Qirğizistonda şifokorlarga pora berişni qonuniylaştiriş taklif etildi. Qozoğiston Markaziy Osiyo davlatlarini suvdan oqilona foydalanişga çaqirdi. Afğonistonda Alişer Navoiy yodgorligi vayron etilib, keyin qaytadan qurilişi boşlandi. Tojikistonda hali qurilişi tugallanmagan, biroq eng katta bölişi kutilgan stadion yonib ketdi. Turkmanistonda Ozarboyjon va Özbekiston prezidentlari bilan sammit ötkazildi
Qirğizistonda şifokorlarga pora berişni qonuniylaştiriş taklif etildi
Qirğizistonda şifokorlarga pora berişni qonuniylaştiriş masalasi muhokama qilinmoqda. Faqat porani çoyçaqa sözi bilan yumşoqroq aks ettirişyapti. Ma’lum bölişiça, Qirğiziston adliya vaziri – Ayaz Bayetov şifokorlarga çoyçaqa berişni qonuniylaştiriş haqida taklif bergan. Vazir öz taklifini restoranda ofitsiantlarga çoyçaqa beriş normal-u, şifokorlarga beriş aksinçaligi bilan oqlaşga uringan.
Mahalliy naşrlarning yozişiça, vazir Bayetov davlat tizimini byurokratiyadan xoli qiliş majlisida şu taklifini aytib ötgan. Hukumat a’zosining fikriça, şifokorlarga beriladigan bu çoyçaqani faqat kassa orqali amalga oşiriş kerak, pullar raqamli nazoratda bölişi lozim. Bemorlarning bu minnatdorçilik tölovini esa ixtiyoriy hamkorlik tölovi sifatida qabul qiliş kerak, degan adliya vaziri.
“Taklif tibbiyot muassasalarida şifokorlar yetişmasligi, şuningdek, majburiy hamkorlik tölovining standart jarayonlari doirasidagi byurokratik qiyinçiliklar bilan boğliq, deya qöşimça qiladi u.
Mahalliy matbuotga köra, tibbiyot xodimlariga bunday poraning berilişini qonuniylaştiriş taklifi – vazirning şaxsiy fikri xolos, Qirğiziston vazirlar mahkamasi rasmiy pozitsiyasi hisoblanmaydi. Mahkamaning bildirişiça, davlat aksinça, şifokorlar va tibbiyot xodimlarining mehnatiga munosib haq tölaşga intiladi va şu yöl bilan pora oldi-berdisidan qutulmoqçi.
“Şifokor va hamşira har daqiqada oilasini boqişni öylamasdan, xalqiga xizmat qila olişi nuqtayi nazaridan munosib. Albatta, ofitsiantga beriladigan çoy puli bilan taqqoslaş har qanday tibbiyot xodimi uçun haqoratli. Bunday tölovlarni qandaydir legallaştiriş urinişlari esa ötgan yillardan qolgan inseriyadir...
Bizda xususiy tibbiyot bor. Bugun şifokorlarda ham, bemorlarda ham tanlaş imkoniyati mavjud. Kelgusi yillarda xalq salomatligi böyiça davlat majburiyatlarini amalga oşiriş siyosati bosqiçma-bosqiç rivojlantiriladi. Bu vaqt masalasi. Prezident tomonidan oldimizga şunday vazifa qöyilgan. Biz avvalgi hokimiyatning “puling yöq bölsa, öz işing” tamoyilidan voz keçdik, deya ta’kidladi vazirlar mahkamasi vakili.
Eslatib ötamiz, Qirğizistonda şifokorlarning örtaça maoşi – 22-23 ming somni taşkil etadi. Bu esa 252-236 dollar degani. Bu haqida soğliqni saqlaş vaziri Erkin Çeçeybayev iyun oyida ma’lum qilgandi. U insultdan keyingi oğir bemorlar davolanadigan Milliy gospitalning nevrologiya bölimini misol qilib keltirgan.
40 yillik tajribaga ega bir şifokor 23 ming som, ya’ni 263 dollar maoş oladi. Haqiqiy vaziyat şunday, mamlakat böylab esa faqat 1-2 şifokorgina taxminan 1,100 dollar maoş oladi. Vazirga köra, bunday şifokorlar deyarli şu kasalxonalarda yaşaydi, doimiy navbatçilik oladi va yuqori yuklama bilan işlaydi.
Eslatib ötamiz, Qirğiziston vazirinikiga öxşaş taklifni 2023 yilda sobiq Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrullo Inoyatov ham bergandi. Öşanda u agar şifokorlar çin yurakdan davolasa, bemorlar rozi bölib, barakasini berib ketişini aytgandi. Vazirning bu gapi esa xuddi porani qonuniylaştirişdek narsa edi. Inoyatov şifokorlarning maoşi kamligini aytib, buni birdan oşirişga Özbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari yetmasligi, lekin tibbiyot xodimlariga bemorlar bergani bilan ahvol yaxşiroq bölişiga şama qilgandi. Albatta, buni jamoatçilik ikki xil tuşundi. Şifokor ölaroq aytilgan sözlar vazirga yaraşmasligi köproq yangragandi öşanda.
Afğonistonda Navoiy haykali buzib taşlandi
Afğoniston bilan boğliq hafta davomidagi asosiy xabarlardan biri şubhasiz vayron bölgan Alişer Navoiyning qabri. Bilasiz, şoir va davlat arbobi Mir Alişer Navoiyning qabri – Kobul şahrida qolgan. Ötgan hafta «Tolibon» uşbu qabrni butunlay buzib taşladi, bu esa afğon va özbek naşrlarida savollarni köpaytirdi. Dastavval, toliblar qabrni vayron etgani aytilgan bölsa, oradan ozgina ötgaç bu rekonstruksiya işlari ekani e’lon qilindi.
Qabr buzilgaç tuğilgan savollar ortidan turk millatiga mansub öqituvçi va siyosatçilarning ğazabi qözigan edi. Toliblar nafaqat boşqa etnik guruhlarning ma’naviy qadriyatlari va insoniyatning tarixiy yutuqlariga e’tibor bermayapti, balki mamlakatning madaniy va tarixiy öziga xosligini yöq qiliş va kamsitiş bilan ham şuğullanmoqda, degandi ular. Dastavval, muvaqqat hukumat bu işiga izoh bermadi.
Alişer Navoiy haykali taxminan 17 yil oldin Mozori Şarif şahar hokimligi tomonidan örnatilgan edi.
Özbekiston ham bundan xabar topib, «Tolibon» hukumati bilan boğlandi. TIV bayonotiga köra, Navoiy haykali örnatilgan joy buyuk alloma xotirasiga munosib emasligi uçun olib taşlangan. Biroq toliblar bu işni keng jamoatçilik bilan kelişmay qilgani bois puşaymon ekanini ham alohida bildirgan.
Keyinroq xabar berilişiça, yangi Mozori Şarif şahrida Navoiy yodgorligini qayta tiklaş va obodonlaştiriş uçun tamal toşi qöyildi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda «Tolibon» Afğonistonning Balx viloyatida örnatilgan Alişer Navoiy yodgorligini ham buzib taşlagandi.
Qozoğiston Markaziy Osiyo davlatlarini suvni adolatli taqsimlaşga çaqirdi
Mahalliy qozoq naşrining yozişiça, boş vazir örinbosari Qanat Bozumbayev davlatlararo muvofiqlaştiruvçi suv xöjaligi komissiyasi yiğilişida bu fikrni aytib ötgan. Uşbu komissiya transçegaraviy suv resurslarini boşqaruvçi mintaqaviy asosiy organ hisoblanadi.
“Bu şunçaki raqamlar emas, balki suv ta’minoti uçun haqiqiy xavfdir. Afsuski, komissiya doirasida qabul qilingan qarorlar töliq bajarilmayapti”, dedi Qozoğiston vakili.
U mintaqa davlatlari faqat bayonotlar bilan çeklanib qolmasdan, amaliy harakatlarga ötişi zarurligini aytdi.
Ma’lumot uçun, Qirğiziston va Özbekiston janubdagi suğoriş taqçilligini bartaraf etiş uçun Qozoğistonga 600 million kub metr suv yuborişni rejalagan. Qozoğiston boş vaziri örinbosariga köra, butun Markaziy Osiyo uçun bu yil qurğoqçilik yili böldi. Turkiston va Qizilörda viloyatlarini suv bilan ta’minlovçi Sirdaryoning asosiy özaniga odatdagidan 30–40 foiz kam suv kelmoqda. Anomal issiqlik tufayli dehqonçilik ehtiyojlari ortgan, ammo mavjud suv hajmi afsuski, yetarli emas.
Duşanbeda hali qurilişi tugamagan stadion yonib ketdi
Tojikistonda 20 avgust kuni davlatdagi eng katta bölişi kutilayotgan, biroq qurilişi tugallanmagan stadion yonib ketdi. Mahalliy naşr, Asia Plus Tajikistanʼning yozişiça, çorşanba kuni ertalabdan stadion tepasida qora tutun köringan. Bu esa şaharning turli nuqtalaridan yaqqol körina boşlagan. Naşr jurnalistlari olgan videolarda körinişiça, stadionning pastki qavatlaridan olov tepaga qarab kuçaygan.
Voqea joyiga öt öçiriş xizmatlari yetib kelib, tuşlik 12:20 larda yonğin öçirilgani aytiladi.
Hukumat stadiondagi yonğin borasida rasmiy izoh bermagan, yetkazilgan zarar miqdori eda hisoblab çiqilmoqda.
Markaziy stadion quruvçilardan birining Asia Plusʼga ma’lum qilişiça, yonğin payvandlaş maş’alining moy solingan idişga tuşişi natijasida boşlangan. Binoda qöriqçi bölib işlayotgan yana bir guvohning sözlariga köra maş’al ovqat tayyorlaş uçun işlatiladigan ötin ustiga tuşib ketgan va bu yonğinga sabab bölgan.
Duşanbedagi yangi stadion 9,5 gektar maydonni egallaydi va 30 000 tomoşabinga möljallangan. Bu Tojikistonga xalqaro musobaqalarni ötkaziş imkonini beradi va mamlakatda futbol va sport hayotini rivojlantirişga xizmat qiluvçi muhim madaniyat markaziga aylanişi kerak edi.
Loyiha 2019 yilda boşlangan bölib, qurilişni yakunlaş 2026 yilga möljallangan va Tojikiston mustaqilligining 35 yilligiga töğri keladi. Qurilişni yana Xitoy kompaniyasi böyniga olgan, moliyalaştiriş esa FIFA loyihalarini qöllab-quvvatlaş doirasida amalga oşirilmoqda. Stadion hududida Tojikiston futbol federatsiyasi raisi, prezidentning öğli – Rustam Imomali taşabbusi bilan tojik futboli tarixi muzeyi oçilişi aytilgan.
Ötgan iyun oyida prezident Imomali Rahmon va Duşanbe meri Rustam Imomali milliy stadiondagi quriliş işlarini közdan keçirgan edi. Qurilişga 720 dan ortiq mutaxassis va işçilar jalb etilgan.
Biroq 20 avgustdagi yonğindan keyin stadionning hozirgi ahvoli mana şunday.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti ham ötgan hafta Olimpiya şaharçasidagi sport majmualari bilan tanişdi, milliy futbol markazini borib kördi.
Bundan taşqari esa hafta davomida Toşkent şahar, Olmazor tumanida qurilişi yakunlanişiga ozgina qolgan Islom sivilizatsiyasi markazida yonğin çiqdi. Voqea joyiga hukumat rahbari – boş vazir Aripov ham yetib bordi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonğinda quriliş materiallari yonib ketganini xabar qildi.
2019 yilda ham bu yerda yonğin çiqib, bino yertölasi yongan edi. Turli gap-sözlarga köra, markaz qurilişi yaqin oylarda tugaşi kerak bölgan.
Turkmaniston Özbekiston va Ozarboyjon bilan uç tomonlama sammit ötkazdi
Bu kurort zona – Avazadagi şu oy bölayotgan ikkinçi katta tadbir. Turkmaniston tomonidan prezidentning otasi Gurbanguli muzokaralarda qatnaşdi, taşabbus ham uniki.
Uç tomonlama sammit Turkmaniston neytralitetining 30 yilligi hamda Ozarboyjonning Rossiya bilan özaro siyosiy zöriqqan aloqalari davriga töğri kelmoqda. Biroq bu sammitning ahamiyati köproq – iqtisod va transport aloqalari bilan boğliq bölişi kutilgan. Çunki Turkmaniston va Ozarboyjon Kaspiyning ikki tomonidagi egaçi davlatlar.
Mahalliy turkman naşrlarida sammit yuzasidan aniq tahlilga közimiz tuşmadi. Rasmiy manbalarda kelişiça, uç davlat vakillari ham yakkama-yakka, ham birgalikda muzokaralar ötkazdi.
Kaspiy dengizining turkman sohilidagi Avaza şahridagi sammit kun tartibidan savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalari örin olgan. Sammit yakunlari böyiça qator qöşma hujjatlar imzolandi, deb yozdi Turkmenportal.










