Hokimlik uçun saylov, oşadigan pensiya yoşi va internetsiz Afğoniston – MO hafta içida
|18:57 / 21.09.20258 61513 min
Tramp Afğonistondagi Bağram harbiy bazasini AQŞ qayta egallaşini e’lon qildi. Qozoğistonda ilk bor şahar hokimligi uçun saylov ötkaziladi. Qirğizistonda pensiya yoşi ham, miqdori ham oşiriladi. Tojikiston Amerikadan 75 tonna oziq-ovqat yordamini oldi. Turkmaniston bozorlarida tekşiruvçilar bitta tuşlik evaziga ham qonunbuzarliklarni yopib ketmoqda. Afğonistonda internet uzib qöyildi, topşiriqni “Tolibon”ning kattalari bergan.
Qozoğiston tarixida ilk bor şahar hokimligi uçun saylov ötkaziladi
Qöşni davlatda sinov tariqasida birinçi marta şahar hokimini viloyat hokimi tayinlamay, u saylov asosida tanlanmoqda. Mahalliy naşr Tengrinewsʼning yozişiça, hokimlik uçun 4 nomzod hozirça röyxatga olingan. Ma’lum bölişiça, 12 oktyabr kuni saylov ötkaziladi. Nomzodlar kim ekani 18 sentabr kuni e’lon qilingan va saylovoldi taşviqot ham boşlandi. Ular jamoatçilikka taniştirilib, tegişli işonç yorliqlari topşirildi. Hammani hayratda qoldirgani, şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Bekjon Bapişev nomzodlar orasida yöq edi. Vaholanki, jamoatçilik aynan uni hokim etib saylanadi deb işonib turgan edi.
4 nomzodning barçasi mustaqil nomzodlar, 3 tasi semeylik. Ular yoşlar saroyi direktori, Geodeziya kolleji direktori va hozirda işsiz bölgan sobiq şahar maslahati raisi, törtinçi da’vogar – Kökpekti tumani hokimi.
Semey şahrining avvalgi hokimi Talgat Muratov avgust oyi örtalarida viloyat hokimi tomonidan muddatidan oldin işdan olingandi. Ayni paytda şahardagi 128 ta saylov uçastkasida ovoz berişga qizğin tayyorgarlik körilmoqda. Yangi hokim saylovida 220 mingdan ortiq kişi ovoz beriş huquqiga ega bölgan.
“Sakkiz nafar nomzod öz hujjatlarini topşirdi. Ulardan 3 nafari Davlat xizmatlari agentligi viloyat boşqarmasi tomonidan tanlovdan öta olmadi. Bittasi öz ixtiyori bilan saylovdan çiqdi. Tört nafar nomzod saylovda qatnaşişga tayyor”, - deydi Semey hududiy saylov komissiyasi raisi Guljan Kuanişeva.
Biroq şahar aholisi saylovga ham, uning natijalariga ham jiddiy işonayotgani yöq. Masalan, Tengrinews e’lon qilgan xabar ostidagi izohlarda aksariyat odamlar bu teatr yoki şou, deya yozişgan.
Yana bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvçisi esa biz allaqaçon prezidentni saylaganmiz, AES qurilişiga ham ovoz berganmiz, bu şunçaki vaqtni behuda sarflaş. Undan köra, samaraliroq iş bilan şuğullaning, deb yozgan.
Qirğiziston pensiya yoşini ham, miqdorini ham oşirmoqçi
Mavzuga oid
Yoş borasida takliflar endi-endi quloqqa çalinmoqda, lekin pensiya miqdori şu yil 1 oktyabrdan e’tiboran oşişi aniq böldi. Bu haqda hukumat yiğilişida boş vazir Adilbek Qosimaliyev ma’lum qildi.
U “Ijtimoiy kontrakt” dasturining ijobiy ta’sirini ta’kidlab, unga köra joriy yilda bu miqdor 100 ming sömdan 150 ming sömga oşirilganini ta’kidladi.
“Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş borasida köplab çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Sanoatlaştiriş böyiça şu yilda mamlakatimiz böylab 67 korxona oçilib, 6 ming iş örni yaratildi. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, şu yilning birinçi yarmida 159 mingdan ortiq yangi iş örni yaratilgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,9 barobar köpdir”, - degan boş vazir.
Uning qöşimça qilişiça, Vazirlar Mahkamasi aholi turmuş darajasini oşiriş uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqda. Hukumatga köra, 2024 yilda Qirğizistonda qaşşoqlik darajasi 25,7 foizga tuşib, 2023 yilga nisbatan 4,1 foizga kamaygan. Bişkekda ötirganlar tendensiyani ijobiy baholayapti.
Qaşşoqlikni kamaytirişning asosiy omili uy xöjaliklari daromadlarining oşişi bölgan. Vazirlar Mahkamasi şuningdek, 2025 yilning 1 oktyabridan boşlab davlat pensiyalarini indeksatsiya qilişni tasdiqlagan. Qarorga köra, 50 000 sömgaça bölgan pensiyalar 1,10 koeffitsiyenti bilan indekslanadi. 1 oktyabrdan keyin tayinlanadigan yangi pensiyalar bazaviy pensiya tölovini hisobga olgan holda 7100 sömdan past bölmaydi. Bu özbek sömida 994 ming degani, ya’ni Qirğizistondagi biror pensiya endi 994 ming sömdan kam bölmasligi kerak.
AQŞ Tojikistonga 75 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini sovğa qildi
Mahalliy naşr, Asia Plus Tajikistanʼning yozişiça, mamlakat böylab 40 000 ga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qöllab-quvvatlaş uçun Tojikistonga qiymati 255,6 ming dollarlik 75 tonna Amerikada işlab çiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari jönatildi.
AQŞning Tojikistondagi elçixonasi yozişiça , Texasdagi zavodda işlab çiqarilgan uşbu oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida vitamin va minerallar bilan boyitilgan yasmiq, guruç va sabzavotlarning töyimli aralaşmasi mavjud.
Uşbu yordam 140 dan ortiq tibbiy-ijtimoiy muassasalarga, jumladan, sil va psixiatriya muassasalariga, saraton markazlariga, qoçqinlar boşpanalariga tarqatiladi. Dastur xavf ostida bölgan minglab odamlarning salomatligi va farovonligini yaxşilaşga qaratilgan.
Tojikiston Soğliqni saqlaş va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi, Favqulodda vaziyatlar qömitasi, Milliy sil kasalligi markazi va Qizil yarim oy jamiyati yuklarning taqsimlanişini nazorat qiladi.
“Bizning umumiy maqsadimiz oddiy: hayotni saqlab qoliş, soğliğini yaxşilaş va tojik oilalari hamda jamiyatlari hayotida haqiqiy özgarişlar kiritiş”, dedi AQŞning Tojikistondagi elçisi Manuel Mikaler.
2007 yildan beri AQŞ hukumati Tojikistonga qiymati 2,2 million dollardan ortiq bölgan 1000 tonnaga yaqin boyitilgan oziq-ovqat yetkazib bergan. Taşabbus Soğliqni saqlaş vazirligi, mahalliy “Avesto” nodavlat notijorat taşkiloti va AQŞning “Resource and policy exchange” taşkiloti bilan hamkorlikda amalga oşirilib kelinyapti.
Turkmanistonda oçköz tekşiruvçilar köpaydi
Turkmanistondagi bozorlarda tekşiruvçilar tuşlik va sovğa-salom evaziga qonunbuzarliklarga bemalol köz yumişni odat qildi. Turkmaniston haqidagi yangiliklarni ulaşib boruvçi naşrlardan biri bu böyiça maqola e’lon qildi. Unda kelişiça, vaqti-vaqti bilan masalan, Turkmanobod şahri bozorlarida şahar hokimligi, militsiya, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, soliq va yonğin xavfsizligi xizmatlari vakillaridan iborat komissiyalar tekşiruv ötkazadi. Bozorkom inspektorlar qaçon kelişi haqida savdogarlarga xabar beradi. Masalan, Yaşil bozorda 10-12 tadbirkor odatda mazali taomlar va spirtli içimliklar bilan dasturxon tuzaydi. Tuşlik orqa xonalarda yoki saqlaş joylarida, begona közlardan uzoqda ötkaziladi.
Ziyofat oxirida esa inspektorlar qanday sovğalarni olişni xohlaşlarini oçiqdan-oçiq aytişadi: “bugun mening nabiramning tuğilgan kuni, unga velosiped sovğa qilsam yaxşi bölardi”, “mening öğlim bor edi, biz yaxşi aravaça izlayapmiz”, “xotinim yangi dazmol olişni xohlaydi”, deyişadi.
Buning evaziga esa davlat taşkilotidan kelganlar bor qonunbuzarliklarga köz yumişga tayyor böladi. Naşr muxbirlarining aytişiça, bolalar velosipedlari 600 dan 1000 manatgaça turadi, biroq savdogarlar buni soliqçi yoki boşqa tekşiruvçiga berişni rad etsa, komissiya “bir neça velosipeddan qimmatroq” jarima yozadi.
Sovğalar şaxsan topşirilmaydi. Politsiya xodimi yoki veterinar sotuvçiga maşinasining kalitini beradi, maşina qayerda qöyilgani va davlat raqamini aytadi. Keyin sotuvçi sovğani oladi va uni yukxonaga olib borib qöyadi. Bunday tekşiruvlardan söng komissiya endi elektr simlarining holati yoki sanitariya me’yorlari bilan mutlaqo qiziqmaydi, deb yozadi naşr.
Turkmanistonda bunday tekşiruvçilik biznesi allaqaçon avj olgan. Naşr e’lon qilgan uşbu maqolaning ostidagi fikrlar turliça. Ba’zilar militsiya va amaldorlar arzimagan maoş olişi sabab şu tilançilikka örganganini yozsa, boşqalar yangi işga kirganlar oylab maoşsiz işlaşini sabab qilib körsatgan.
“Tolibon” Afğonistonda internetni uzib qöydi
Masalan, Mozori-Şarif şahrida Wi-fi xizmatlari butkul uzilgan va butun mamlakat böylab optik tolali internet tarmoği töxtagan. Bu haqda Afghanistan international xabar berdi.
Mozori Şarif aholisining aytişiça, 15 sentabr kuni “Tolibon” rasmiylari internet provayderlariga şaharda Wi-fi xizmatlarini öçirişni buyurgan. Mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalari esa bu qarorni tasdiqlagan.
AfğonTelesom va yana bir neçta internet provayderlar kabel orqali körsatiladigan internet xizmatlarini töxtatgan. Şunga qaramay, mobil tarmoqlar hozirça faoliyatini davom ettirmoqda. Kobuldagi internet provayderlardan biri bergan ma’lumotga köra, “Tolibon” taxminan 20 kun avval butun mamlakat böylab optik tolali internet xizmatlarini töxtatgan. Ta’kidlanişiça, kompaniyalar bu qaror yuzasidan aloqa vazirligiga murojaat qilgan, ammo ularga uşbu topşiriq bevosita Qandahordan kelgani aytilgan.
Mozori Şarifdagi telekommunikatsiya rasmiysi bu çora Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo va internet kompaniyalari örtasidagi favqulodda yiğilişda e’lon qilinganini tasdiqladi. Unga köra, Vafo yiğilişda qatnaşganlarga bu buyruq bevosita “Tolibon” yetakçisi Haybatulloh Oxunzoda tomonidan berilganini aytgan.
Provayderlarning ma’lum qilişiça, “Tolibon” rahbarlari bu çeklovni “axloqsizlikning oldini oliş” vositasi sifatida oqlamoqda. Ular oldin ham Tik Tok, PUBG kabi ilovalarga hamda pornografik saytlarga kirişni taqiqlaşni buyurgandi.
Ammo xizmat körsatuvçilar filtratsiya xarajatlari oyiga 50 mingdan 100 ming dollargaça tuşişini, şuning uçun bu ilovalarni töliq bloklay olmaganliklarini ma’lum qilgan.
Manbalarga köra, endilikda Oxunzoda yuqori tezlikdagi internetni butunlay töxtatiş orqali jamoatçilik fikrini nazorat qilişga urinmoqda.
NetBlocks ma’lumotlariga köra, 2024 yilda dunyoning 54 davlatida jami 296 marotaba internet çeklovi qayd etilgan. Masalan, Eron 2019 yil noyabr oyidagi norozilik namoyişlari çoğida internetni deyarli töliq öçirib qöygan. Rossiya esa 2021 yildan boşlab ba’zi ijtimoiy tarmoqlarga kirişni çeklab kelmoqda.
Afğoniston esa internet tezligi böyiça dunyoda 150-örinda turadi. Mutaxassislar fikriça, yuqori tezlikdagi internetning çeklanişi şaharlardagi hayot sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu savdo-sotiq, ta’lim va madaniy hayotga putur yetkazişi, aholining global axborot makonidan yanada yiroqlaşişiga olib kelişi mumkin.
Tramp Afğonistondagi bazani qayta egallamoqçi
Afğoniston haqidagi yana bir xabar bilan dasturni yakunlaymiz. Donald Tramp AQŞ Bağramdagi harbiy baza ustidan nazoratni tiklaş niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan bölib ötgan matbuot anjumanida gapirgan.
Trampning sözlariga köra, AQŞ Afğonistonni tark etişi çoği strategik obektni saqlab qolişni istagan.
“Biz Bağramni — yirik harbiy aviabazani, dunyodagi eng katta aviabazalardan birini saqlab qolmoqçimiz. Biz uni ularga tekinga berib yubordik. Aytgança, hozir uni qaytarib olişga urinmoqdamiz”, - dedi Tramp.
Aerodrom 1950 yillarda qurilgan. 1979-1989 yillardagi sovet harbiy kampaniyasi davrida u askarlarni joylaştiriş uçun muhim markazlardan biriga aylangan. 2001 yildan boşlab Bağram AQŞ nazoratiga ötgan.
Amerika qöşinlari 2021 yilda öz armiyasini Afğonistondan olib çiqiş jarayonida Bağramni tark etgan.
Tramp avval ham Bağramni qaytariş niyatida ekanini, sababi u Xitoy nazoratiga ötib ketganini da’vo qilgandi. Afğoniston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Amir Xon Muttaqiy buni “haqiqatdan yiroq” deb atagan. U Afğoniston mamlakatda har qanday xorijiy harbiylarning bölişiga qat’iy qarşi ekanini bildirdi.
“Afğoniston va afğon xalqi hatto bir qariç yerda ham xorijiy harbiylar bölişini qabul qilmaydi. Prezident Tramp bu xabarni eşitişi kerak. Boşqa davlatlar ham tuşunib yetişlari kerakki, biz olib borayotgan aloqalar faqat siyosiy va iqtisodiy yönalişda”, - degan Mutaqqiy.
U heç bir davlat bilan harbiy aloqalar olib borilmaganini va kelgusida bunday aloqalar örnatmasligini aytdi. Siyosatçi Afğoniston hukumati xalqaro hamjamiyat bilan siyosiy, iqtisodiy va diplomatik aloqalarga sodiqligini ta’kidladi.