Qozoğiston Taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu «Harvest Group» kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Almaz Alsenov bilan uçraşdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi va uçraşuvdan fotosuratlarni keltirdi.
Biroq, bir kun avval Nurtleu hibsga olingani haqida xabar bergan Orda naşri vazirlik iyul oyida xuddi şunday uçraşuv haqida xabar berganini va şunga öxşaş fotosuratlarni ilova qilganini payqadi.

4 sentabr kuni Orda naşri Qozoğiston taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu, biznesmen Gadji Gadjiyev va Milliy xavfsizlik qömitasining bir neçta yuqori lavozimli xodimlari hibsga olingani haqida xabar bergan edi.
Biroq, Qozoğiston prezidenti huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati Dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi uşbu xabarni rad qildi. «Qozoğiston taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu va biznesmen Gaji Gadjiyevning göyoki hibsga olingani haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi», deyiladi markaz xabarida.

















