Transafğon temiryöli – amalga oşiriş imkonli işmi?
|17:11 / 18.08.202513 63712 min
Bir neça yildan beri Özbekiston, Afğoniston va Pokiston hukumati Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan boğlaydigan temiryöl liniyasini quriş ustida işlayapti. Bu loyiha Özbekistonga nima beradi va uni amalga oşiriş uçun qanday muammolarni yeçiş kerak?
17 iyul kuni Kobulda Özbekiston, Pokiston va Afğoniston taşqi işlar vazirlari Transafğon temiryöli loyihasining texnik-iqtisodiy asosini işlab çiqiş töğrisida hukumatlararo bitim imzoladi. Xöş, katta umidlar boğlanayotgan bu loyihani amalga oşiriş imkoniyati qay darajada?
Foto: Transport vazirligi
Transafğon temiryölining ahamiyati
Qariyb 250 mln aholiga ega Pokiston – Özbekiston uçun juda ulkan bozor. Qolaversa, Karaçi, Qosem va Gvadar dengiz portlari Yaqin Şarq, Afrika va Hindiston bozorlariga çiqiş imkoniyatini beradi.
Prognozlarga köra, “Mozori Şarif–Kobul–Peşovar” temiryölining qurilişi Özbekistondan Pokistonga yuklarni taşiş vaqtini 35 kundan 3-5 kungaçaqisqartiradi. Şuningdek, tovar yetkazib beriş xarajatlari Markaziy Osiyo va Pokiston örtasida 40 foizgaça kamayişi mumkin.
Birinçi bosqiçda yangi temiryöl yiliga 3 mln tonnaga yaqin yuk taşiş imkoniyatini berişi kutilyapti. 2035−2040 yillarga borib, taşiş hajmi 15−20 mln tonnagaça ösişi mumkin. Bu – loyihaning köp e’tirof etilayotgan iqtisodiy jihatlari.
Öz navbatida, qator geosiyosiy omillar ham mavjud.
Birinçidan, Transafğon temiryöli loyihasini amalga oşiriş Afğonistonni qayta tiklaş uçun juda muhim strategik ahamiyatga ega. Xususan, uşbu taşabbusning hayotga tatbiq etilişi Afğoniston taşqi savdosining keskin ösişini ta’minlaşi va tranzitdan rasmiy Kobul yiliga yuz millionlab dollar daromad olişi mumkin.
Mavzuga oid
Afğoniston muammosini harbiy yöl bilan hal etib bölmasligi öz isbotini topib ulgurdi. Mintaqada barqaror xavfsizlik va savdo aloqalarini ta’minlaşning yagona yöli – mamlakatni siyosiy-iqtisodiy modernizatsiya qiliş. Tarixan ham, Kobul va Qandahor har doim Hindiston, Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo örtasidagi savdo aloqalarining asosiy nuqtalaridan biri bölib kelgan. Ayni paytda Özbekiston hukumati “Afğoniston Markaziy Osiyoning bir qismi” konsepsiyasini hayotga çuqurroq tatbiq etiş ustida işlayapti. Ya’ni uşbu loyiha Afğonistonning hududiy birliklarini özaro boğlaş bilan bir qatorda, mamlakatdagi işsizlik muammosini kamaytiradi, infrastruktura yaratiladi. Şu bilan birga, rasmiy Toşkentga Afğonistonning özi bilan ham savdo va moliyaviy hamkorlikni kengaytiriş eşiklari oçiladi.
Ikkinçidan, Özbekiston uçun Janubiy Osiyodagi ikkita ulkan bozorga ega mamlakatlar – Pokiston va Hindiston bilan aloqalarni yaxşilaş kundan kunga geosiyosiy ambitsiyalari kuçayib borayotgan Rossiya ta’siridan uzoqlaşiş va boğliqlikni kamaytirişga yordam beradi. Ukraina voqealari fonida joriy qilingan sanksiyalardan kelib çiqilsa, uzoq yillar Rossiya hududidan tranzit sifatida foydalaniş imkoni çeklangan bölib qolişi mumkin. Transafğon temiryöli istiqbolda Özbekistonning Rossiya yoki Xitoyga boğlanib qolgan iqtisodiy qaramligini kamaytirib, kuçlar muvozanatini diversifikatsiya qiliş uçun yangi vositalarni taqdim etişi kerak.
Uçinçidan, Eronning Çobahor, Bandar Abbos portlari ham Özbekiston uçun dengizga çiqiş imkoniyatini taqdim qiladigan eng qisqa yönalişlardan hisoblanadi. Ammo sönggi paytlardagi Eron–AQŞ munosabatlarining yanada keskinlaşişi rasmiy Toşkentni Eron temiryöllariga muqobil yönalişlarni izlaşga majbur qilyapti. Erondagi har qanday mojaro mintaqadagi muhim iqtisodiy munosabatlar va transport aloqalari buzilişiga olib keladi.
Şu jihatdan, Transafğon temiryöli bir qança jihatga köra jozibador, lekin eng muhimi, agar u qurib bitkazilsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Özbekiston uçun dengiz portlariga qisqaroq yöl oçiladi.
Loyihani töliq amalga oşiriş imkoniyati qanday?
Transafğon temiryölini quriş taşabbusi 2018 yilda ilgari surilgandi. 2021 yil boşida Mozori Şarif–Kobul–Peşovor temiryölining qurilişi böyiça yöl xaritasi imzolandi. Xususan, quriliş işlari 2021 yilning kuzida boşlanişi rejalaştirilgan edi, biroq Afğonistonda hokimiyat almaşişi bunga yöl qöymadi. «Tolibon» harakatining muvaqqat hukumati esa bir qança muzokaralardan sönggina loyihaga qöşildi. 2022 yilning boşida mazkur temiryöl yönalişi tasdiqlandi. 2023 yilning may oyida Toşkentda Özbekiston–Afğoniston–Pokiston temiryöl liniyasini quriş loyihasini muvofiqlaştiriş ofisi oçildi.
Ya’ni bu loyiha keça yoki bugun paydo bölib qolgani yöq. Dastlabki rejalar öxşaganida, quriliş hozirga qadar tugallangan bölişi kerak edi. Ammo, ayni paytda uşbu temiryölni qurişga xalaqit beruvçi bir qança jiddiy tösiqlar bor.
Moliyaviy muammolar. Transafğon temiryölini qurişdagi eng katta muammo uni kim moliyalaştirişi masalasidir. Loyihani amalga oşiriş dastlab 4,8 – 5 mlrd dollar atrofida baholangan edi. Keyinçalik bu miqdor 8,2 mlrd dollargaça oşirildi. Oxirgi ma’lumotlarga köra, umumiy uzunligi 647 kilometr bölgan temiryölni qurişga 4,6 mlrd dollar mablağ kerak. Özbekiston tomoni dastlab AQŞning Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi hamda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi moliyaviy institutlardan kredit jalb qilişni reja qilgandi. Ammo, AQŞ qöşinlarining Afğonistondan çiqib ketişi va «Tolibon»ning hokimiyatga kelişi fonida, dastlabki kelişuvlar bekor qilindi. Hozirgaça biror bank yoki donor loyiha uçun mablağ ajratişini rasman tasdiqlamagan.
Pul tikişi mumkin bölgan mamlakatlardan biri – Xitoy. Rasmiy Pekin “Bir kamar va yöl” taşabbusi doirasida Yevrosiyo transport koridorlarini kengaytiriş böyiça aniq belgilangan strategiyani amalga oşiryapti. Biroq Xitoy tomoni ham xavfsizlik masalalarini inobatga olgan holda, aniq moliyaviy sarmoya ajratiş borasida ehtiyotkorlik bilan yondaşişda davom etyapti. Bundan taşqari, Xitoy Pokiston bilan Hind okeaniga töğridan töğri çiqiş imkonini beruvçi CPEC (Xitoy–Pokiston iqtisodiy yölagi) loyihasini amalga oşiryapti.
Rossiya ham temiryölga qiziqiş bildirgan. Moskva toliblar bilan ijobiy aloqalarga ega. Ammo Rossiyadagi hozirgi iqtisodiy holat moliyalaştirişning asosiy yukini kötarişga imkon bermaydi. Ularning iştiroki köproq texnik qöllab-quvvatlaş körinişida bölişi mumkin.
Şuningdek, Qatar özining “yumşoq kuç” siyosatini ommaviylaştiriş strategiyasi doirasida uşbu loyihaga qiziqiş bildiryapti. Ötgan yilning fevral oyida tört tomonlama Transafğon temiryölini moliyalaştiriş mexanizmlari doirasida uçraşuv ötkazilgandi. Joriy yilning iyul oyida Qozoğiston hukumati ham Transafğon koridoriga 500 mln dollar investitsiya qilişga tayyorligini e’lon qildi.
Hozirgi bosqiçda Özbekiston va Pokiston mavjud resurslar hisobidan loyiha hujjatlari va texnik-iqtisodiy asoslaş işlarini boşlagan. Afğonistonning xalqaro miqyosda tan olinmagani esa mamlakatni huquqiy javobgarlikni talab qiluvçi global loyihalardagi iştirokida jiddiy muammolarni keltirib çiqaryapti. Xalqaro moliyaviy taşkilotlarning bugungi pozitsiyasi öta ehtiyotkor. AQŞ va Yevropa davlatlari Markaziy Osiyoning Xitoyga qaramligini pasaytiriş maqsadida kelajakda Transafğon temiryöliga sarmoya kiritişi mumkinligi haqida ehtimollar bor, ammo bu mavjud reallikni özida aks ettirmaydi.
Xavfsizlik muammolari. Transafğon temiryölini quriş bilan boğliq yana bir katta muammo xavfsizlik bilan boğliq. “Tolibon” hukumat tepasiga kelganidan 4 yil ötib ham, turli etnik guruhlar va radikal harakatlar örtasida ziddiyatlar davom etyapti. Xususan, “IŞID-Xuroson” Kobul va Hirot viloyatlarida köplab amaliyotlar ötkazgani loyihaga töğridan töğri tahdid sifatida köriladi. Terroristik guruhlar ayniqsa Pokiston bilan çegaradoş Afğonistonning janubiy viloyatlarida faol harakat qilyapti. Bu yer toğli hudud bölgani boisidan ham xavfsizlikni ta’minlaş juda ham murakkab. “Tolibon”ga qarşi guruhlar infratuzilma obektlarini ham nişonga olişi mumkin. Afğoniston tomoni xavfsizlik kafolatlarini berayotgan bölsa-da, bu xalqaro investorlarning işonçi uçun kamlik qiladi.
Bu borada Pokiston bilan boğliq vaziyat ham yaxşi emas. Eng yirik strategik portlardan biri bölgan Gvadar Balujiston viloyatida joylaşgan. Bu hudud mamlakatning eng katta, şu bilan birga eng kam aholi yaşaydigan qismidir. Balujlar uzoq yillardan beri milliy ozodlik talab qilib kelişadi. Sönggi paytlarda Balujiston ozodlik armiyasi (BLA) va Pokiston harbiylari örtasida töqnaşuvlar tez-tez kuzatilyapti. Balujiston ozodlik armiyasi 1970 yillardan beri mavjud, ammo 2013 yilda Pokiston Gvadar portini Xitoyga ijaraga berganidan keyin uning faolligi keskin oşdi. Ayirmaçilar hukumatni Balujiston tabiiy boyliklarini mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olmasdan işlatişda ayblamoqda. Jangarilar xitoylik işçilarni Gvadarga olib ketayotgan karvonlarga muntazam hujum qilib turadi, qurbonlar ham köp. Masalan, birgina 2024 yilning özida 150 dan ortiq hujum uyuştirişgan.
Bundan taşqari, Pokiston va Afğoniston örtasidagi özaro munosabatlar ham yaxşi emas. Ikki örtada tez-tez qurolli töqnaşuvlar ham bölib turibdi. Rasmiy Islomobodning aprel oyida 80 mingdan ortiq afğon muhojirini vataniga deportatsiya qilişi munosabatlardagi sovuqçilikni yanada kuçaytirdi. Şuningdek, Pokiston tomoni puştunlardan tarkib topgan “Tehrike Tolibon Pokiston” qurolli harakatini terrorçilik taşkiloti deb hisoblaydi. Pokiston hukumati “Tolibon”ni Pokiston toliblarining yetakçilariga boşpana berganlikda ayblab keladi. Kobuldagilar esa buni rad etadi.
Texnik va texnologik muammolar. Yana bir tösiq – topografik va mavsumiy çeklovlar bilan boğliq. Transafğon liniyasining bir qismi Hindukuş toğli hududidagi Salang dovoni orqali 3500 metr balandlikdan ötişi rejalaştirilgan. Bu uni dunyodagi eng baland temiryöl liniyalaridan biriga aylantiradi. Salang dovoni qiş mavsumida kuçli qor yoğişi yoki qor köçkilariga moyil bölib, bu temiryölning uzoq vaqt davomida işlamay qolişiga olib kelişi mumkin. Şu sababli toğ ostida yana bir tunnel quriş kerak böladi. Bu esa xarajatlarni oşiradi va investitsiya jalb qilişni murakkablaştirişi, keçiktirişi yoki umuman çeklaşi mumkin.
Topografiya va ob-havo şaroiti bilan boğliq muammolar yetkazib beriş infratuzilmasiga çeklovlar qöyadi va bozorlarga boriş uçun vaqt va masofani oşiradi. Afğoniston tomoni Bağlon va Bomiyon orqali temiryöl yönalişini tasdiqladi, bu Salang dovoni va uning asoratlaridan qoçişga uriniş bölişi mumkin. Salang dovoni ta’mirlaş uçun vaqtinça yopilganda aynan Bağlon-Bomiyan yönalişidan foydalanilişi mumkin.
Taklif etilayotgan Transafğon temiryöl liniyasi böylab xususiy yer egalariga tovon puli tölaş, Afğonistondagi elektr uzatiş yöllarining işonçliligini ta’minlaş va uşbu temiryöl liniyasini yaratiş va saqlaş uçun mahalliy işçi kuçini tayyorlaş zarurati kabi boşqa operatsion masalalar ham tegişli xarajatlarni talab qiladi.
Afğoniston temiryöl relslaridagi standartlar ham har xil. Pokistonliklar tomonidan loyihalaştirilayotgan temiryöl izlarining kengligi 1676 mm. Özbekistondan Mozori Şarifgaça bölgan temiryöl izlari kengligi esa MDH standarti böyiça 1526 mmni taşkil etadi. Bu tovarlarni qayta yuklaş va ularni yetkaziş uçun vaqt va xarajatlar ketişiga olib keladi.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, Transafğon liniyasining qurilişini eng köp xohlayotgan davlat bu – Özbekiston. Uşbu temiryöl nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo mavjud reallik uşbu loyihaning yaqin yillarda amalga oşişi imkoniyati ança çeklanganini körsatyapti.