Ijtimoiy tarmoqlarda AQŞ prezidenti Donald Trampning ölimi haqidagi xabarlar şiddat bilan tarqaldi. #TrumpIsDead heştegi X (Twitter) platformasida ön minglab postlar bilan birinçi öringa çiqdi.
Oq uy rahbarining ölimi haqida heç qanday rasmiy xabar yöq. Gap, ehtimol, AQŞ prezidentining soğliği haqidagi miş-mişlar va vitse-prezident Jyeyms Vensning sönggi bayonotlari natijasida yuzaga kelgan virusli trend haqida ketayotgan bölişi mumkin.
Vens USA Today naşriga bergan intervyusidagi gapi muhokamalarga sabab böldi. Unga agar fojia yuz bergan taqdirda prezidentlik lavozimini egallaşga tayyormisiz, degan savol berildi. Siyosatçi Trampning «soğliği joyida» deb javob berdi, ammo «ha, fojialar sodir böladi va men bunga tayyorman», deb ta’kidladi.
Vitse-prezidentning sözlari prezidentning soğliği yomonligiga işora sifatida qabul qilindi.
«Işonçim komil, prezident ajoyib formada va muddatini yakunlaydi. Ammo agar Xudo körsatmasin, fojia yuz bersa, men özimdagi 200 kunlik tajribadan yaxşiroq tayyorgarlikni öylab topa olmayman», dedi Vens.
Miş-mişlar Trampning qöllari kökarib, oyoqlari şişib ketgani aks etgan suratlar tufayli kuçaydi. Iyul oyida Oq uy Trampda keksalarda şiş keltirib çiqaradigan surunkali venoz yetişmovçiligi taşxisini tasdiqladi. Ammo kasallik hayotga tahdid solmayotgani, prezident tetikligiça qolayotgani va işini davom ettirayotgani ta’kidlandi.
«Prezident Tramp boşqa har qanday yetakçiga qaraganda köproq odamlarni kutib oladi va köproq qöl siqib, körişadi. Uning işga bölgan sadoqati şubha uyğotmaydi», dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt.
Virusli trendni «Simpsonlar» multfilmi muallifi Mett Greyning sözlari qöllab-quvvatladi. U Comic-Con dasturida şou «ba’zilar ölmagunça» davom etişi haqida hazillaşdi va qöşimça qildi: «Kim ölganini bilganingizdan keyin köçalarda odamlar raqsga tuşadi. Lekin prezident Vens bu raqslarni taqiqlaydi».
Serialning «kelajak başoratçisi» sifatidagi obrösini hisobga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlar buni darhol ilib ketdi. Bundan taşqari, tarmoqda «Oq uy yaqinidagi tez yordam maşinalari» va Trampning ölimi haqidagi soxta «Simpson başoratlari» aks etgan videolar tarqaldi. Bularning barçasi feyk va mem bölib çiqdi.











