2 fevral kuni Toşkent şahrida Özbekiston-Afğoniston-Pokiston örtasidagi yuqori darajadagi muzokaralar natijalari böyiça «Mozori-Şarif — Kobul — Peşovar» temir yölini quriş böyiça qöşma harakatlar rejasi («Yöl xaritasi») qabul qilindi. Bu haqda Investitsiya va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qildi.

Investitsiya va taşqi savdo vazirligi

Qayd etilişiça, taxminan 600 km uzunlikdagi va kengligi 1520 mm bölgan temir yölning qurilişi 5 yil içida amalga oşirilişi mumkin. Şu bilan birga, Afğoniston va Pokistonda elektr energiyasiga ösib borayotgan talabni qoplaş uçun Markaziy Osiyo mamlakatlaridan mavsumiy ortiqça gidroyelektr energiyasi yetkazib berişni közda tutuvçi Surxon – Puli-Humri yuqori voltli uzatiş liniyasi va CASA-1000 energiya loyihasining qurilişi temir yöl uçastkalarini quriş xarajatlarini kamaytiradi, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga köra, kelgusida yölni elektrlaştiriş istiqbollari istisno etilmaydi, «bu esa yuk taşişning iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oşiradi».

«Yöl xaritasi» ga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida temir yöl yönalişini har tomonlama örganiş va loyihalaş uçun materiallar tayyorlaş uçun qöşma xalqaro ekspeditsiya taşkil etiladi. Ekspeditsiya Afğonistonda geodezik, geologik, gidrogeologik va topografik tadqiqotlar kompleksini ötkazadi, bu esa salohiyatli yuk hosil qiluvçi va yukni singdiruvçi mintaqalar, şuningdek, Afğonistondagi kelajakdagi yölning yönalişidan bir qadam masofasida joylaşgan yirik foydali qazilmalar konlari töğrisida ma’lumot töplaş va tahlil qiliş imkonini beradi. Dala ekspeditsiyasi materiallari asosida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqişning asosiy masalalari kelişib olinadi.

Vazirlik ma’lumotlariga köra, xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda, «Janubiy Osiyo – Afğoniston – Markaziy Osiyo – Rossiya Federatsiyasi – Şarqiy Yevropa» yönalişi böyiça eksport-import yuklarini taşiş transporti harakati tadqiqotini ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Ta’kidlanişiça, 2025 yilda Hindiston va Pokistonning Afğoniston va MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi mos ravişda 20 mlrd va 6 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkin. Hozirgi vaqtda Janubiy Osiyo va Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlari va MDH mamlakatlari örtasida yuk taşiş asosan dengiz transporti orqali amalga oşiriladi. Xalqaro Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining (MOMIH) dasturini amalga oşirayotgan Osiyo taraqqiyot banki loyihaoldi tadqiqotining muvofiqlaştiruvçisi sifatida iştirok etişi mumkin.