Markaziy bank oltin narxining oşişi özbek sömining dollarga nisbatan mustahkamlanişi bilan boğliqligini rad etdi. Bu haqda 19 sentabr kuni bölib ötgan media-muloqotda regulyatorning Xalqaro rezervlarni boşqariş departamenti rahbari Sanjar Valiyev ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.
«Oltin-valuta zaxiralari xorijiy valutada şakllantirilgani sababli [oltin narxining oşişi va dollar kursi örtasida] korrelyatsiya mavjud emas. Sömga heç qanday aloqasi yöq. E’lon qilinadigan statistikada zaxiralar hajmi AQŞ dollarida aks ettiriladi. Bu yerda sömning iştiroki yöq», degan Valiyev.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning 8 oyida Özbekiston 8,4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bu qiymat jihatdan ötgan yilning mos davriga nisbatan 68,5 foizga köp.
Avvalroq, AQŞ dollarining sömga nisbatan Markaziy bank belgilagan qiymati 24 oylik minimumni qayd etgani va 12 200 sömdan pastga tuşgani xabar qilingandi.











