Ozarboyjonning SOCAR neftgaz kompaniyasi Özbekistondagi neft konlarini özlaştirişga kirişdi. Bu haqda Turkmaniston, Özbekiston va Ozarboyjon yetakçilarining uç tomonlama sammiti doirasida, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev aytib ötdi.

“Ozarboyjon Turkmaniston bilan an’anaviy energetik hamkorlikni yölga qöygan. Endi biz Özbekiston bilan ham bu sohaga kirdik. SOCAR Özbekistondagi neft konlarini özlaştirişni allaqaçon boşladi, şartnoma imzolandi. Kelgusi 1-2 yil içida yaxşi yangiliklar böladi deb umid qilamiz. Özbekistonda yirik neft koni oçilgani haqidagi yangilikni hammamiz sabrsizlik bilan kutyapmiz”, dedi Aliyev.

Gap Ustyurtdagi konlar haqida ketyapti. 24 iyul kuni Özbekiston Energetika vazirligi, “Özbekneftgaz” AJ va SOCAR kompaniyasi örtasida mahsulot taqsimoti böyiça bitim imzolandi. Uning doirasida Ustyurt neft-gaz hududida geologik qidiruv işlari olib boriladi va keyinçalik uglevodorodlarni qaziş yölga qöyiladi.

Özbekiston tomonining rasmiy ma’lumotlariga köra, bitim qiymati – qariyb 2 mlrd dollar. Dastlabki prognozlarga köra, Ustyurtda 100 mln tonna neft va 35 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxiralariga ega ulkan konni topiş rejalaştirilgan.

Loyiha işga tuşirilgaç, har yili 5 mln tonna neft qazib oliş imkoniyati paydo böladi. Bu Özbekistonning ayni paytdagi neft importi – 2 mln tonnadan 2,5 barobarga köp.

Loyiha Özbekistonning 25 yil davomida neftga bölgan ehtiyojini qoplaşi aytilgan.