Aeroportda yongan erkak, «biznes»i ölgan folbinlar va Japarovdan Tracker sovğasi – Markaziy Osiyo hafta içida
|17:24 / 31.08.202512 5199 min
Olmaota aeroportida erkak özini yoqib yubordi. Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlar endi jarimaga tortiladi. Issiqköl atrofini çiqindidan tozalagan Rossiya fuqarosiga Qirğiziston prezidenti maşina sovğa qildi. Turkmanistonda göşt narxi oşib bormoqda. Afğoniston pasport berilmaydigan odamlar röyxatini kengaytirdi, bunday insonlar endi xorijga çiqolmaydi.
Olmaota xalqaro aeroportida erkak özini yoqib yubordi
Mahalliy naşrlarning xabar berişiça, voqea aeroportning terminalida sodir bölgan va erkak oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan.
Politsiya xodimlari aeroport xavfsizlik xizmati vakillari bilan birgalikda zudlik bilan xavfsizlik çoralarini körişgan, yonğinni öçirişgan va tez yordamni çaqirişgan.
Olmaota şahar soğliqni saqlaş boşqarmasi xabariga köra, bemor tez yordam maşinasida 4-sonli şahar klinik şifoxonasiga yetkazilgan va reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.
"Uning ahvoli öta oğir. Soğliqni saqlaş vazirligi klinik protokoliga asosan töliq davolanmoqda", - deyilgandi birinçi xabarlarda.
Transport politsiyasi departamentining ma’lum qilişiça , erkakning özini yoqib yuborişiga şaxsiy muammolari sabab bölgan. Hodisaning barça holatlari dastlabki tergov jarayonida aniqlanadi, deya qöşimça qildi bölim.
Tengri news’ning xabariga köra, 26 avgust kuni ertalab Olmaota aeroportida vaziyat tinç edi. Faqat zörğa seziladigan kuyiş hidi va öt öçirgiçdan qolgan oq izlar bir kun oldingi voqeani eslatardi.
Yonğin aeroport içidagi sayyohlik firmasi xonasida röy bergan, ertasi kuni u yerda heç kim yöq va xona yopiq edi. Aeroportdagi kapsula mehmonxona xodimining gaplariga köra, u erkak biletidan ayrilgani bois özini yoqib yuborgan. Aeroportda aynan şunday gap-sözlar tarqalgan.
Lekin politsiya va tergov organlari iş yuzasidan bu miş-mişlarning birortasini hali rasman tasdiqlaganiça yöq.
Boşqa aeroport xodimlariga köra, öşa soatlarda atrofni benzin hidi qoplagan. Erkak özini benzinga böktirib yoqqan, deydi ular.
Mavzuga oid
Politsiya xodimlarining bergan norasmiy munosabatiga köra, u odam aeroportga ustiga benzin sepgan holda kirib kelgan. Çunki u özining şerigi bilan poyezdni ötkazib yuborgan va öşa poyezd biletini samolyotga almaştirib berişni talab qilgan.
"Hamma darrov öt öçiriş moslamalari bilan tayyor böldi. Ularning aytişiça, öt qöyişning oldini oliş qiyin bölgan, çunki erkakda içoq yoki bomba bor-yöqligi noma’lum edi. Şuning uçun kutişdi”, - deydi voqeaga guvoh bölganlar.
Bemorning ahvoli oğirligiça qolmoqda.
Folbinga borganlar jazolanadi
Tojikistonda folbin va sehrgarlarga borganlar endi jarima tölaydi, javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Duşanbe içki işlar boşqarmasi xabar berdi. Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksga yangi özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Endilikda folbin yoki sehrgar xizmatidan foydalangan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Jumladan, şunday xizmatdan foydalangan fuqarolarga hisoblaş körsatkiçining 50 baravari, ya’ni 3 750 somoniydan 60 baravar, ya’ni 4 500 somoniygaça jarima belgilangan. Bu özbek sömida taxminan 4 million 900 mingdan 5 million 900 ming sömgaça degani.
Duşanbe şahar Içki işlar boşqarmasi fuqarolarni qonunga xilof harakatlardan qat’iy tiyilişga çaqirdi hamda bunday holatlarning oldini olişda militsiya organlariga yordam berişni söradi.
Amaldagi qonunçilikka köra, Tojikistonda ma’muriy jazo qöllanganidan söng bir yil içida folbinlik yoki sehrgarlik bilan qayta şuğullanilsa, jinoyat işi qözğatiladi. Ammo tegişli modda böyiça qanday jazo çorasi qöllanişi aniq körsatilmagan. Tojikistonda folbin va sehrgarlarga qarşi muntazam reydlar amalga oşiriladi. Mamlakat rasmiylari bu yil folbin va jodugarlarga qarşi kuraşişni e’lon qilişgan. Aprel oyida Içki işlar vazirligi tabiblar va sehrgarlar 6 oygaça majburiy mehnatga majburlanişini ma’lum qilgandi.
Japarov çiqindilarni yiğgan sayyohga maşina sovğa qildi
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Issiqköldagi çiqindilarni tozalaş işlari bilan tanilgan ekofaol Andrey Panayevga avtomobil sovğa qildi. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar berdi.
Prezident ekofaol bilan uçraşuvda u haqida internet orqali xabar topganini aytgan.
“Qirğoqni tozalayotganingizni körganimda, mahalliy yigit bölsa kerak, deb öylagandim. Keyin sizning sayyoh ekanligingizni aytişdi. Sizning işingiz köpçilikka ibrat bölmoqda. Ekologiya va tabiatning çegarasi yöq. Butun dunyo bir havodan nafas oladi.
Şuning uçun yer yuzidagi har bir inson siz kabi iş tutişi kerak. Biz ekologiya va tabiatni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga toza holda yetkazişimiz şart. Bu har birimizning burçimiz. Barakalla!”,degan Qirğiziston prezidenti.
Rossiya fuqarosi Panayevning sözlariga köra, u sayyoh sifatida Qirğizistonga kelgan va 2024 yilda Issiqkölda dam olayotganda qirğoqdagi çiqindilarni tozalaşga kirişgan. Bu orqali u odamlarni tozalikka undamoqçi bölgan. Şuningdek, Qirğizistonda umrbod qolişga qaror qilganini ta’kidlab, mamlakatni öz uyi deb atagan.
“Qirğiziston xalqi nomidan, köngillilar va ekofaollar nomidan sizga avtomobil sovğa qilaman”, degan Japarov va “Chevrolet” avtomobili kalitlarini topşirgan.
“Töğrisini aytsam, buni kutmagandim. Yölda kelayotib, şunçaki biror faxriy yorliq berişar, deb öylagandik”, deya izoh bergan Panayev.
Afğonistonda pasport oliş huquqiga ega bölmagan şaxslar röyxati kengaytirildi
Pasport boşqarmasi yangi qoidalarni joriy etmoqda. Unga köra, sudlanganlar, vasiysi yöq bolalar, tölanmagan qarz yoki boşqa majburiyatlarga ega şaxslarning çet elga çiqişi va pasport olişi taqiqlanadi.
Biometrik tizimlar va ma’lumotlar bazalarida çet elga çiqişi taqiqlangan deb belgilangan şaxslarga pasport beriş avtomatik ravişda rad etiladi.
Ilgari barça fuqarolar pasport oliş huquqiga ega bölgan, çeklovlar esa faqat ayrim jinoiy işlardagina qöllangan. Afğonistonda milliy şaxsni tasdiqlovçi hujjat «tazkira» hisoblanadi va aholining aksariyati undan foydalanadi. Pasport esa odatda çet elga çiqiş uçun talab qilinadi.
Eslatib ötamiz, Afğoniston 2025 yilgi dunyoning kuçli pasportlari reytingida eng oxirgi örinni (98-örinni) egallagandi. Mamlakat fuqarolari bor-yöği 25 ta mamlakatga vizasiz boriş huquqiga ega. Markaziy Osiyoda eng kuçli pasport Qozoğistonniki, çunki bu davlat fuqarolari 79 davlatga vizasiz bora oladi, keyingi örinlarida esa Qirğiziston, Özbekiston, Tojikiston va Turkmaniston. Dunyo reytingida esa bu davlatlar 73,74,80,85-örinda turibdi. Qozoğiston 63-örinda.
Turkmanistonda göşt narxlari oşib bormoqda
Ayniqsa, Turkmanboşi şahrida bu yaqqol sezila boşlangan. Balkan viloyatidagilarning aytişiça, narx-navoning oşişiga qöşni davlatlar – Qozoğiston, Özbekiston va Eronga göşt eksporti sabab bölyapti. Turkmen newsʼning yozişiça, tovuq göştlari ham tez sotilib ketyapti. Kaspiy böyidagi Turkmanboşida masalan mol va qöy göşti yil boşidan beri bir neça marotaba qimmatlagan. Masalan, qiş mavsumida qöy göştining 1 kilosi 2-2,5 dollar edi va hozir bu narx 95 manatga, ya’ni 4,5 dollarga kötarilgan.
Yanvar-fevral oylarida mol göşti kilogrammi 50 manatdan sotilayotgan bölsa, hozir umuman oçiq sotuvda yöq, lekin yölini qilib 120 manatdan oliş mumkin, deb yozadi uşbu naşr.
Turli manbalarning matbuotga aytişiça, göşt narxining bunçalik sezilarli darajada oşişiga mahsulotning Özbekiston, Qozoğiston va Eronga eksport qilinişi sabab bölmoqda. Ilgari, unga köra, yölovçilar xorijga çiqayotganda özlari bilan göşt olib ketiş huquqiga ega bölmagan bölsa, olti oydan ortiq vaqtdan beri bir kişi boşiga 25 kilogrammdan eksport qilişga ruxsat berilgan.
Özbekistonda yangi qözi göştining bir kilogrammi 7 dollardan boşlansa, Qozoğiston va Eronda 10 dollar va undan ham köproqqa yetadi. Şunday qilib, göştni çet elga taşişning foydasi sezilarli. Ayni paytda Turkmanistonning oddiy fuqarolari asosan bayramlarda öz dasturxoniga göştli taomlarni qöyadi, deb yozdi Turkmen news.
Sönggi paytlarda Turkmanboşining davlat dökonlarida tovuq oyoqlari ham yöqolib qolgan. Aholiga köra, mol va qöy göşti qimmatlagani bois odamlar tovuq sotib olişni köpaytirgan.
Turkmanistonda ötgan Qurbon hayitidan beri göşt narxi kötarilgani sezilgan. Ba’zi naşrlar buni Ahal viloyatida çorva mollarining nobud bölişi bilan boğlagan.
Turkmanistonning boşqa viloyatlarida ham göşt mahsulotlari narxi oşişi kuzatilmoqda. Biroq ular orasida Kaspiy mintaqasi özining yuqori narxlari bilan ajralib turibdi.