Amerika Qöşma Ştatlari Davlat departamenti Falastin ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbosni kelasi oy Nyu-Yorkda bölib ötadigan BMTning dunyo yetakçilari yiğilişiga borişiga ruxsat bermadi.
Davlat departamenti rasmiysining aytişiça, bu qaror natijasida Abbos va yana qariyb 80 nafar falastinlik rasmiylar vizadan mahrum qilinadi yoki ularning vizalari bekor qilinadi. Ular Ğarbiy Sohilda joylaşgan Falastin ma’muriyati a’zolari hisoblanadi.
Mahmud Abbos Nyu-Yorkdagi BMT Boş ofisi va Fransiya-Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan sammitda ham qatnaşişi kerak edi. Bu yerda Britaniya, Fransiya, Avstraliya va Kanada kabi davlatlar Falastinni rasman davlat sifatida tan oliş majburiyatini olgan.
Abbosning idorasi viza berilmasligi qaroridan hayratda qolganini bildirdi va bu qaror BMTning «ştab-kvartira töğrisidagi kelişuvi»ni buzişini ta’kidladi.
Reutersʼning yozişiça, 1947 yilda imzolangan «BMT ştab-kvartirasi töğrisidagi kelişuv»ga köra, AQŞ odatda xorijiy diplomatlarning Nyu-Yorkdagi BMTga kirişiga ruxsat berişi şart. Biroq Vaşington xavfsizlik, ekstremizm va taşqi siyosat sabablarini körsatib vizani rad etişi mumkinligini bildirgan.
Davlat departamenti juma kuni öz qarorida AQŞ va Isroilning uzoq yillik da’volarini takrorladi: «Falastin ma’muriyati va FOT ekstremizmni rad etmagan va Falastinni «bir tomonlama tan oliş»ga intilmoqda». Falastinliklar bunday ayblovlarni rad etib, önlab yillik AQŞ vositaçiligidagi muzokaralar Isroil bosqinini tugatmaganini va mustaqil Falastin davlatini ta’minlamaganini aytmoqda.
Davlat departamentining qöşimça qilişiça, BMTdagi Falastin ma’muriyatining doimiy vakolatxonasi uşbu çeklovlarga kirmaydi. BMT matbuot kotibi Stefan Dujarrik bu masala BMT va AQŞ örtasidagi «ştab-kvartira töğrisidagi kelişuv»ga muvofiq muhokama qilinişini bildirdi.
AQŞ 1988 yilda ham FOT rahbari Yosir Arofatga viza bermagan edi. Öşa yili BMT Boş Assambleyasi uni tinglaş uçun yiğilişni Nyu-York örniga Jyenevada ötkazgandi.
Hozirga kelib, BMTning 193 a’zo davlatidan kamida 147 tasi Falastinni davlat sifatida tan olgan. Falastin BMTda Vatikan bilan bir xil – kuzatuvçi davlat maqomiga ega.


















