“Heemera” MÇJ Googleʼning nufuzli “Google Accelerator: AI First Program” dasturiga qabul qilindi. Bu haqda istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) xabar berdi.

Agentlikning ma’lum qilişiça, bu bilan “Heemera” MÇJ Googleʼning uşbu dasturiga qabul qilingan ilk özbek kompaniyasi böldi.

Akselerator dasturiga qöşiliş “Heemera”ga Google mutaxassislari va ekotizimining texnik hamda biznes tajribasidan foydalaniş imkonini beradi. Kompaniya şuningdek, şaxsiy yordam, maxsus treninglar, murabbiylik kömagi hamda mahsulotlarini rivojlantiriş strategiyasi böyiça maslahatlar oladi

Dastur doirasida “Heemera” Google jamoasi bilan hamkorlikda blokçeyn tahlili, kripto-tergovlar va kripto-aktivlarni qaytariş sohasidagi sun’iy intellekt yeçimlarini takomillaştiradi. Bundan taşqari, öz biznesini xalqaro miqyosda kengaytirişga ham yönaltiriladi.

“Heemera”ning uşbu akseleratorga qabul qilinişi Özbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi va sun’iy intellekt yönalişida innovatsion loyihalarni rivojlantiriş uçun muhim qadam bölib xizmat qiladi. Bu esa mamlakatning kriptoindustriya va zamonaviy texnologik yeçimlar böyiça mintaqaviy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlaşga yordam beradi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq Özbekistonda tölov vositasi sifatida (kriptovaluta turi) steyblkoinlardan foydalanişga ruxsat berilişi mumkinligi ma’lum qilingandi. Bu borada ILMA va Markaziy bank hamkorlikda işlamoqda.