Xalqaro jinoiy sud (XJS) Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va 5 noyabr kuni iste’foga çiqarilgan mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olişga order berdi. Bu haqda sud press-relizida söz boradi.
Sud Netahyahu va Galantni 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 mayga qadar Ğazo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlarda ayblamoqda.
Xalqaro jinoiy sudga köra, odatda hibsga oliş orderlari «maxfiy» tamğasi ostida tasniflanadi, ammo bu holatda uşbu ma’lumotni e’lon qilişga qaror qilingan, çunki orderda körsatilgan holatlar hamon davom etmoqda.
Endilikda, Rim statuti (Xalqaro jinoiy sudning asos hujjati)ni ratifikatsiya qilgan mamlakatlar Netanyahu va Galantni hibsga oliş majburiyatiga ega.
XJS, şuningdek, HAMASning harbiy qanoti rahbari bölgan Muhammad Deyfni ham hibsga olişga order bergan. Ammo Isroil harbiylari Deyf iyul oyida Ğazoga qilingan hujum oqibatida öldirilganini bildirgan.
Bu uç nafar şaxsni hibsga olişga order berilişini 2024 yil may oyida XJS prokurori Karim Xon söragan edi. Şuningdek, u HAMASning yana ikki yetakçisi — Yahyo Sinvar va Ismoil Haniyaning hibsga olinişiga ham order berilişini söragandi. Ötgan vaqt davomida Sinvar Ğazo sektorida, Haniya esa Tehronda öldirildi.
Xalqaro sud prokurori nega Netanyahuni hibsga olişga order sörayotganini tuşuntirdi
Netanyahu XJS prokurorining sörovini «mojaroli» deb atab, bu na uni va na Isroilni töxtata olişini ta’kidlagandi. Iyun oyida Xalqaro jinoiy sud Netanyahu va Galantning hibsga olinişiga orderlar berilişi böyiça qarorni keçiktirgani ma’lum böldi. Bunga Buyuk Britaniya 10 iyun kuni XJSning Isroil borasidagi yurisdiksiyasiga nisbatan tanbeh beriş yuzasidan ariza kiritgani sabab bölgan. Ammo Britaniyada hukumat almaşganidan keyin uşbu ariza qaytarib olingan.
Eslatib ötamiz, Xalqaro jinoyat sudi 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga ham order bergandi













