«ArBat» köngillilar batalyoni asosçisi Armen Sarkisyan («Armen Gorlovskiy») halok bölgan portlaşni xudkuş sodir etgan. Bu haqda Rossiya FXX xabar berdi.
FXX Moskvadagi «Alyye parusa» turar joy majmuasi foyesidagi kuzatuv kamerasidan olingan videoni e’lon qildi.
Tasvirda ikki erkak gazeta bilan divanda ötirgan odamning yonidan ötayotganini va şu payt portlaş sodir bölganini köriş mumkin.
FXX Sarkisyanning öldirilişi Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyuştirilgan va ijroçidan kör-körona foydalanilgan, deb hisoblamoqda.
«2025 yil boşidan beri Ukraina maxsus xizmatlari qöporuvçilik ssenariysiga tobora köproq murojaat qilmoqda, buning oqibatida ijroçilar nişon bilan birga yöq qilinmoqda. Misol tariqasida Moskva şahridagi «Alyye parusa» turar-joy majmuasida, Stavropol va Lugansk şaharlarida sodir etilgan teraktni keltiriş mumkin, unda Ukraina maxsus xizmatlari nazorati ostida harakat qilgan Rossiya Federatsiyasining uç fuqarosi halok böldi», deyiladi FXX xabarida.
Portlaş 2025 yil 3 fevral kuni Aviatsiya köçasidagi turar joy majmuasida sodir bölgan edi. Dastlab bir kişi halok bölgani va tört kişi yaralangani aytildi. Yaradorlar orasida Sarkisyan ham bor edi, u olgan jarohatlari tufayli şu kuni şifoxonada vafot etdi.
Iyul oyida Tergov qömitasi terakt işi böyiça kamida 6 nafar şaxs tergov qilinayotgani haqida xabar berdi.
«Bir şaxs Ukrainada yaşirinib yuribdi. Qölga olinganlar yaşirinişga urinib ham körmagan, ular heç qaçon qölga olinmaymiz, deb hisoblagan... Jinoyatçilar konspiratsiyaga rioya qilgan, telefon aloqasidan foydalanmagan, ularni Ukrainadan muvofiqlaştirişgan. Asosiy işda noqonuniy migratsiya böyiça ham materiallar bor: yana beş nafar ayblanuvçi «rezina kvartira» taşkil qilgan, unda portlatuvçi şaxs röyxatga olingan. Ularning barçasi jinoiy javobgarlikka tortiladi», dedi Rossiya Markaziy razvedka boşqarmasi vakili Maksim Denisov.
«ArBat» batalyoni 2022 yilda Donetsk viloyati Gorlovka şahrida taşkil etilgan. Uning a’zolari Rossiya tomonida Ukrainaga qarşi janglarda iştirok etgan.











