davrda mahalliy media qattiq nazorat ostida, biroq xalqaro matbuot va grantlar bilan qöllab-quvvatlangan mustaqil media kanallari juda faol edi. Ozodlik, BBS qirğiz va DV, qator Yevropa medialari Qirğizistondagi “siyosiy monopoliya” haqida köp-köp materiallar bergan. Bular esa albatta odamlarga “miyangizni işlating, axir nimalar bölyapti” degandek signal edi. Bunday yorituvlar xalqning siyosiy faolligini oşirdi va norozilik kayfiyati avj oldi. Alaloqibat Akayev davlatdan ham çiqib ketgan edi.
Qozoğistonda birinçi AES qurilişi boşlandi
Olmaota viloyatida quriliş boşlanişiga bağişlangan tadbir ötkazilib, rasmiy kapsula taşlandi. Mahalliy naşr Tengrinews’ning xabar berişiça, Atom energiyasi agentligi raisi Almasadam Satkaliyev sözga çiqib, AESning qurilişi Qozoğistonga yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodini şakllantiriş, ilmiy tadqiqot bazasini mustahkamlaş hamda ta’lim va texnologik yutuq uçun şaroit yaratiş imkonini berişini gapirgan.
“AES strategik loyihaga, uzoq muddatli iqtisodiy ösişning asosiy harakatlantiruvçi kuçiga aylanadi”, — dedi agentlik raisi.
Uning qöşimça qilişiça, investitsiyalarning umumiy hajmi 14-15 milliard dollar atrofida böladi, qöşimça 1 milliard dollar ijtimoiy loyihalarga ham yönaltiriladi. Qozoğiston rasmiylari AES qurilişi loyihasini keng jamoatçilik qöllab-quvvatlayotganini aytmoqda.
"Ötgan yili respublika referendumida mamlakat aholisining 70 foizdan ortiği bu taşabbusni qöllab-quvvatlagan. Ayniqsa, Ulken qişloği misolida yaqqol közga taşlanadi: aholining 97 foizi qatnaşib, ularning 90 foizga yaqini yoqlab ovoz berdi, bu esa loyihaga kuçli davlat mandati berdi", - deydi Atom energiyasi agentligi rahbari.
Marosimda, şuningdek, Rosatom davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçev ham sözga çiqdi.
“Qozoğiston yadro sohasida tajribaga ega va sayyoramizdagi barça uranning 40 foizga yaqini şu yerda qazib olingani uçun haqli ravişda dunyo yadro elitasi tarkibiga kiritilgan. 1940 yillarning oxiridan boşlab hamkorlik qilamiz. Masalan, birinçi yadroviy sanoat reaktori aynan Qozoğistonda yaratilgan”, - deya qöşimça qildi Rosatom rahbari.
Tengrinewsʼning qöşimça qilişiça, AES özining yadro yoqilğisidan foydalanadi. Şu bilan birga, burğilaş qurilmalari birinçi tuproq namunalarini oladi. Ular bilan kapsula tadqiqot uçun Rossiya tomoniga topşiriladi.
Şuningdek, Olmaota viloyatining Jambil tumanida atom elektr stansiyasi qurilişi uçun joy tanlaş böyiça işlar amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, ötgan hafta ikkinçi va uçinçi AESni Xitoy qurişi haqida xabar bergandik.
Turkmaniston xalqaro tadbir ötkazdi
Yakuniga yetgan haftada Turkmaniston oylab tayyorgarlik körgan xalqaro tadbirini ötkazib oldi. Unda turli davlatlar rahbarlari qatorida Özbekiston prezidenti ham qatnaşdi. 5–8 avgust kunlari Turkmanistonning Avaza milliy sayyohlik zonasida ötgan BMTning “Quruqlikda joylaşgan rivojlanayotgan davlatlar” böyiça uçinçi yirik konferensiyasiga boş kotib Antoniu Guterriş ham keldi.
Konferensiyada beşta asosiy yönaliş muhokama qilindi. Iqtisodiyotda yangilaniş va turli sohalarni rivojlantiriş, savdo-sotiqni osonlaştiriş va mintaqaviy hamkorlik, iqlim özgarişiga moslaşiş va favqulodda holatlarga tayyorlik, transport, aloqa va tranzit yöllarini yaxşilaş, loyiha va dasturlarni moliyalaştiriş.
Qozoğiston prezidenti mintaqaviy hamkorlik va ekologik muvozanatni saqlaş kerakligini ta’kidladi. Özbekiston prezidenti esa yangi temiryöl loyihalari, global tranzit kelişuvi va infratuzilma fondi yaratiş takliflarini berdi.
Natijalarga kelsak, doimgidek tadbir asosiy hujjati – deklaratsiya imzolandi. 2024–2034 yillarga möljallangan "Avaza harakatlar dasturi"ni iştirokçilar qöllab-quvvatlagan. Transport va logistika infratuzilmasiga investitsiyalarni köpaytiriş, Tranzit tartiblarini soddalaştiriş va raqamli savdoni rivojlantiriş, iqlim barqarorligini ta’minlaş uçun birgalikda işlaş, xalqaro moliya institutlari va donorlar yordamlarini oşiriş bu dasturdan örin olgan.
BMTdan kelganlar fikriça, geografik qiyinçiliklarni yengib ötişni doim şunday muhokama qilaveriş kerak. Bu esa dengizga çiqiş imkoni yöq davlatlarining töliq potensialini oçişga yordam beradi.
Aşxoboddagi rasmiylar va ayniqsa boşqaruvdagi Berdimuhammedovlar fikriça, bu konferensiya Turkmanistonning betaraflik siyosatiga sodiq.
Pokiston 1,4 million afğonlarni deport qiladi
Pokiston BMTning xavotirlariga qaramay yana 1,4 million afğonlarni majburan deportatsiya qilişni boşladi. Ma’lum bölişiça, Islomobod afğonlarning davlatda böliş muddatini uzaytirişdan boş tortgan. Qaror röyxatdan ötişni tasdiqlovçi kartaga ega bölgan, huquqiy maqomi iyun oyi oxirida tugagan taxminan 1,4 million afğonga taalluqlidir. Köpçilik Afğonistonga qaytişdan oldin mulkni sotiş yoki biznesni tugatiş kabi şaxsiy masalalarni hal qiliş uçun bir yil uzaytirilişiga umid qilgan edi.
Rezident kartalaridan taşqari, taxminan 800 000 afğon Afğoniston pasportiga ham ega. Politsiyaning aytişiça, ular ham mamlakatda noqonuniy yaşab, şarqiy Panjob, janubi-ğarbiy Balujiston va janubiy Sind provinsiyasida deportatsiya qilişdan oldin hibsga olingan. Deportatsiya qarorini BMT, uning Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligi jiddiy tanqid qildi. Uşbu komissarlik hisob-kitobiga köra, hozirgaça taxminan 1,2 mln afğonlar davlatdan allaqaçon çiqarib yuborilgan. Associated Press AAʼning yozişiça, amal qiliş muddati ötgan rezident kartalariga egalar hamda vizasi yöqlarni çiqarib yuboriş qarori ortga qaytmas. Pokiston böylab politsiya afğonlarni çegara ötiş joylariga olib boriş uçun hibsga olmoqda. Ommaviy hibsga olişlar yöq, politsiyaga uyma-uy yurib, mamlakatda noqonuniy yaşayotgan xorijliklarni qölga oliş uçun tasodifiy tekşiruvlar ötkaziş buyruği berilgan, deb yozadi AP.
Deportatsiya qilinayotganlar içida Pokistonda tuğilgan etnik afğonlar ham bor. Media bilan gaplaşgan bunday odamlar farzandlarining ta’limsiz qolib ketişidan xavotirga tuşmoqda. Oxirgi qirq yil içida millionlab odamlar uruş, siyosiy tartibsizliklar va iqtisodiy qiyinçiliklardan qutuliş uçun Pokistonga qoçgan edi. 2023 yilda Pokistonda noqonuniy yaşayotgan xorijliklarga qarşi boşlangan umummilliy siyosatdan söng deportatsiya avj oldi. Jarayonni içki işlar vazirligi töliq nazorat qilmoqda.
BMT qoçqinlar agentligi matbuot kotibi Qayser Xon Afridi hukumatning sönggi harakatlaridan çuqur xavotir bildirdi.
“Odamlarni bu tarzda qaytarib yuboriş - davlatning xalqaro majburiyatlarini buziş bilan barobardir”, dedi u bayonotida va Pokistonni “afğonlarning ixtiyoriy, bosqiçma-bosqiç va munosib qaytişini ta’minlaş uçun insonparvarlik yondaşuvini” qöllaşga çaqirdi.