BMT Boş Assambleyasi doirasida AQŞga taşrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 22 sentabr kuni Donald Tramp va respublikaçilarni faol qöllab-quvvatlaşi bilan tanilgan Fox News telekanaliga intervyu berdi. Erdöğan suhbatda Isroilning Ğazodagi uruşi va Hamas, AQŞ bilan munosabatlari hamda Rossiya-Ukraina uruşi masalalariga töxtalib ötdi. Anadolu naşri intervyuning muhim nuqtalarini jamladi.
Isroilning uruşi haqida
Erdöğan Isroil Ğazoda «töliq genotsid» amalga oşirayotganini aytdi va Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahuni töğridan-töğri qotilliklarda aybladi.
«Boşqa yöl bilan tuşuntirişimiz mumkin deb öylamayman. Bu töliq genotsid. Va bu genotsidning sababi Netanyahu. Afsuski, Netanyahu beşafqatlarça bu genotsid bilan ön minglab odamlarni öldirdi», dedi Erdöğan Fox News'ga.
Uning qöşimça qilişiça, Ğazoda 120 mingdan ortiq odam yaralangan va Turkiya köplab jarohatlanganlarni davolaniş uçun mamlakatga qabul qilgan. «Biz bu genotsidga butunlay qarşimiz», dedi u.
Şuningdek, Erdöğan hamma aybni Falastindagi qurolli guruh – Hamas zimmasiga yuklaşni ham rad qildi.

«Bu bir tomonlama jinoyat emas. Faqat Hamasni ayblaş notöğri böladi, deb öylayman. Şu bilan birga, Netanyahuning qilgan işlarini qanday qilib çetga suramiz?» dedi u.
«Men Hamasni terrorçi taşkilot deb hisoblamayman. Aksinça, uni qarşilik guruhi deb köraman… Ular özlarini himoya qiliş uçun mavjud imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Qurol masalasiga kelganda, Hamasni Isroil bilan soliştiriş mumkin ham emas. Lekin Isroil bu kuçni rahmsizlarça işlatmoqda – 7 yoşdan 70 yoşgaça, bolalar, ayollar, qariyalar. Heç qanday rahm-şafqat yöq. Bu odamlar öldirilmoqda».
Turkiya yetakçisi Ğazodagi uruşga çek qöyiş istiqbollariga şubha bildirdi, uni hal bölmayotgan Rossiya-Ukraina uruşi bilan taqqosladi.















