Kanada bu bilan Fransiya va Britaniyadan keyin Falastinni tan olişi kutilayotgan G7 ning uçinçi davlati böladi. «Kanada Isroil hukumati Ğazoda falokat yuz berişiga yöl qöygani faktini qoralaydi», dedi Karni.

Karni tan oliş qarori – qisman Falastin davlatini BMTda ifodalaydigan Falastin ma’muriyatining boşqaruvni isloh qilayotgani, 2026 yilda umumiy saylovlar ötkazişga tayyorligi haqidagi kafolatlarga asoslanganini aytdi. Unga köra, bu saylovlarda HAMAS «iştirok etmasligi kerak».

Isroil va uning eng yaqin ittifoqçisi hisoblangan AQŞ Karnining bayonotlariga raddiya berdi.

«Kanada hukumatining hozirgi pozitsiyasini özgartirişi HAMASni mukofotlaş va Ğazoda öt oçişni töxtatiş hamda garovdagilarni ozod qiliş böyiça kelişuvga erişiş yölidagi sa’y-harakatlarga zarar yetkazadi», deyiladi Isroil taşqi işlar vazirligi bayonotida. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Fransiya va Britaniyaning bayonotlaridan söng şunga öxşaş fikr bildirgandi.

Reutersʼning Oq uydagi ismi oşkor etilmagan rasmiysiga köra, prezident Donald Tramp ham Falastin davlatini tan olişni «HAMASni mukofotlaş» deb hisoblaşini aytgan. AQŞning maxsus elçisi Stiv Uitkoff payşanba kuni Ğazo masalasida muzokaralar uçun Isroilga yöl oladi. Tramp bu hafta Ğazoda köproq odamlarni oziqlantiriş uçun markazlar taşkil etilişini aytgandi.

AQŞ Milliy razvedkasining Yaqin Şarq böyiça sobiq örinbosari Jonatan Panikoff Falastinni tan oliş «Isroilni ikki davlatli yeçimga qaytişga majbur qiliş uçun bosimni oşirişga qaratilgan» dedi. Biroq u Kanada qarori «ramziy bölişdan boşqa narsa emas va Isroil bilan uzoq yillik ittifoqçilik munosabatlarini zaiflaştiriş xavfini tuğdiradi», deya qöşimça qildi.

Falastin davlati 2012 yildan beri BMT Boş Assambleyasining a’zo bölmagan kuzatuvçi davlati hisoblanadi va uni taşkilotning 193 a’zosidan uçdan ikki qismi tan olgan.

Isroilning eng yaqin ittifoqçilari bölgan ayrim davlatlarning uşbu qarorlari Ğazoga oziq-ovqat va boşqa yordamni çeklaş va u yerdagi keskin humanitar inqirozga nisbatan xalqaro ğazab kuçayayotganini aks ettiradi. Global oçarçilik monitoringi Ğazoda eng oğir – oçarçilik ssenariysi yuz berayotganidan ogohlantirdi.