Tojikiston prezidenti kenja qizini ham katta lavozimga tayinladi. Turkmaniston paxta dalalarida iş boşlandi, yana sarson öqituvçi-yu davlat xodimlari. Qozoğiston Starlink internetiga ulandi. Qirğiziston prezidenti tanqid qila-qila köpxotinlilikka yöq dedi. Afğonistondagi BMT xodimalari ölim tahdidi bilan yuzlaşmoqda.

Tojikistonda prezident qizi vazirlikda lavozimli böldi

Tojikistonda prezident navbatdagi qizini hukumatga yaqinlaştirişni boşladi. Matbuotda tarqalgan xabarlarga köra, Imomali Rahmonning kenja qizi Farzona Imomali Soğliqni saqlaş vazirligining islohotlar, birlamçi tibbiy yordam va xalqaro aloqalar boşqarmasiga rahbar bölgan.

Farzona 27 yoşda bölib, Tojikiston tibbiyot universitetining davolaş fakultetini tugatgan, pediatriya böyiça ordinaturani ötagan. 2023 yilda esa prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini bitirgan. U endi rahbarlik qilayotgan departamentda 2021 yildan beri mutaxassis bölib işlagan.

Farzona Imomali Tojikiston Xalq demokratik partiyasining a’zosi. U farzandini yolğiz tarbiyalayotgani haqida xabarlar bor. Ba’zi xorijiy naşrlarga köra, 2022 yilda u öşa paytdagi boş prokuror Yusuf Rahmonning öğli Safarxon Rahmonga turmuşga çiqqan. 2025 yilda Safarxon Rahmon lavozimidan ozod etilgan edi.

Prezidentning öğli – hokimiyatning keyingi egasi sifatida köriladi. Rustam Imomali strategik hudud – poytaxt Duşanbening meri hisoblanadi. Bundan taşqari, Imomali Rahmonning qizlari ham prezident administratsiyasidan tortib xorijdagi elçixonalargaça jiddiy lavozimlarda işlab kelişmoqda.

Eslatib ötamiz, Turkmanistonda prezidentning öğli prezidentlikka saylangan. 2024 yil oxirida Gurbanguli Berdimuhamedovning tönğiç qizi Öğuljahon Atabayeva otasi nomidagi xayriya fondining davolaş işlari böyiça vitse-prezidenti bölgandi. Qozoğistonda esa birinçi prezident Nazarboyevning oilasi hokimiyatni qölga olib, uning qizi Senat raisi lavozimida ham işlagan.

Starlink interneti Qozoğistonda

13 avgust kuni Starlink Qozoğistonda sun’iy yöldoş internet xizmatlarini rasman işga tuşirdi. Qozoğiston Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi xabariga köra, bu mamlakat aholisiga SpaceXʼning past orbitali sun’iy yöldoş tarmoği orqali yuqori tezlikdagi va barqaror internetga ulaniş imkonini beradi. SpaceX boş direktori Ilon Mask ham Starlink endi Qozoğistonda ham mavjud ekanini tasdiqladi.

«Biz bir yil davomida Starlink va davlat idoralari hamda nazorat qiluvçi organlarning pozitsiyalarini bir-biriga yaqinlaştiriş böyiça muzokaralar olib bordik. Bugun Starlink Qozoğistonni özining rasmiy mavjudlik xaritasiga qöşdi», deb yozdi Raqamli rivojlaniş vazirligi rahbari Jaslan Madiyev X ijtimoiy tarmoğida.

Iyun oyida Qozoğiston Raqamli rivojlaniş vazirligi xizmat körsatişda mamlakat qonunçiligiga rioya qiliş böyiça Starlink bilan şartnoma imzolagandi.

Kompaniya saytidagi narxlarga köra, Starlink foydalanuvçi terminali 104 ming tengedan 201 ming tengegaça turadi. Çeksiz uy tariflarining narxi oyiga 23 ming tengedan 31 ming tengegaçani taşkil etadi.

Starlink Qirğizistonda 2025 yil oxirigaça, Özbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda esa 2026 yilda işga tuşirilişi kutilmoqda.

Japarov köpxotinlilikka «yöq» dedi

Qirğizistonda prezident köp xotinlilikka ruxsat bermadi. Sadir Japarov Jogorku Keneşga ikki va köpxotinlilik uçun jinoiy javobgarlikni bekor qiliş töğrisidagi qonunni e’tirozlar bilan qaytardi. 

Prezidentning e’tirozlari ombudsman, Boş prokuratura, prezident huzuridagi Din işlari va millatlararo munosabatlar milliy agentligi, Milliy fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi va Konstitutsiyaviy sud apparati xulosalari asosida tayyorlangan.

“Ikki yoki köpxotinlilik uçun jinoiy javobgarlikning saqlanib qolişi Qirğizistonning xalqaro majburiyatlariga mos keladi. Bu davlatning gender tengligi va qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiqligini namoyiş etadi, ayollar va bolalarni huquqiy va ijtimoiy tengsizlikdan himoya qiladi, şuningdek, oila institutini mustahkamlaşga xizmat qiladi”, deyiladi davlat rahbarining e’tirozida.

Hozirda Qirğiziston Jinoyat kodeksi 176-moddasiga köra, ikki yoki köpxotinlilik, ya’ni erkakning ikki yoki undan ortiq ayol bilan umumiy xöjalik yuritib birga yaşaşi yuz soatdan uç yuz soatgaça jamoat işlari yoki bir yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 500 (50 ming söm)dan 1000 (100 ming söm) hisob körsatkiçigaça miqdorda jarima bilan jazolanadi.

Bundan avval Sadir Japarov “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi qonunni imzolagandi. Hujjatda tahririyatlarni röyxatdan ötkaziş tartibi, iş qoidalari va huquqiy maqomi, şuningdek, jurnalistlar uçun javobgarlik va kafolatlar belgilangan.

Iyul oyida Qirğiziston prezidenti mamlakat jinoyat kodeksiga SIM kartalar va moliyaviy ma’lumotlarni begonalarga berişga jazo belgilaydigan özgartirişlarni tasdiqlagandi. Qonunning maqsadi şaxsning öz bank kartasi, hisobraqami, elektron hamyoni, mobil banking, SIM-kartasi yoki boşqa moliyaviy ma’lumotlarini uçinçi şaxslarga berişi yoki sotişining oldini olişdan iborat.

BMT xodimlariga ölim tahdidi

Afğonistonda işlayotgan BMTning önlab afğon xodimalariga ölim bilan tahdid qilişdi. Bu haqda taşkilot hisobotiga tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

«Tolibon» 2021 yilda hokimiyatga qaytgaç, ayollarning iş huquqlarini keskin çekladi. Oxirgi marta xodimalar may oyida oçiq tahdidga uçradi. «Tolibon» bu tahdidlarga javobgar emasligini bildirdi va Içki işlar vazirligi tergov olib borayotganini ta’kidladi. Vazirlik matbuot kotibi Abdul Matin Qani esa heç qanday tahdid bölmaganini aytdi.

Bu mutlaqo notöğri. Ularga heç qanday sohada tahdid yöq, heç kim ularga tahdid qila olmaydi va ularning xavfsizligiga xavf tuğdira olmaydi, degan u Associated Press axborot agentligiga bergan intervyusida.

Hisobotda qayd etilişiça, tahdidlar BMTning Afğonistonga yordam missiyasi (UNAMA) hamda boşqa agentliklar, fondlar va dasturlar bilan hamkorlik qilgan noma’lum şaxslar tomonidan amalga oşirilgan. Bu holat BMTni xodimlar xavfsizligini ta’minlaş uçun vaqtinçalik çoralar körişga undadi.

«Tolibon» 2022 yil dekabrda afğon ayollariga mahalliy va xorijiy nodavlat taşkilotlarda işlaşni taqiqlagan edi. Oradan olti oy ötib, bu taqiq BMT xodimalariga ham tatbiq etildi. Keyinçalik, «Tolibon» ayollarni işga qabul qilayotgan taşkilot va guruhlar faoliyatini çeklaş bilan qörqitdi. BMT hisoboti sohada faoliyat yuritayotgan afğon ayollariga ölim tahdidlari mavjudligini birinçi marta rasman tasdiqladi.  

Turkmanistonda yana majburiy mehnat

Turkmanistonda yana bir paxta terimi mavsumi boşlandi va bu yana majburiy mehnatsiz ötmaydi. Turkmen.news naşri öz manbalariga tayanib Lebap şahrida va Mary viloyatida avgust oyining birinçi kunlaridan boşlab davlat sektori xodimlaridan yollangan terimçilar dalada iş boşlanganini xabar qildi. Şifokorlar, öqituvçilar, Turkmanobod ipak işlab çiqariş birlaşmasi va trikotaj fabrikasi işçilari paxta terimiga yollangan boşqa terimçilarning ham haqini undirişgan. Davlat muassasalari xodimlari yollanma işçilarga öz çöntaklaridan kuniga 30 manat (1,5 dollar) maoş berişga majbur.

3 avgustdan boşlab Mary viloyatidagi öqituvçilar va tibbiyot xodimlariga ham xuddi şunday çoralar e’lon qilindi.

Amaldorlar har yili bunday tovlamaçilikni amalga oşiradi. Bundan taşqari, budjet sohasi xodimlari muntazam ravişda özlari paxta terimiga olib çiqiladi. Ba’zan ularga «tanlov» beriladi: dalalarga boriş yoki yollangan terimçiga pul tölaş, deb yozadi uşbu naşr. Ayrimlar öz örniga boşqa birovni paxta terimiga jönatadi.

2024 yilda Turkmaniston va Xalqaro mehnat taşkiloti hamkorlikda yöl xaritasini işlab çiqqandi. Bu esa respublikada paxta terimida majburiy mehnatga töliq barham berişga olib kelişi kerak edi.

Şu bilan birga Inson huquqlari böyiça Turkman taşabbusi (TIHR), «Taraqqiyot» jamğarmasi va Paxta kampaniyasi huquq faollari ta’kidlaganidek, davlat uruğlik, texnika va öğitlar yetkazib beruvçi, şuningdek, paxta xomaşyosining yagona xaridori bölgan şaroitda köplab çora-tadbirlar samarasizdir, deya yozadi Turkmen news.