Butun şahar qotillik bölişi haqida oldindan bilardi, ammo heç kim oğiz oçmadi. “Nega men, boşqalarçi?” deb hamma masalani özidan uzoqlaştirdi. Aybi bor-yöqligi noma’lum yigit omma oldida "samosud" qilindi - qatl etildi. Loqaydlikka botgan jamiyatda jinoyat yaşirin emas, oşkora sodir böldi va barça guvohga aylandi.

Yozgan asarining boşidayoq yakunida nima bölişini aytgan adiblar bor. Masalan, janob Markes. U doim şunaqa qiladi — “Yolğizlikning yuz yili” deysizmi, “Buzrukning kuzi” deysizmi — hammasi şunday uslubda. Biroq Markesga e’tiroz qila olmaysiz. Unda huquq bor: çunki u yozganini baribir yakunigaça öqib çiqişga kitobxonni majbur qiladi.

Bugun “5 daqiqa”da Gabriel Garsia Markesning “Oşkora qotillik qissasi” haqida gaplaşamiz.

Gabriel Garsia Markes – “Oşkora qotillik qissasi”

Markes XX asrning eng maşhur yozuvçilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi. Xalqaro darajada adabiyotning yuksak çöqqisiga çiqa olgan noyob adiblardan biri. Asarlari 40 dan ziyod tilga tarjima qilingan, millionlab nusxada tarqalgan.

“Oşkora qotillik qissasi” 1981 yilda naşr etilgan. Uşbu asarning barça voqealari bir odamning qatl jarayoni atrofida keçadi. Biroq uslub şundayki, kitobni öqigan har bir kişi “bu fojia boşqaça tugaşi mumkin edi” degan savol bilan qolaveradi.

Loqaydlik – eng katta fojia

Qissada Santyago Nasar ismli yigit qatl etiladi. Voqea “oşkora” edi – butun şahar bila turib ham bu jinoyatning oldi olinmadi. Aka-uka Pedro va Pablo öz singillari Anjyelaning şarafini tiklaş uçun Santyagoga qasd qilişadi. Ular niyatlarini yaşirişmaydi, hatto odamlarga oçiq-oydin aytib yurişadi. Lekin barçada “men emas, boşqalar töxtatib qolar” degan fikr bor edi.

Mana şu passivlik va befarqlik butun kitobning markaziy savolini kötaradi: jamiyat qay darajada javobgar?

Santyago Nasar – aybdormi yoki qurbonmi?

Asarning eng oğir va bahsli nuqtasi – Santyagoga qöyilgan ayb. U haqiqatan ham Anjyela Vikarioning nomusiga tekkanmi? Qiz akalarining bosimi ostida “Santyago Nasar” degan ismni tilga oladi. U rost aytdimi yoki özi uçun “qutqaruvçi ism” topdimi, bu noaniq.

Asarda Santyagoning aybiga oid heç qanday aniq dalil keltirilmaydi. Sud jarayonida ham guvohlar gapi bir-biriga zid. Ba’zilar uning umuman bunday işga qodir emasligini aytadi.