Qozoğiston taşqi işlar vaziri hibsga olingan-olinmagani muhokamalarga sabab böldi. Tojikiston prezidenti Xitoydagi paraddan keliboq parad ötkazdi. Turkmaniston ŞHTga a’zo davlatlarga köproq gaz yetkazib berişga tayyor. Qirğiziston Ilon Maskning Starlink internet tarmoğiga ulanişga tayyorgarlik köryapti. Afğonistonda zilzila röy berdi, minglab odamlar öldi.

Qozoğiston vaziri hibsga olingani haqida feyk axborotlar tarqadi

Şu hafta Qozoğiston taşqi işlar vaziri hibsga olingani haqida matbuotda xabarlar tarqadi. Biroq Respublika axborot vazirligi bu xabarni rad etib, vazir hibsga olinmaganini ma’lum qildi. Oradan 1 kun ötib esa Murat Nurtleuning iş joyida ekani rasmi e’lon qilindi. Matbuotga köra, vazir 5 sentabr kuni “Harvest Group” kompaniyasi vakili Almaz Alsenov bilan uçraşgan. Vazirning hibsga olingani haqida 4 sentabr kuni Örda naşri xabar bergandi. Tahririyatga köra, nafaqat Nurtleu, balki tadbirkor Gadji Gadjiyev va Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasining ayrim yuqori lavozimli amaldorlari ham qölga olingan. Naşr huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanganini qöşimça qilgan.

Vazirning hibsga olingani haqidagi ma’lumotni mamlakat axborot vaziri Aida Balayeva inkor qildi.

49 yoşli Murat Nurtleu boş vazir örinbosari hamda taşqi işlar vaziri hisoblanib, hokimiyatda prezident Töqayevning öng qöli hisoblanadi, davlatning boş diplomatlaridan biri.

Olmaotalik Nurtleu oddiy oiladan çiqqan, otasi haydovçi, onasi esa ingliz tili öqituvçisi bölgan.

Muratning akasi tadbirkor Şalkar Nurtleu. Sobiq öqituvçi neft sanoatida işlagan, «Kokşetauminvody» va Şarqiy Qozoğiston mintaqaviy energetika kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi lavozimlarida işlagan. Vazirning yana bir qarindoşi Sayat Sauranbayev Milliy xavfsizlik qömitasida, singlisi Jamila Smayil esa Taşqi işlar vazirligida işlagan, Instagramʼda blog ham yuritadi. 

Nurtleu 1998 yildan beri vazirlikda işlaydi, Qozoğistonning Malayziya, Finlandiya va Estoniyadagi elçixonalarida işlagan. Karerasining eng yaxşi davrlari Töqayev prezidentligiga töğri kelmoqda.

2022 yilning yanvar voqealari fonida Nurtleu va uning şeriklari martabasi oşdi.

Murat Abugaliyeviç davrida Qozoğiston xalqaro huquq normalariga rioya etişni talab qilib, BMT Nizomiga muvofiq muvozanatli taşqi siyosat yuritişga intilmoqda. Nurtleu davlatlar örtasidagi barça kelişmovçiliklarni faqat siyosiy va diplomatik yöllar bilan hal qiliş kerakligini aytib keladi. Siyosatçi Xitoy, Rossiya va AQŞ vakillari bilan muzokaralar olib borib, suv resurslari tugaşini Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy muammolaridan biri deb atagan.

Tojikistonda harbiy parad ötkazildi

Tojikiston prezidenti Xitoy safarini paradda iştirok etiş bilan yakunlab, davlatiga qaytgaç, oradan 2 kun ötib özi ham harbiy parad ötkazdi. Prezident matbuot xizmatiga köra, harbiy tadbir Tojikiston Milliy gvardiyasi taşkil etilganining 30 yilligi, mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan bölib ötdi.

Imomali Rahmon barça harbiy xizmatçilarni yubiley bilan tabriklab, ularga mamlakat mustaqilligi va tinçligini himoya qiliş muhimligini eslatdi, şuningdek, gvardiyaning davlatçilik rivojidagi xizmatlarini yodga oldi.

Paradda 5000 dan ortiq harbiy xizmatçilar, jumladan, Qurolli kuçlar, xavfsizlik idoralari va huquq-tartibot idoralari vakillari qatnaşgan. Zirhli texnika va harbiy texnikalar namoyiş etildi, jangovar samolyotlar osmonda manyovrlar qildi.

Milliy gvardiya 1995 yilda suverenitet, jamoat tartibi va strategik obektlarni himoya qiliş uçun taşkil etilgan.

“Bugun tojik xalqining tarixiy an’analarini hisobga olgan holda yangi milliy davlatçilik timsoli sifatida tarafimizdan taşkil etilgan Milliy gvardiya maxsus maqsadlardagi qudratli harbiy tuzilmaga aylandi, bu esa öz navbatida mustaqillik va erkinlik, mamlakatimiz hududiy yaxlitligi, şuningdek, davlat va jamiyat xavfsizligini himoya qilişning muhim omillaridan biridir”, - dedi prezident.

Imomali Rahmon harbiy va xavfsizlik kuçlarini professionallik, huşyorlik va vatanga sadoqat namunasi bölişga çaqirdi.

Respublika Milliy gvardiyasi mamlakat Qurolli kuçlari bölinmalaridan biri bölib, prezidentga, Qurolli kuçlar Oliy boş qömondoniga böysunadi va davlat rahbarining zaxiradagi kuçi hisoblanadi.

Qirğiziston Ilon Maskning Starlink internet tarmoğini sinovdan ötkazişga tayyorlanmoqda

Prezident qarori asosida Qirğizistonda Starlink sun’iy yöldoş aloqa xizmatlarini körsatiş uçun şaroit yaratiş böyiça tajriba loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqida Raqamli rivojlaniş vazirligi e’lon qildi.

Deputat Dastan Bekeşev ham vazirlikka Starlink tizimiga qonuniy ulaniş masalasi bilan murojaat qilganini yozdi. Unga 2 iyul kuni idoralararo işçi guruh tuzilib, qonunçilikdagi çeklovlarni örganib, pilot loyihani amalga oşiriş taklifi kiritilganini vazirlik ma’lum qilgan.

“Pilot loyihaning işga tuşirilişi Starlink kompaniyasiga loyihadagi iştiroki bilan Qirğiziston hududida sun’iy yöldoş aloqasi xizmatlarini körsatiş imkonini beradi”, - deyiladi departamentda.

Deputat Dastan Bekeşevning sözlariga köra, loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, fuqarolar Starlinkka ulaniş uçun qonuniy imkoniyatga ega bölişadi, bu arzonroq va tezroq internet degani.

Starlink bu – Ilon Maskning SpaseX kompaniyasi global loyihasi bölib, u past Yer orbitasidagi sun’iy yöldoşlar tarmoği orqali yuqori tezlikdagi internetni ta’minlaydi. Tizim optik tolali yoki mobil aloqa mavjud bölmagan uzoq va boriş qiyin bölgan hududlarda ham tarmoqqa kiriş imkonini beradi. Ulaniş uçun foydalanuvçiga maxsus terminal kerak – sun’iy yöldoş antennasi va router.

13 avgust kuni Starlink Qozoğistonda sun’iy yöldoş internet xizmatlarini rasman işga tuşirgandi. Qirğizistonda esa 2025 yil oxirigaça, Özbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda 2026 yilda işga tuşirilişi kutilayotgani xabar qilingan.

Qirğizistonning toğli hududlari uçun bu haqiqiy yutuq bölişi mumkin: baland toğli qişloqlar va yaylovlar aholisi barqaror internetga ega böladi, bu esa ta’lim, biznes va taşqi dunyo bilan aloqa qiliş uçun yangi imkoniyatlar oçadi. 

Turkmaniston köproq gaz beradi

Turkmaniston ŞHTga a’zo davlatlarga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmini oşirişga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqida prezident Sardor Berdimuhammedov Tyanszindagi sammitda gapirib ötdi. 

«Biz energetika sohasida yaqin hamkorlik tarafdorimiz. Turkmaniston ŞHT davlatlariga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmini oşirişga tayyor», - dedi Turkmaniston prezidenti.

Uning ta’kidlaşiça, bugungi kunda Turkmaniston ham elektr energiyasiga köproq e’tibor qaratmoqda.

«Biz elektr energiyasi yetkazib berişning amaliy jihatlarini muhokama qiliş, yönaliş va hajmlarni kengaytirişga tayyormiz. Umuman olganda, biz elektroenergetika sohasini ŞHT bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlaridan biri deb bilamiz», - deya qöşimça qildi Berdimuhammedov.

 Afğonistonda talafoti katta zilzila böldi

31 avgustdan 1 sentabrga ötar keçasi Afğoniston şarqida röy bergan zilzila minglab insonlarning hayotdan köz yumişiga olib keldi. Yana 4000 nafardan ortiq inson jarohatlangan. Bu haqda «Tolibon» hukumati rasmiysi Zabihullo Mujohid ma’lum qildi.

«Mahalliy rasmiylar va aholi jabrlanganlarni qutqariş uçun hamma çoralarni köryapti. Poytaxtdan va atrof viloyatlardan yordam guruhlari allaqaçon yölda. Insonlarni qutqarib oliş uçun barça resurslar yönaltiriladi», - deya yozdi Mujohid X tarmoğidagi postida zilziladan keyin.

8 mingdan ortiq uylar vayron böldi. BMT va qator davlatlar yordam ajratilişini e’lon qildi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kunar va Nangarhor viloyatlarida sodir bölgan zilzila oqibatida köplab odamlar hayotdan köz yumgani va jarohat olgani munosabati bilan Afğoniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.

«Tolibon» harakati xalqaro yordam sörab murojaat qildi. BMT özining favqulodda vaziyatlarga javob beriş jamğarmasi (SERF) orqali 5 mln dollar ajratdi. Buyuk Britaniya jabrlanganlarni qöllab-quvvatlaş uçun 1 million funt sterling ajratişini e’lon qildi. Xitoy, Hindiston va Şveytsariya ham insonparvarlik yordami körsatişga va’da berdi, deb yozdi BBC News.

AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila mahalliy vaqt bilan 31 avgust soat 23:47 da sodir bölgan, episentri Nangarhor viloyatining Jalolobod şahridan 27 kilometr şimoli-şarqda joylaşgan. U atigi 8 kilometr çuqurlikda bölgan, çuqur bölmagan zilzilalar esa odatda katta halokatlarga olib keladi.

Taxminan 20 daqiqadan söng öşa viloyatda 4,5 magnitudali afterşok qayd etilgan. Yer silkinişlari toğli Kunar viloyatida ham sodir bölgan. Ofat ta’sir qilgan hududlarda köplab loyli va toşli uylar vayron bölgan.