Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yaşovçi yigit Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgani uçun jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 2000 yilda tuğilgan J.Ş. 2023 yil mart oyida işlab pul topiş maqsadida Rossiyaning Moskva şahriga borgan. Yetkazib beriş xizmatida faoliyat olib borgan yigit narkokurerlik aybi bilan qölga olingan va 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni ijro etiş muassasida olib borilgan tarğibot işlarida Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etiş taklifiga rozilik bildirgan.
J.Ş. 2024 yil 27 sentabr kuni Rossiya armiyasiga yollaniş böyiça şartnoma tuzib, harbiy guvohnoma olgan. Söngra tayyorgarlikdan ötib, Donetskdagi harbiy harakatlarda iştirok etgan.
2025 yil 26 aprel kuni u dron portlaşi oqibatida oğir yaralangan. Ya’ni uning qorin va boldir sohalariga “oskoloka” kirib ketgan.
J.Ş. sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda uruşga boriş taklifiga ruhiy va jismoniy tazyiqlar sababli rozi bölganini ma’lum qilgan.
“2023 yil 3 mart kuni işlab pul topiş maqsadida Moskva şahriga bordim. Fitnes klubda usta bölib iş boşladim. Böş vaqtlarimda yetkazib beriş xizmatida işladim. Uşbu işlarda mahalladoşim S.X. bilan birga işlaganmiz.
2023 yil 19 mart kuni Moskva viloyatining tumanlaridan birida biz yetkazib bergan yuk narkotik modda ekani aniqlanib, qölga olindik. Lekin biz yetkazib bergan yukimiz narkotik modda ekanini bilmagandik. 2023 yil 20 sentabr kuni sud hukmi bilan şerigim va men 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildik. Şundan söng 2023 yil noyabr oyi örtalariga qadar Ufa şahridagi 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanib, söngra Çelyabinsk viloyatidagi, bir haftadan keyin esa Yekaterenburg şahridagi jazoni ijro etiş muassasasiga köçirildik.
Uşbu jazoni ijro etiş muassasasida Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşişga majburlaşdi. Ötkazilgan ruhiy va jismoniy tazyiqlar sababli uruşda yollanma jangçi bölib qatnaşişga rozilik bildirdim.
Rossiya Federatsiyasi Mudofa vazirligi xodimlari kelişib, men bilan suhbat ötkazişdi. Bir yil muddatga harbiy şartnoma tuzildi. Mömaygina pul, Rossiya fuqaroligini hamda uy-joy berişni va’da qilişdi”, degan yigit suddagi körsatmasida.
Şundan söng J.Ş. va boşqalarni 2024 yil oktyabr oyi boşlarida jazoni ijro etiş muassasasidan olib çiqişib, avvaliga harbiy samolyotda 3 soat uçib, keyin maşinada 5 soat yöl bosib bir manzilga olib borişgan. Yigitlar öşa yerda bir oy, söngra front yaqinidagi manzilda 2 hafta harbiy tayyorgarlikdan ötişgan.











