Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQŞ harbiy-dengiz kuçlari kemalarini Lotin Amerikasi narkokartellariga qarşi kuraşga qöşilganidan keyin «armiya, xalq va politsiyaning maksimal birdamligi» haqida e’lon qildi.
Vaşingtonda boşi uçun 50 million dollar mukofot e’lon qilingan Maduro «mamlakat suvereniteti va tinçlikka» tajovuzlardan himoyalaniş uçun zaxiradagilarni çaqiriş va köngillilarni yollaşni boşladi.
Qurolli kuçlar boş qömondoni ham bölgan Maduro dam oliş kunlari milliy militsiyaga çaqiruv e’lon qilib, «barça zaxiradagilar va köngillilarni» mudofaa kuçlariga yollaşni e’lon qildi.
Çaqiruv mamlakatdagi harbiy qism va kazarmalarda, maydonlarda, şuningdek, 16 mingga yaqin Xalq umumiy mudofaasi kuçlari bazalarida bölib ötadi.
Hafta boşida AQŞ Venesuela qirğoqlariga boşqariluvçi raketalarga ega uçta esminets, 4 ming dengizçi va dengiz piyodalari, razvedka samolyoti va zarba beruvçi suv osti kemasini yubordi. Tramp AQŞda global terrorçilik taşkilotlari deb tan olingan Lotin Amerikasi narkokartellariga qarşi kuraşiş uçun dengiz flotidan foydalanişga qaror qildi.
Amerika ma’muriyatining fikriça, Maduro narkokartellarga homiylik qiladi. U AQŞga ölimga olib keladigan giyohvand moddalar, jumladan, kokain va fentanil yetkazib berişni ta’minlaş uçun «xorijiy terrorçilik taşkilotlaridan» foydalanadi, dedi AQŞ boş prokurori Pem Bondi.
Iyul oyida Tramp ma’muriyati narkokartellar va Maduro hukumatiga qarşi sanksiyalar e’lon qilgandi.
Vaşington, şuningdek, Maduroning prezidentlik saylovidagi ikkita ğalabasini tan olmaydi.











