Savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalardagi köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
Özbekiston rahbari sözining avvalida Gurbanguli Berdimuhamedovni avgust oyi boşida BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasi muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.
Özbekiston prezidenti Ozarboyjon yetakçisi Ilhom Aliyevni yaqinda Vaşington şahrida Armaniston bilan tinçlik deklaratsiyasi imzolangani bilan ham dildan qutladi.
Şavkat Mirziyoyev köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş böyiça qator aniq takliflarni bildirdi.
Uç davlatning ulkan tranzit salohiyatini töliq işga soliş muhimligi qayd etildi.

Amaldagi va istiqbolli yölaklarning tutaşuvi Xitoyni mamlakatlar hududlari orqali Janubiy Osiyo, Yaqin Şarq va Yevropa bilan boğlaydigan barqaror va samarali transqit’aviy yönalişni şakllantiriş imkonini berişiga işonç bildirildi.
Hozirgi kunda Xitoy-Özbekiston temir yöli qurilişi boşlangan. Bundan taşqari, yaqinda Pokiston va Afğoniston bilan Transafğon yölagini quriş loyihasi böyiça memorandum imzolandi.
Yangi yuk oqimlari, eng avvalo, Ozarboyjon , Turkmaniston va Özbekiston infratuzilmasidan samarali foydalanişni ta’minlaşi qayd etildi.
Örta marşrutni, şu jumladan Zangezur yölagini rivojlantiriş borasidagi rejalar ham qöllab-quvvatlandi.
Eng muhim masalalarni birgalikda ekspertlar darajasida işlab çiqişga kirişiş taklif qilindi.
Bu - ötkazuvçanlik qobiliyatini kengaytiriş, şu jumladan Turkmanboşi va Boku portlarida zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratiş, kelişilgan tarif siyosatini yuritiş, tartib-taomillarni raqamlaştiriş va yuklar nazoratini ta’minlaş masalalaridir.

Özbekiston asosiy bozorlarga biznes uçun eng qisqa va manfaatli çiqişni ta’minlaş maqsadida yuk taşiş tariflarini özaro asosda pasaytirişga tayyorligi bildirildi.










