Boks, og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatlarida yuqori natijalar qayd etgan jami 13 nafar sportchi va ularning murabbiylariga prezident sovg‘alari topshirildi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqalarda oltin medal olganlarga 15 000 dollar, kumush olganlarga 7500 dollar, bronza olganlarga 3750 dollar hamda ularning murabbiylariga esa mablag‘ning teng yarmi hisobida bir martalik pul mukofoti berildi.



Shuningdek, oltin medal sovrindorlariga BYD Song Plus Champion, kumush va bronza egalariga esa BYD Chazor avtomobillari kalitlari taqdim etildi.



Eslatib o‘tamiz, Ruslan Nuriddinov Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘lgandi.

Milanda o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha JChda esa Artur Guliyev oltin medalni qo‘lga kiritgandi.







