Qirğizistonda ayollar va bolalarga qarşi oğir jinoyatlar uçun ölim jazosining tiklanişi masalasi umumxalq referendumida hal qilinişi mumkin. Bu haqda prezident Sadir Japarov ma’lum qildi.

«Biz bu masalani yakka hal qilmaymiz. Xalq bilan maslahatlaşamiz. Masala umumxalq referendumiga qöyilişi mumkin. Agar köpçilik qöllab-quvvatlasa, unda Konstitutsiya va qonunlarga özgartirişlar kiritiş, şuningdek, xalqaro majburiyatlarni qayta körib çiqiş kerak böladi», dedi davlat rahbari.

Prezident ayollar va bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş ustuvor vazifa bölib qolayotganini, bunday şov-şuvli masala böyiça qaror faqat xalq tomonidan qabul qilinişi kerakligini qöşimça qildi.

Qirğizistonda ayollar va bolalarga qarşi oğir jinoyatlar uçun ölim jazosining tiklanişi masalasi sentabr oyi oxirida öta şafqatsizlik bilan öldirilgan 17 yoşli Aysulu Mukaşevaning fojiali ölimidan keyin kötarildi.

Prezident sözlariga köra, u tergovni şaxsan öz nazoratiga olgan va ma’muriyatga ölim jazosini tiklaş uçun qonunlarga özgartirişlar tayyorlaşni topşirgan. Sadir Japarov voyaga yetmaganlar va ayollarni öldiriş va zörlaş bilan boğliq jinoyatlar soni ortib borayotgani, «an’anaviy» qamoq muddatlari endi jinoyatçilarni töxtata olmayotganini ta’kidladi.

Şu bilan birga, u korrupsion jinoyatlar ölim jazosiga tortilişi mumkin emasligini, gap faqat şafqatsiz qotillik va pedofiliya haqida ketayotganini ta’kidladi.